• Maruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi
  • Maruza mashg‘ulotining texnologik kartasi
  • 1-илова. B./ B. /B texnikasini qo‘llash qoidalari
  • Vizual materiallar. 2 - ilova . 3-ilova.
  • 4 - ilova . 5-ilova.
  • 6 - ilova . O‘zbekiston Respublikasining
  • 7 - ilova . Yuridik shaxslar daromadiga (foydasiga) soliq to’lovchilari bo’lishi uchun shartlar
  • 9-ilova
  • 10- ilova Yuridik shaxslarning daromad (foyda)ga soliq stavkalari xar yili Oliy Majlis
  • ESS E Esse
  • Besh daqiqalik esse Besh daqiqali esse
  • Seminar mashg‘ulotining texnologik kartasi
  • 1- ilov а А soliy kategoriyalar
  • 2-ilova. Kategoriyalarni tavsiflashni o‘tkazish qoidasi
  • Mavzu Turlari/ko‘rinishlari/xususiyatlari /sifati
  • 3-ilova. Baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari (ball)
  • Xulosalarni shakllantirish Ballar yig‘indisi
  • 5 -илова Mavzu bo‘yicha nazorat savollari
  • 3-mavzu. Yuridik shaxslardan undiriladigan (foyda) daromad solig‘i




    Download 81,42 Kb.
    bet1/7
    Sana24.03.2017
    Hajmi81,42 Kb.
    #1639
      1   2   3   4   5   6   7

    3-mavzu.

    Yuridik shaxslardan undiriladigan (foyda) daromad solig‘i

    3.1. Ma'ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi

    Vaqti - 2 soat

    Таlabalar soni: 75-80 nafar

    O‘quv mashg‘ulotining shakli

    Axborot ma'ruza birgalikda o‘qish usuli va B.B.B jadvali grafik organayzeridan foydalangan holda.

    Ma’ruza mashg’ulotning rejasi

    1.Yuridik shaxslar tushunchasi va ular soliqlarining tarkibi.

    2.Daromadga (foydaga) soliq tushunchasi va soliq to‘lovchilar.

    3.Daromadga (foydaga) soliq ob'ekti va soliqqa tortiladigan daromadlarni hisoblash tartibi.

    4.Yuridik shaxslarning daromad (foyda)ga soliq stavkalari va soliqni byudjetga to‘lash tartibi.

    5.Daromad (foyda)ga soliqdan to‘liq ozod etiladigan yuridik shaxslar va ularning daromadlari.



    O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: yuridik shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) solig‘i to‘g‘risida talabalarda aniq tasavvur hosil qilish.

    Pedagogik vazifalar:

    - soliqlar uzoq davr mobaynida jamiyat tomonidan yaratilgan mahsulotning bir qismini davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish uchun undiriladigan asosiy moliyaviy manba to‘g‘risida ma'lumot berish;

    - mohiyatini ochib berish;

    - daromad, daromad soliqlariga ta'rif berish;

    - daromad solig’ini tavsiflash;

    - soliqqa tortish yo‘llarini ko‘rsatib berish.




    O‘quv faoliyatining natijalari:

    Talaba:


    - formatsion, texnologik va madaniylashgan yondashuvning mohiyatini aytib beradilar;

    - daromad, daromad solig’i, soliqqa tortishni tavsiflay oladilar;

    - daromad va foyda solig’iga ta'rif beradilar.


    O‘qitish uslubi va texnikasi


    Axborot ma'ruzasi, Insert, blits-so‘rov, prezentatsiya, grafik organayzer texnikalari, aniq holatlarni yechish, B.B.B.

    O‘qitish shakli

    Frontal ma'ruza, individual, guruh bilan ishlash

    O‘qitish vositalari


    Ma'ruza matni, proektor, qog‘oz, marker, KT/OTV, doska, bo‘r

    O‘qitish sharoitlari

    Jihozlangan auditoriya


    Ma'ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi

    Bosqichlar, vaqti


    Faoliyat mazmuni

    o‘qituvchi

    talaba

    1-bosqich.

