Referat ishi Mavzu: Musobaqani tashkil qilish va o’tkazish asoslari




Download 51.34 Kb.
Sana27.03.2024
Hajmi51.34 Kb.
#179114
TuriReferat
Bog'liq
Referat
19-лекция, Bedetti-Serenissima, 1-mavzuga oid savollar, Jahon svilizatsiyalar tarixi 2-kurs 3-smestr (2), Anarbayeva N, tttttttttt, jahon-tarbiya-konsepsiyalarining-qiyosiy-tahlili, LOGOPEDIYA FANI FAYZULLAYEVA SITORA, Bolalar jismoniy tarbiyasi fanidan yakuniy nazorat savollari 1-v, 1-amaliy mashgulot, xona o\'simliklari, 3 ochiq dars dasturi (4), geos1, portal.guldu.uz-Multimediya vositalari, 7 amaliy


Referat

Bektemirov Jamshidbek maktabgacha talim jismoniy tarbiya yonalishi 3-kurs talabasi Bolalarga tennisni orgatish metodikasi fanidan referat ishi


Mavzu: Musobaqani tashkil qilish va o’tkazish asoslari

Ma’lumki, musobaqa nizomida muayyan musobaqaning maqsadi va vazifalari, o‘tkazish joyi, shart-sharoitlari va musobaqaga rahbarlik qilish, musobaqa ishtirokchilari, musobaqalarni o‘tkazish usuli, ochkolarni hisoblash va g‘olibni aniqlash, g‘oliblami taqdirlash va boshqa tadbirlar e’tiborga olinadi. Musobaqani ochilishi va yopilishi maxsus ssenariy asosida amalga oshiriladi.


Yuqorida qayd etilganidek, musobaqalar turli usullar asosida o‘tkazilishi mumkin. Musobaqalar erkaklar va ayollar o‘rtasida yakkalik, juftlik va aralash razryadlarida o‘tkaziladi. Musobaqalar o‘z mohiyatiga qarab shaxsiy, jamoaviy va shaxsiy-jamoaviy tarzda tashkil qilinishi mumkin. Shaxsiy musobaqalarda uchrashuv natijalari har qaysi o‘yinchining o‘ziga yoziladi. Jamoaviy musobaqalarda uchrashuvlar natijalari butun jamoaga yoziladi. Shaxsiy-jamoaviy musobaqalarda esa natijalar har qaysi o‘yinchiga va butun jamoaga yoziladi. Barcha turdagi va miqyosdagi musobaqalar maxsus musobaqa Nizomi talablari asosida o‘tkaziladi.
Davra usuli bilan o‘tkaziladigan (shaxsiy va jamoalararo) musobaqalarda har bir qatnashchi qolgan qatnashchilar bilan bir-bir uchrashib chiqadi. Bunda boshqalarga qaraganda ko‘proq yutuqqa ega bo‘lgan o‘yinchi musobaqa g‘olibi hisoblanadi. Shaxsiy musobaqa natijalari, masalan, to‘rtta А, В, C, D qatnashchi uchun ko‘rsatilgandek rasmiylashtiriladi. Jamoalararo musobaqa natijalari ham xuddi yuqoridagidek rasmiylashtiriladi-yu, biroq bunda jamoalararo uchrashuvda yutilgan va yutqizilgan ochkolarning hisobi hamda butun jamoaning hisobi yoziladi.Tennis bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar samaradorligi ustuvor jihatdan tashkiliy, uslubiy va texnologik masalalarni maqsadli rejalashtirish hamda qo‘llashga bog‘liqdir.Tennis o‘yini boshqa sport o‘yinlariga qaraganda ancha murakkab mazmunga ega bo‘lgani uchun (usullar ikki anjom: raketka va to‘p ishtirokida ijro etilishi), ayniqsa dastlabki o‘rgatish bosqichida shug'ullanuvchi bolalarga ko‘proq individual yondashish zarurligiga e’tibor qaratadi. Nisbatan katta maydonda birgina tennischining o‘ynashi tennischidan yuksak tezkorlik, kuch, epchillik, chidamkorlik, iroda va zukkolik hislatlarini talab qiladi.Tennis bo‘yicha dastur materiallarini o‘rganish uchun barcha jismoniy mashqlar, texnik va taktik usullar hamda o‘yinning nazariy va amaliy qoidalarini chuqur o‘zlashtirish darkor. Mashg‘ulotlaming samaradorligi o‘qituvchi mashg‘ulotni to‘g‘ri rejalashtirishi va tashkil etishga, ko‘proq foydali harakatlami qo‘llash muhimligiga undaydi. Jihoz va asbob-anjomlardan foydalanish katta rol o‘ynaydi.Tennisga xos harakatlarga muvaffaqiyatli o‘rgatish uchun bir necha to‘p va maydoncha bo‘lishi yetarli emas. Albatta, to‘ldirma to‘p, osib qo‘yilgan to‘plar, anjomlar, moslamalar