78
5.3-mashgʻulot
Endi oʻyin konsolini 90 hafta ichida sotib olishingiz kerak. Agar siz har hafta umuman pul
sarflamagan boʻlsangiz, 90 hafta ichida oʻyin konsolini sotib olish uchun haftalik choʻntak
pulingizdan qancha kerak boʻladi?
5.4-mashgʻulot
Ultimate League elektron jadvalingizni oching.
Tashkilotchilar kamida 2 000 000 soʿm foyda (ishlab topilgan pul) olishni xohlaydi. Agar
raqobatchilar soni 280 boʻlsa, ular 2 000 000 soʿm foyda olish uchun ishtirok etish narxini
qanchaga oshirishi kerak?
5.5-mashgʻulot
“Ultimate League” tashkilotchilari bu yil atigi 200 nafar raqib qatnaydi deb oʻylaydi. Ular
zarar koʻrmasligiga ishonch hosil qilish uchun har bir raqibdan ishtirok uchun undiriladigan
toʻlovning eng kichik miqdori qancha?
5.6-mashgʻulot
“Ultimate League” tashkilotchilari 300 raqobatchi boʻlishini taxmin qilmoqda va ishtirok
uchun har biridan 5 000 soʿm undirmoqchi. Buning uddasidan chiqish uchun ular birinchi
sovrin uchun beriladigan miqdorni kamaytirishni xohlaydi. Hech qanday pul yoʻqotmasdan,
ular birinchi oʻrin sovriniga belgilaydigan eng katta qiymat qancha?
Raqobatchilar sonini
200 ga oʻzgartiring.
Ishlab topilgan pul
miqdorini iloji boricha
0 soʿm ga yaqinroq
qilganingiz yaxshiroq.
Ammo qiymat 0 soʿm
dan past boʻlishi
mumkin emas.
Maslahat
5.6-mash‘gulot uchun
qatnashchilar soni
va ishtirok narxini
belgilang. Birinchi
sovrin qiymatini
Ishlab topilgan pul
0 soʿm ga yaqin
bo‘lguncha iloji
boricha o‘zgartiring.
Ammo bunda qiymat
0 soʿm dan past
bo‘lmasligi kerak.