    Kirish


    (10 min)


    1.1. O‘quv mashg‘ulotining mavzu va rejasini ma'lum qiladi. Erishadigan natijalar bilan tanishtiradi.

    Mazkur mashg‘ulot muammoli tarzda o‘tishini e'lon qiladi.




    1.1 Eshitadilar va yozib oladilar.


    2-bosqich.

    Asosiy


    (70 min)


    2.1. Talabalar e'tiborini rejadagi savollar va ulardagi tushunchalarga qaratadi. Blits-so‘rov o‘tkazadi.

    2.2. Bilimlarni yanada aniqlashtirish maqsadida B.B.B jadvalini daftarga chizishni taklif etadi (1-ilova). Doskaga chiqaradi.

    2.3. Muammoli savollarni o‘rtaga tashlaydi va ularni birgalikda o‘qishga chorlaydi:


    1. Yuridik shaxslar daromadiga soliq nima?

    2. Daromadga (foydaga) soliqni to’lovchilar kimlar?

    Bu savollarga javob berish uchun avval soliq solish maqsadi, yuridik shaxs tushunchasi, soliqni xisoblab chiqarish va budjetga to’lash tartibi to’g’risidagi yoriqnomada mulkida, xo’jalik yuritish yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo’lgan va o’z majburiyatlari bo’yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan shaxsligini tushuntirib beradi.

    2.4. Muammoni hal qilish uchun quyidagi savollarga aniqlik kiritadi.



    1. Rezedent va norezedent nima?

    2. Soliq obyekti va soliqqa tortiladigan daromadlarga nimalar kiradi?

    3. Daromadga (foydaga) soliq stavkalari qanday bo’ladi?

    4. Qanday yuridik shaxslar daromadga soliqdan to’liq ozod etiladi? degan savollar sxemalar va jadvallar yordamida javob beradi.

    2.5. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda O‘zbekistonda soliq siyosati masalalari qanday hal qilinmoqda?, degan savolni o‘rtaga tashlaydi.

    2.1. Talabalar javob beradilar, daftarlariga chizadilar, jadvalning 1,2 ustunlarini to‘ldiradilar.


      1. Muammoga e'tiborni qaratadilar va yozib oladilar.



      1. Yozib oldilar va o‘z bilimlari bilan solishtiradilar.




      1. Muammo yuzasidan o‘z yechimlarini taklif qiladilar. Munozara qiladilar.

    Javob beradilar.
    2.5 Optimal yechimlar yuzasidan takliflar beradilar. B.B.B. jadvalining 5-ustunini to‘ldiradilar.


    3-bosqich

    Yakuniy


    (10 min)


    3.1. Mavzuga xulosa qiladi.

    3.2. Rejadagi natijaga erishishda faol ishtirokchilarni rag‘batlantiradi.

    3.3. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: “Yuridik shaxslardan undiriladigan umumdavlat soliqlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida Esse yozishni topshiradi.


    Eshitadilar, o‘zlarini to‘g‘rilaydilar.

    Yozib oladilar





    1-илова.

    B./ B. /B texnikasini qo‘llash qoidalari



    Mavzu savoli


    Bilaman


    Bilishni xoxlayman

    Bildim


    1

    2

    3

    4

    5

    1.

    Yuridik shaxs










    2.

    Daromad solig’i










    3.

    Foyda solig’i










    4.

    Soliq stavkasi










    5.

    Soliq obyekti










    6.

    Soliq subyekti










    7.

    Rezedent










    8.

    Norezedent










    9.

    Soliq imtiyozlari










    10.

    Soliqni to’lash muddatlari











    Vizual materiallar.

    2-ilova.


    3-ilova.

    YURIDIK SHAXS - O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da'vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi

    4-ilova.

    5-ilova.
    Yuridik shaxslarning daromad (foyda)siga soliq - bu korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar daromadi (foydasi)ning bir kismini byudjetga majburiy to’lov munosabatini bildiradi.

    Soliq kodeksi bo’yicha daromad (foydaga) ega bulgan yuridik shaxslargina bu soliqni to’lovchilari bo’ladi.


    6-ilova.