va boshqa shu kabi jihozlar bo‘lishi zarur. Dasturda tennis uchun ajratilgan soat harakat texnikasi va taktikasini zarur va yetarli darajada o‘zlashtirib olishga yetmaydi. Shuning uchun ta’lim muassasalarida, korxonalarda va tashkilotlarda tennis sporti bo‘yicha seksiya mashg‘ulotlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Tennis sport seksiyasini tashkil etish tennischilami tayyorlashdan boshlanadi. O’quv guruhlarida shug‘ullanuvchilaming tarbiyaviy uyg‘unligi hamda yosh jihatdan bir xilligi trenirovka mashg‘ulotlari shakliga xos tushadi. Umumiy faoliyatda muntazam ravishda ishtirok etish shug‘ullanuvchilarni yagona jamoa qilib jipslashtiradi, bu ham jismoniy tarbiyaning o‘quv hamda tarbiya vazifalarini samarali hal etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Tennis seksiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda ham qabul qilingan qator umumiy talablarni bajarish kerak bo‘ladi. Birinchidan, shug‘ullanuvchilami o‘qitish va tarbiyalash butun mashg‘ulot davomida amalga oshirib borilishi kerak. Ikkinchidan, mashg‘ulot o‘tkazishda har qanday yo‘llar bilan bo‘Isa ham usuliy shablonlardan qochish kerak. Mashg‘ulot mazmuni va uslubiyatini xilma-xil qilish, vazifalaming doimiy ravishda murakkablashib borishi, shug‘ullanuvchilaming organizmi va ruhiyatida sodir bo‘ladigan siljishlar dinamikasmi e’tiborga olish va shu natijalar asosida mashg‘ulotlarga zarur o‘zgartishlar kiritish muhim ahamiyat kasb etadi. Uchinchidan, shug‘ullanuvchilaming shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ulami bir tekisda o‘quv faoliyatiga jalb etish kerak. Faqat shu yo‘l bilan shug‘ullanuvchilar uchun uzoq vaqt davomida bir butun o‘quv-tarbiya jarayoniga aylantirish mumkin. To'rtinchidan, har bir mashg‘ulotda o‘rgatish va takomillashtirish jarayoniga didaktik prinsiplar asosida yondashish hamda mashg‘ulot yuklamalarini to‘lqinsimon tartibda oshira borish darkor.
Beshinchidan, mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan mashqlar shug‘ullanuvchilar yoshi, jinsi va tayyorgarlik imkoniyatlariga mos bo‘lishi zarur. Mashqlar oraliqlarida organizmni tinchlantiruvchi va ish qobiliyatini tiklovchi qisqa muddatli relaksatsion mashqlardan foydalanish kerak bo‘ladi. Tennis mashg‘uloti uch qismga: tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlarga bo‘linadi.
Mashg‘ulotning tayyorgarlik qismida saflanish mashqlari, yurish, yugurish, jismoniy sifatlami shakllantimvchi mashqlar va tennis usullariga xos taqlidiy mashqlar berilishi tavsiya etiladi. Tennisga turdosh bo‘lgan harakatli o‘yinlar va shug‘ullanuvchilarga yaxshi tanish bo‘lgan harakatlardan foydalanish ayni muddaodir. Umumiy rivojlantirish mashqlarini qo'llashda izchilik va serqirralik prinsiplariga amal qilish lozim. Mashg‘ulotning eng murakkab vazifalari asosiy qismda hal etiladi. Odatda, yangi materialni, koordinatsiya jihatdan murakkab harakatlami o‘rganish asosiy qismning boshida hal etiladi. Tennisdagi texnik va taktik harakatlarga o‘rgatish vazifalari bosqichlarga qat’iy rioya qilgan holda (tanishtirish, o‘rgatish, takomillashtirish) asosiy qismda hal etiladi. Texnik va taktik harakatlarga o‘rgatishda tayyorlov, yondashtiruvchi mashqlar majmuasidan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mashg‘ulotlarning yakuniy qismida harakat shiddatini asta-sekin kamaytirish, bajarilgan ishni shug‘ullanuvchilar tomonidan tahlil qila bilishga erishish juda muhimdir. Uy vazifalariga alohida e’tibor berish kerak. Mashg‘ulot mustaqil bajariladigan mashqlar bilan to‘ldiriladi.
