65
3
Elektron jadvaldan maqsadli foydalanish
Ssenariy: biror
vaziyatning tavsifi,
masalan, elektron
jadval nima qilishi
haqidagi tavsiflash.
Maqsad: siz
erishmoqchi bo’lgan
maqsad.
Kalit so‘zlar
1.1-mashg‘ulot.
“Ultimate League” kompyuter oʻyinlari musobaqasi boʻlib, unda qatnashish uchun
oʻyinchilar haq toʻlayd.
Gʻoliblarga pul mukofoti beriladi (1-oʻrin uchun 1 000 000 soʿm, 2-oʻrin uchun 500 000 soʿm,
3-oʻrin uchun 200 000 soʿm).
Oʻtgan yili “Ultimate League” musobaqasida 280 kishi qatnashdi. Musobaqani tashkil etgan
kompaniya hech boʻlmaganda musobaqa xarajatlari qoplanishi (yaʻni qancha pul sarflansa,
shuncha pul ishlanishi)ga ishonch hosil qilish uchun har bir kishi musobaqada qatnashishi
uchun qancha pul toʻlashi kerakligini aniqlamoqchi.
Qog‘ozga ushbu elektron jadvalning maqsadlarini yozing.
1.2-mashg‘ulot
Elektron jadvalga kiritilishi va hisoblanishi kerak boʻlgan barcha maʻlumotlar roʻyxatini
qogʻozga yozing.
1.3-mashg‘ulot
Qogʻozga elektron jadvalni toʻldirishda foydalanishingiz kerak boʻlgan formulalarni yozing.
Agar ularning barchasini hali bilmasangiz, tashvishlanmang. Tizimingizni yaratganingiz sari
loyiha rivojlanaveradi. Hammasini boshidanoq bilmaslik normal holat.
+ qoʻshishga teng
– ayirishga teng
/ boʻlishga teng
* koʻpaytirishga teng
Maslahat
Ushbu modulda har bir koʻnikma uchun keltirilgan misollar sizga oʻyin konsoli uchun pul yigʻishga
qancha vaqt sarflashingizni hisoblash uchun elektron jadvalni qanday tuzishni koʻrsatib beradi.
Qanday ishlashini tushunish uchun ushbu koʻrsatmalarni oʻrganib chiqishingiz kerak boʻladi.
Shuningdek, siz har bir koʻnikma boʻyicha vazifalarda “Ultimate League” nomli kompyuter oʻyinlari
musobaqasi uchun yangi elektron jadval yaratasiz.
Maqsadlar
Har hafta qancha choʻntak pulini olayotganingizni yozib boring. Keyin oʻyin konsoli sizga
qanchaga tushishini yozing. Oʻyin konsolini sotib olish uchun pul tejashga qancha vaqtingiz
ketishini hisoblab chiqing.