    • O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb O‘zbekistonda ta'sis etilgan yoki ro‘yhatdan o’tgan xamda bosh korxonasi O‘zbekistonda joylashib, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yhatdan o’tgan yuridik shaxslar xisoblanadi.

      Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.

      Ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxslarga identifikatsion nomer beriladi (ИНН) . Uning mazmuni tartib rakamiga mos keladi.




    • O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lgan yuridik shaxslar O‘zbekistonda va undan tashqaridagi faoliyatdan olgan daromadlaridan daromad (foyda) solig‘iga tortiladilar.


    7-ilova.

    Yuridik shaxslar daromadiga (foydasiga) soliq to’lovchilari bo’lishi uchun shartlar

    1. Biror ruxsat etilgan faoliyatdan daromad (foyda) olishi;

    2. O’zining mulkiga ega bo’lishi;

    3. Mustaqil buxgalteriya balansiga ega bo’lishi;

    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.

    4. Bankda hisob rakamiga ega bo’lishi;

    5. Identifikatsion rakamga ega bo’lishi.

    6. Hokimiyatdan ro‘yhatdan o‘tgan bo’lishi shart.
    8-ilova.

    Daromadga (foydaga) soliq ob'ekti va soliqqa tortiladigan daromadlarni hisoblash tartibi.



    • Yuridik shaxslarning jami daromadi tarkibiga ular tomonidan olinishi lozim bo’lgan (olingan) ortilgan tovar, bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat haqlari kabi pul va bepul (pulsiz) qaytarmaslik sharti bilan olingan mablag’lar kiradi. Demak, olingan kreditlar jami daromadga kirmaydi



    9-ilova

    Jami daromadga quyidagilar kiradi:



    • 1. Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan tushum.

      Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.

      Unga ortilgan maxsulot qiymatini to’lash uchun xisoblashish xujjatlarida ko’rsatilgan summa; buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan, bajarilgan ishlar dalolatnomalarida ko’rsatilgan summalar; ko’rsatilgan xizmatni bajarilganligini tasdiqlovchi summalar kiradi. Vositachilik faoliyatidan (komission taqdirlash) daromad oluvchi tashkilotlar uchun tushum xamma bitimlar bo’yicha komission taqdirlash (protsentlar) summalari hisoblanadi.

    • 2. Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli qog‘ozlar, intellektual mulk ob'ektlari, materiallar va boshqa aktivlar sotishdan daromadlar kiradi. Soliqqa tortish maqsadida asosiy fondlar va boshqa mulklarni sotishdan daromadni aniqlashda shu fondlar mulklarni sotish baxosi va qoldik summasi o’rtasidagi fark, (oshishi) hisobga olinadi. Bu yerda qoldik qiymat xamma asosiy fondlar, moddiy aktivlar, kam qiymatli va tez buziladigan predmetlarga ham qo’llaniladi. Asosiy fondlar bepul berilganda berayotgan shaxsning aktivlar qiymati o’sha vaqtdagi tashkil topgan xarajatlar bilan, mulklarni oluvchining daromadi esa kirim qilingan qoldik qiymat bilan, lekin bergan shaxsning tannarx qiymatidan kam bo’lmagan xolda qabul qilinadi.




    • 3. Foizlar va dividendlar turida olingan daromadlar;

    • 4.Bepul olingan mulklar. Lekin bepul olish bir tizim ichiga kiruvchi korxonalar tomonidan bulsa daromad bo‘lmaydi.
      Tizim deyilganda vazirliklar, konsernlar, trestlar va b. ichidagi
      xarakatlar tushuniladi;

    • 5.Mulklarni ijaraga berishdan daromadlar. Ammo amortizatsiya kilinadigan asosiy vositalar lizing shartnomasi buyicha ijaraga berilsa, soliqka tortish maksadida mulkni sotib olgan xisoblanadi;

    • 6.Royalti - intelektual mulklarning huquqidan daromadlar,
      mualliflik haqlari, patentlari, chizmalar tovar belgilari, yangi
      modellardan daromadlar;

    • 7.Bepul moliyaviy yordam (byudjet mablag‘laridan tashkari);