Tennis mashg‘ulotlarini o‘tkazish joylarini tanlash ham muhim ahamiyatga ega. Mashg‘ulotlami mumkin qadar ochiq havoga olib chiqish imkoniyatidan to‘la foydalanish kerak. Ba’zan quyosh, shamol, shug‘ullanuvchilar e’tiborini chalg‘itadigan predmetlar dars o‘tkazishga halal berishi mumkin. Ammo ochiq havoda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar shug‘ullanuvchilar organizmi uchun o‘ta foydali bo‘lib, ular chiniqishga, sog‘liqni mustahkamlashga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda jismoniy sifatlami, ayniqsa tennischilar uchun o‘ta muhim bo‘lgan tezkorlik va sakrovchanlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda doimo an’anaviy standart mashqlami qo‘llash kutilgan natijani bermaydi. Aksariyat mutaxassis olimlaming tadqiqotlariga ko‘ra qayd etilgan sifatlami tarbiyalashda nostandart o‘yinsimon mashqlardan foydalanish shug‘ullanuvchilarda juda katta qiziqish o‘ygotar ekan. Eng muhimi shakllantirillayotgan sifatlar qisqa vaqt ichida o‘ta samarali rivojlanishi isbot qilingan. Birinchiliklar yoki chempionatlar eng katta musobaqalardan bo`lib, ularda kollektiv, tuman, shahar, respublika chempioni degan faxriy unvon beriladi. Ular yilda bir marta o`tkaziladi. Birinchilik g‘oliblari oltin, kumush va bronza medallari bilan mukofotlanadilar. Kubok musobaqalari “yutkazgan chiqib ketish” prinsipida o`tkaziladi. Bu musobaqalar ko`p vaqt talab qilmaydi va ko`p qatnashuvchilarni jalb qilish imkonini beradi. Qatnashuvchilarning tayyorgarligi har xil bo`lganligi uchun kuchlirok jamoalarning uchrashuvlarini oxirgi bosqichlarga mo`ljallash kerak. Qisqartirilgan musobaqalar (blitsturnirlar)da ko`p jamoalar qatnashganlari holda bir kunda o`tkaziladi. Buning uchun o`yin vaqti 30 minutgacha qisqartiriladi. Bunday musobaqalar mavsumning ochilishiga yoki bayramlarga bag‘ishlab o`tkaziladi. Baravarlashtirilgan musobaqalar tayyorgarligi har xil bo`lgan jamoalar orasida o`tkaziladi. Jamoalarning qiziqishini saqlab qolish uchun kuchsizrok jamoaga oldindan yoki uchrashuv tamom bo`lgandan so`ng qo`shimcha ochkolar beriladi. Klassifikatsiya musobaqalari jamoalarning (o`yinchilarning) tayyorgarligini aniqlash, sport klassifikatsiyasining razryad talablarini bajarish maqsadida o`tkaziladi. Saralash musobaqalari tayyorgarligi eng yaxshi jamoalarni (o`yinchilarni) aniqlab, keyingi yirik musobaqalarda qatnashtirish uchun o`tkaziladi. Match uchrashuvlari musobaqalar kalendarida ko`zda tutilgan va an’anaviy hisoblanadi. Uchrashuvlarda ikki va undan ortiq jamoalar qatnashishi mumkin. Musobaqalarning bunday turlari alohida shaharlar, viloyatlar hamda chet davlatlar orasida do`stlik munosabatlarining rivojlanishiga yordam beradi. O`rtoqlik uchrashuvlari bo`lajak musobaqalarga va sport trenirovkasining ba’zi bir bo`limlari bo`yicha tayyorgarlikni aniqlash maqsadida ayrim jamoalar o`rtasida o`tkaziladi. Sport musobaqalari tizimi Sport musobaqalari o`ziga xos faoliyat bo`lib raqiblarning harakatini tartibga solishda katta rol o`ynaydi, ularning ayrim qobiliyatlarini ob’ektiv ravishda solishtirib ko`rishga va jismoniy sifatlarni maksimal darajada namoyon bo`lishini musobaqa davomida harakatlanishni maksimal darajada ta’minlashga imkoniyat yaratadi. Sport hozirgi ko`rinishda bir qator o`ziga xos xususiyatlariga ega: 1).Sport musobaqalar faoliyatida, raqobat darajasini ketma-ket yutuqlarga bo`lgan talablarini ortib borishi, sport musobaqalarining tizimiga asoslanib tashkil etiladi (yuqori ringga quyi musobaqalarda qatnashganlar qo`yiladi yoki pastdan yuqoriga). 