Modellashtirish 2: javob olish uchun ma’lumotlarni oʻzgartirish




Download 5,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/112
Sana19.01.2024
Hajmi5,09 Mb.
#140808
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   112
Bog'liq
Informatika Cabridge 7 uzb 2022

Modellashtirish 2: javob olish uchun ma’lumotlarni oʻzgartirish
Siz kerakli javobni olmaguningizcha har xil ma’lumotlarni sinab koʻrish uchun modellashtirishdan 
foydalanishingiz mumkin. Masalan, oʻyin konsolini 50 hafta ichida sotib olishni xohlayotganingizni 
tasavvur qiling. Bunga erishish uchun haftalik choʻntak pulidan qancha olishingiz kerak boʻladi?
Bu savolga javob berish uchun siz har hafta oladigan choʻntak pulingiz miqdorini haftalar soni 50 
ga yetguniga qadar oʻzgartirishingiz kerak boʻladi.


76
Ayni paytda elektron jadvalda 123 hafta koʻrsatilgan. Endi bu raqamni kamaytirish kerakligini 
tasavvur qiling. Buning uchun haftalik choʻntak pulingiz miqdorini koʻpaytirish kerak boʻladi.
Bu safar 20 000 soʿm deb kiritib koʻring va nima boʻlishini kuzating.
Endi u 48 hafta deb koʻrsatyapti. Bu juda yaqin raqam, ammo 50 dan kam.
Bu safar olingan pulingiz miqdorini kamaytiring va nima boʻlishini kuzating. Bunda katta 
oʻzgarishlar kiritishdan ehtiyot boʻling.
Bu safar 19 000 soʿm deb kiritib koʻring va nima boʻlishini kuzating.


77
3
Elektron jadvaldan maqsadli foydalanish
Endi 52 hafta! Siz uni yana oʻzgartirib, raqamni yanada yaqinlashtirishga harakat qilishingiz 
mumkin. 19 500 soʿm deb yozib sinab koʻrmaymizmi?
Endi 50 hafta deb chiqdi. Nihoyat, bu raqamga erishdik! 
Xulosa qilib aytganda, ushbu oʻyin konsolini 50 hafta ichida sotib olish uchun siz choʻntak pulidan 
haftasiga 19 500 soʿm olishingiz kerak boʻladi. 
Siz faqat 
kerakli natijaga 
yaqinlashishingiz 
kerak boʻladi. Baʻzan 
hech qachon toʻgʻri 
raqamga erisha 
olmasligingiz mumkin 
va turli xil raqamlarni 
sinab koʻraman deb 
soatlab sarflashning 
hojati yoʻq.
Maslahat
Boshqa odamlar kabi 
bir xil javob chiqmasa, 
tashvishlanmang. 
Siz haftalik choʻntak 
pulini ozroq yoki 
koʻproq olishingiz 
mumkin yoki har 
hafta koʻproq yoki 
kamroq sarflashingiz 
mumkin. Bir nechta 
turli xil javoblar 
chiqishi normal holat.

Download 5,09 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   112




Download 5,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Modellashtirish 2: javob olish uchun ma’lumotlarni oʻzgartirish

Download 5,09 Mb.
Pdf ko'rish