    • 8.Kreditorlik va deponentlik qarzlarini xisobdan
      chiqarishdan daromadlar, agar to’lov muddati tugagan bo’lsa. Umumiy to’lov muddati yuridik shaxslar uchun 3 yil qilib belgilangan;

    • 9.Ilgari chegirma qilingan qarzlar, zararlar va umidsiz
      qarzlarni tushishidan olingan summalar;

    • 10.Valyuta schyoti buyicha ijobiy kurs farqlari;

    • 11.Favqulodda daromadlar;

    • 12.Har xil daromadlar;

    • 13.Tovar moddiy boyliklarni qayta baxolashdan qo‘shimcha summalar soliq tortiladigan daromadga shu tovarlar (ishlar,xizmatlar) sotishi bilan kushib beriladi. Korxonalar (tashkilotlar) maxsulotlarini xaqiqiy tannarx bahosidan past sotgandagi zararlar soliqqa tortiladigan daromadni kamaytirmaydi. Ichki bozordan past bahoda o’z maxsulot (ish, xizmat)larni erkin almashtiriladigan valyutada sotuvchi korxonalar uchun soliqqa tortiladigan baza eksport maxsulotini sotishning haqiqiy bahosidan kelib chiqib hisobga olinadi.


    10-ilova

    • Yuridik shaxslarning daromad (foyda)ga soliq stavkalari xar yili Oliy Majlis tomonidan Vazirlar Maxkamasining yangi yilga byudjet parametrlarini ko’rib chiqqanda tasdiqlanadi.

      Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.

      Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.



    • U stavkalarni yuqori chegara stavkasi 1998 yilda 36 foizdan 2001 yilda 26 foizga tushgan. 2002 yilga esa 24 foiz, 2003 yildan boshlab 20 % qilib belgilangan.

    11-ilova

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 13 noyabr 390-son qarori bilan:

    1. Iste'mol tovarlarni ishlab chiqàruvchilar uchun shu tovarlarni ishlab chiqàrishdan olgan daromaddan foydaga soliq, stavkasini 20 foiz kamaytirib to‘laydi, (16 foiz).

    2. Bolalar assortimenti tovarlari ishlab chikaruvchilar, shu tovarlar ishlab chiqàrib olgan daromadlaridan 7 foiz stavkada soliq tulaydilar.

    3. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning fizik xajmini oshirishdan olgan daromadlar soliq to’lashdan ozod etiladi.

    12-ilova

    Daromadga (foydaga) soliqdan beriladigan imtiyozlarni 3 guruhga bulib ko’rsatish mumkin:



    • 1.To’liq ozod etiladigan yuridik shaxslar va ularning daromadlari;

    • 2. Vaqtincha ozod etiladigan yuridik shaxslar va ularning daromadlari;

    • 3. Yuridik shaxslariing soliqqa tortiladigan daromadlarining kamaytirilishi. Soliq xisobida imtiyoz deb ko’rsatiladi.

    13-ilova

    Daromadga (foydaga) soliqdan quyidagi yuridik shaxslarni to’liq ozod etish mumkin:



    • 1. Protez-ortopediya maxsulotlari, inventarlar xamda
      nogironlar uchun xizmat kursatishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar-asosiy faoliyat turi buyicha;

    • 2. nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy»
      jamg‘armasi va O‘zbekiston Chernobilchilar asosotsiatsiyasi mulkida bulgan, ishlovchilar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillar urush va mexnat faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar (savdo, vositachilik, ta'minot-sotish va tayyorlov bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslardan tashqàri);

    • 3. davolash muassasalari qoshidagi davolash – ishlab chiqarish ustaxonalari;

      Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.



    • 4. jazoni ijro etuvchi muassasalar

    5. notijorat yuridik shaxslar, ularning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlaridan tashkari. Keyingi daromadlar umumiy asosda soliqqa tortiladi.