2) Musobaqalarda bevosita bajariladigan harakatlarning, boshqarilish sharoitlarini va yutuqlarini baholash usullarini tenglashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Bu tenglashtirish musobaqalar o`tkazishning umumiy me’yorlari sifatida muayyan qoidalar bilan mustaxkamlanadi. 3). Musobaqalashuvchilarni xatti-xarakatlari raqobat tamoyillariga muvofiq tartiblashtiriladi. Sportchi tanlab olgan turidagi ko`rsatkichlarni, individual holda o`z imkoniyatlariga qarab namoyish qiladi. Bu natijalar yo jismoniy g‘alabani yoki raqibni yutish (ballarda, gollarda, ochkolarda va x.k.) natijasini yaxshilash uchun vaqt birligida, masofada, og‘irlikda belgilanishi mumkin. Yuqori sport natijasi, sportni shu kundagi rivojlanishida inson imkoniyatlari etaloni bo`lib hisoblanadi. Ularga taqqoslab har bir inson o`zining sport natijalarini solishtirib ko`rishi mumkin va shunga asoslanib, natijalarni yaxshilashni rejalashtirish mumkin. Yuqoridagilardan sport natijalarini etalonlik va rag‘batlantiruvchi roli yaqqol ko`rinadi. Sport natijalari har doim ko`p omillik hodisadir (bu esa ko`pgina sabablarga bog‘liq). Jamiyatdagi sport natijalari taraqqiyotga ta’sir etuvchi omillar bo`lib hisoblanadi. 1). Sportchining individual talanti va yuqori natijaga tayyorgarlik darajasi. 2). Sportga tayyorgarlik tizimining samaradorligi, uni mazmuniga taxlil etilishiga va material – texnik tomondan ta’minlanganligiga. 3). Sport harakatining kengligiga va uni rivojlanishining umumiy ijtimoiy sharoitlariga bog‘liq. Sport musobaqalarining xususiyatlarini o`rganish, sport sohasidagi mutaxassislarni qiziqtirib kelgan va hozirgi kunda xam o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Birinchidan musobaqa sportni asosiy mazmunini tashkil etadi. Ikkinchidan, sport musobaqalari, sport mashg‘ulotidan genetik va bo`ysunishi bo`yicha "kattadir". Ma’lumki, inson ma’naviyati va madaniyati rivojlanishida, har xil yakkama-yakka kurash va sport elementlari o`rtasida o`yinlar birinchi bo`lib tashkil topgan. Keyinchalik esa ularning shakllari, uslublari va elementlari tashkil topa boshlagandan keyin tayyorgarlik ko`rish yo`llari aniqlana boshlanadi. Hozirgi kunda sport bu yo`nalishni ko`p sohasi bo`yicha sportchilar tayyorlashni ilmiy asoslangan tizimi tashkil qilinib sport mashg‘ulotlarini xam o`z ichiga oladi. Uchinchidan, sport musobaqalari sportchining jismoniy taktik-texnik imkoniyatlarini, zaxiralarini va sport jamoasini imkoniyatlarini aniqlashda "Poligon" bo`lib hisoblanadi. SHuning faqat musobaqa vaqtida psixologik qarshiliklarni engish uchun raqobatchilik hosil qilinadi hamda sportchini musobaqa faoliyatini psixologik strukturasi aniqlanadi. Musobaqalar tizimi o`z ichiga bir qator ofitsial va ofitsial bo`lmagan musobaqalarni birlashtirib, sport faoliyatini nisbatan aloxida shakl sifatida tashkil kiladi. Bular ma’lum tartibda o`zining masshtabi, ahamiyati, sportchini tayyorlash bosqichlari va sharoitlariga qarab bo`linadi. Musobaqalarda asosiy o`rinlarni absolyut birinchiliklar(shaxsiy va jamoa) dunyo va olimpiada o`yinlari ham egallaydi. Bunday asosiy maqsadga yo`naltirilgan musobaqalar sportchini tayyorlashga ma’lum darajada ta’sir ko`rsatadi. Shunga ko`ra, mashg‘ulotning ayrim bosqichlari rejalashtiriladi, yuqori sport natijalariga optimal ravishda tayyorlash vaqti va boshqalar aniqlanadi. Boshqa