• Modellashtirish 1: ma’lumotlarni oʻzgartirish va nima boʻlishini kuzatish
  • Avval: Har hafta sarflangan pul = 3500 soʻm Haftalar soni = 123 4.4-mashg‘ulot 4.3-mashg’ulotda
  • 4.5-mashg‘ulot
  • 4.6-mashg‘ulot Ikkinchi jadval tuzing. Bu safar kiritilgan ma’lumotlar ustunidagi qiymatlarni o‘zgartiring. •
  • Cover ict stb indd




    Download 5,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/112
    Sana19.01.2024
    Hajmi5,09 Mb.
    #140808
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   112
    Bog'liq
    Informatika Cabridge 7 uzb 2022

    74
    Modellashtirish
    Elektron jadvalingizda formulalar boʻlsa, baʻzi maʻlumotlarni (kiritilgan raqamlarni) 
    oʻzgartirishingiz va yana nima oʻzgarishini koʻrishingiz mumkin. Bunga modellashtirish deyiladi.
    Oʻyinlar konsoli (Games Console) elektron jadvalini koʻrib chiqamiz.
    Modellashtirish 1: ma’lumotlarni oʻzgartirish va nima boʻlishini kuzatish
    Agar siz har hafta umuman pul sarflamasangiz va barcha choʻntak pulingizni tejab qoʻysangiz 
    nima boʻladi?
    Buni sinab koʻrish uchun “Har hafta sarflangan pul”ni 0 ga oʻzgartirishingiz kerak. Keyin haftalar 
    soni oʻzgargan yoki oʻzgarmaganni tekshiring.
    Avval:
    Har hafta sarflangan pul = 3500 soʻm 
    Haftalar soni = 123
    4.4-mashg‘ulot
    4.3-mashg’ulotda siz kiritgan qiymatlarning har biri uchun kutilgan natijalarni yozing. 
    Javob qanday bo‘lishi kerakligini aniqlab olishingiz kerak bo‘ladi (agar kerak bo‘lsa, 
    kalkulyatordan foydalaning).
    4.5-mashg‘ulot
    Elektron jadvaldagi qiymatlarni kiriting. Kutgan javobingizni oldingizmi yoki yo’qmi, shuni 
    yozing.
    Agar kutgan javobingiz chiqqan bo‘lsa, juda yaxshi. Kutgan javobingiz chiqmasa, bu ham 
    muammo emas. Bu siz elektron jadvalni qayta ko‘rib chiqishingiz va xatolarni aniqlab olishingiz 
    kerakligini anglatadi. Agar buni uddalay olmasangiz, o‘qituvchingizdan yordam so‘rang.
    4.6-mashg‘ulot
    Ikkinchi jadval tuzing. Bu safar kiritilgan ma’lumotlar ustunidagi qiymatlarni o‘zgartiring.
    • Yangi natijalarni aniqlang va ularni jadvalga yozing.
    • Elektron jadvalga yangi qiymatlarni kiriting. Ular mos keldimi? Ular mos kelishi yoki 
    kelmasligini jadvalingizga yozing.
    5-amaliy ko‘nikma


    75
    3
    Elektron jadvaldan maqsadli foydalanish
    Keyin:
    Har hafta sarflangan pul = 0 soʻm (-) 
    Haftalar soni = 80
    Koʻrganingizdek, haftasiga 3500 soʿm sarf qilmasdan oʻyinlar konsolini 43 hafta oldinroq olishingiz 
    mumkin!

    Download 5,09 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   112




    Download 5,09 Mb.
    Pdf ko'rish