|
Cover ict stb inddBog'liq Informatika Cabridge 7 uzb 2022Ma’lumotlar:
• haftalik choʻntak pullari;
• oʻyin konsolining narxi;
• har hafta sarf qiladigan mablagʻingiz;
• oʻyin konsoli uchun pul tejashga ketadigan haftalar soni.
Formulalar:
• har hafta tejalgan mablagʻ = haftalik pul - har hafta sarf qilingan pul;
• haftalar soni = oʻyin konsolining narxi / har hafta tejalgan mablagʻ.
66
Maket tuzing
Elektron jadvalingiz qanday tuzilishi kerakligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishingiz lozim boʻladi.
Siz ushbu vazifalarni oʻz valyutangizda bajarishingiz mumkin.
Avval maketni qogʻozga loyihalashtirishingiz yoki muqobil ravishda, biratoʻla elektron jadvaldan
foydalanishingiz mumkin.
Avvalo maʻlumotlar roʻyxatiga qarang. Bu roʻyxat qanday ma’lumot kerakligini bilib olishingizda
yordam beradi. Har bir ma’lumot uchun yorliq va ma’lumotlar uchun joy kerak.
Endi yuqorida keltirilgan
1-amaliy ko‘nikma qismdagi oʻyin konsoli ssenariysiga qarang.
Loyihaga asosan quyidagi ma’lumotlar talab qilinadi:
• haftalik daromad pullari;
• oʻyin konsolining narxi;
• har hafta sarf qiladigan mablagʻingiz;
• oʻyin konsoli uchun pul tejashingizga ketadigan haftalar soni. Har bir ma’lumot uchun yorliq
yarating;
• “Har bir ma’lumot uchun yorliq yarating.”, eng oxirgi qatorda.
2-amaliy ko‘nikma
Siz ushbu vazifalarni
oʻz valyutangizda
bajarishingiz mumkin.
Maslahat
67
3
Elektron jadvaldan maqsadli foydalanish
Har bir yorliq yoniga ma’lumotlarning namunasini kiriting. Bu yerda keltirilgan ma’lumotlar
shunchaki misoldir. Siz bundan koʻproq yoki kamroq choʻntak puli olishingiz mumkin. Bundan
tashqari, oʻyin konsolingiz narxi bu yerda koʻrsatilganidan qimmatroq yoki arzonroq boʻlishi
mumkin.
Agar ma’lumotlar pul sifatida koʻrsatiladigan boʻlsa, ma’lumotlar turini valyutaga oʻzgartiring.
Buning uchun oʻzgartirilishi lozim boʻlgan katakka bosing va menyuda
Currency
(Valyuta)
tugmasini bosing.
Bu yerda Haftalar soni formulasida allaqachon yorliq mavjud. Har hafta tejaladigan mablag’ni
aniqlash uchun formulaga yorliq kerak.
|
| |