ko`pgina musobaqalar tayyorgarlik uchun o`tkaziladi. Sport mashg‘ulotlarini umumiy vaqtida 10-15% musobaqa vaqtini aniqlaydi. Musobaqa faoliyati - bu tartiblashtirilgan raqobat bo`lib, o`z qobiliyatini ob’ektiv ravishda solishtirish va maksimal darajada natija ko`rsatilishini ta’minlash hamda tartibga solishdir. Bu bir qancha maxsus xususiyatlarga ega: 1. Musobaqa tizimida raqobatni oshib borish darajasiga qarab hamda yutuqqa bo`lgan talabga nisbatan (dastlabki va ofitsial musobaqalarda) faoliyati tashkil qilishga. 2. Musobaqa o`tkaziladigan vositalarni amalga kiritishda sportchini faoliyati, ma’lum qoidalar hamda musobaqani umum me’yorlari bilan mustaxkamlanadi. 3. Musobaqalashuvchilarni xulqini va o`zini tutish tartibiga xam bog‘liq. Sport musobaqalari - his-hayajon holatidagi ko`rinishda bo`lib hozirgi kunda 100 dan ortiq sport turi bo`yicha musobaqa o`tkaziladi. Har qaysi sport turi, musobaqa o`tkazish uchun o`zining metodik xususiyati, qatnashish sharti, o`tkazish qoidasi va g‘oliblarni aniqlash va boshqa talab qiladi. Musobaqa qisman, sportchini tayyorlash tizimiga kiradi, chunki faqatgina shaxsiy sport tayyorgarligiga ega bo`lmasdan ijtimoiy vazifalarni hisobga olgan (targ‘ibot, ko`rgazmalilik va b.k.) holda ham tashkil qilinadi. Sport musobaqasi - o`yin shaklida raqobat qilish shakli bo`lib, jismoniy tayyorgarligi, xarakat malakasi va mashqlarni bajarish san’ati yoki o`ylash va taffakur qilishni rivojlantirishni aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Yosh sportchilardan tortib maxoratli sportchilargacha musobaqa juda muhim ahamiyat kasb etadi. Musobaqalarga qatnashmay turib sport faoliyati xaqida gapirmasa ham bo`ladi. Musobaqalar - sportchilar uchun, rag‘batlantiruvchi omil hisoblanadi va shu paytning o`zida sportchidan yuklamani tobora oshirib borish, irodani tarbiyalash, sport kurashiga o`rganish va mashq jarayonini nazorat qilishga o`rgatadi. Sportchining musobaqalarda ko`p qatnashishi shunchalik tajribaga ega bo`lishligini amaliyot ko`rsatib turibdi. Negaki sportning barcha turlari bo`yicha bellashuvlar soni ortib ketdi. Masalan, yuqori mahoratli velosipedchi, sprinter yil davomida 200-250 martadan musobaqaga chiqadi (D.A.Polishchuk, 1982). Malakali suzuvchilarning musobaqa tayyorgarligi kun tartibi xam tig‘iz bo`ladi. Yiliga musobaqalar soni 20-30, davomiyligi 1 kundan 3-5 kungacha, 120- 140 martagacha startlar bo`ladi (V.N.Platonov, 1986). O`z mohiyatiga ko`ra asosiy hisoblangan , mashqlarning yakuniy nuqtasi bo`lgan bosh musobaqalar soni ko`p bo`lmasligi kerak (yiliga 3-4 marta, sport o`yinlari bundan mustasno). Bosh musobaqalar oddiydan - murakkabga va qiyinchiligiga qarab joylashtirilishi lozim. Ularni joriy yilga shunday joylashtirilish kerakki, bundan sportchi hal qiluvchi eng muhim musobaqaga doimiy tayyorlanish imkoniyatga ega bo`lsin, musobaqalar orasida jismoniy xamda ruxiy dam olsin va bir musobaqada aniqlangan kamchiliklar mashq jarayonida keyingi musobaqalargacha tuzatilsin. Musobaqa davrida sportchi ishtirokining soni eng avvalo sport turi xususiyatiga bog‘lik. Sport turlarida musobaqalar (xaftasiga 1-2 musobaqa kunlari) chidamlilikda aloxida talablar ko`yadigan va uzoqroq tiklanishni talab etadigan sport turlaridagiga qaraganda ko`proq o`tkaziladi.
Download 51.34 Kb.




Download 51.34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Referat ishi Mavzu: Musobaqani tashkil qilish va o’tkazish asoslari

Download 51.34 Kb.