    14-ilova

    • Notijorat tashkilotlariga kuyidagilar kiradi:

    • fakatgina byudjet mablagi xisobidan moliyalashtiriladigan, xarajatlarni qoplash uchun byudjetdan dotatsiya oladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar;

    • xayriya birlashmalari, uyushmalari va fondlari, xalkaro tashkilotlar, diniy birlashmalar va boshka tashkilotlar;

    15-ilova

    • 6. shaxar yo’lovchi transporti (taksi, mashrutli taksidan tashqari) yo’lovchilarni tashish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar bo’yicha;

    • 7.Yuridik shaxslar tarixiy va madaniy yodgorliklarini ta'mirlash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan daromad (foyda)lari bo’yicha;

    • 8. yuridik shaxslar umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta'mirlash va qurish ishlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar (foydalar)i bo’yicha.


    ESSE

    • Esse – taklif etilgan mavzuga 100 dan 500 gacha so‘z hajmidagi insho.




    • Esse – bu muallifning ta'kidlab o‘tadigan individual pozitsiyasidagi erkin ifoda etish shakli; qandaydir predmet bo‘yicha umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni o‘z ichiga oladi.


    Besh daqiqalik esse


    • Besh daqiqali esse – o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni umumlashtirish, mushohada qilish maqsadida o‘quv mashg‘ulotida oxirida 5 daqiqa oralig‘ida olib boriladi.


    3.2. Seminar mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi


    Vaqti – 2 soat

    Таlabalar soni – 25-27 nafar

    O‘quv mashg‘ulotining shakli


    Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha muammoli seminar

    Seminar mashg‘ulotining rejasi


    1.Yuridik shaxslar tushunchasi va ular soliqlarining tarkibi.

    2.Daromadga (foydaga) soliq tushunchasi va soliq to‘lovchilar.

    3.Daromadga (foydaga) soliq ob'ekti va soliqqa tortiladigan daromadlarni hisoblash tartibi.

    4.Yuridik shaxslarning daromad (foyda)ga soliq stavkalari va soliqni byudjetga to‘lash tartibi.

    5.Daromad (foyda)ga soliqdan to‘liq ozod etiladigan yuridik shaxslar va ularning daromadlari.


    O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: yuridik shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) solig‘i to‘g‘risida talabalarda aniq tasavvur hosil qilish.

    Pedagogik vazifalar:

    • mavzu bo‘yicha bilim-larni tizimlashtirish, mustahkamlash;

    • darslik bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish;

    - iqtisodiy axborotlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.


    O‘quv faoliyatining natijalari:

    Talaba:


    • korxona daromad(foyda) solig’iga ta'rif beradi;

    • foyda (daromad) solig’i to’lovchilarini tavsiflay oladi;

    • daromad solig’idan foyda solig’iga o’tilgan jihatlarini mazmunini yoritadi;

    • imtiyoz shakllarini sanab beradi.



    O‘qitish uslubi va texnikasi


    Muammoli usul, aqliy xujum, blits-so‘rov, grafik organayzer.

    O‘qitish shakli

    Frontal, kollektiv, guruhlarda

    O‘qitish vositalari

    Ma'ruza matni, proekt, flipchart, marker, doska bo‘r

    O‘qitish sharoitlari

    Guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya



    Seminar mashg‘ulotining texnologik kartasi

    Bosqichlar, vaqti

    Faoliyat mazmuni

    o‘qituvchi

    talaba

    1-bosqich.

    Kirish


    (10 min.)

    1.1. Mavzu, reja va maqsad, seminar mashg‘ulotining rejasi ma'lum qilinadi.

    1.1. Eshitadi va yozadilar.

    2-bosqich.

    Bilimlarni faollashtirish

    (10 min.)


    2.1. Asosiy tushunchalar bo‘yicha blits-so‘rov o‘tkazadi (1-ilova). Bir necha javoblarni eshitadi va faoliyat kichik guruhlarda davom etishini aytadi.

    2.2. Asosiy tushunchalar bo‘yicha kategoriyalar tasnifini tayyorlashni aytadi (2-ilova).



    2.1. Eshitadilar, savollar beradilar.

    2.2. Javob beradilar.



    3-bosqich.

    Asosiy


    (50 min.)

    3.1. Talabalarni 6 ta kichik guruhlarga bo‘ladi va topshiriq beradi:

    1. asosiy tushunchalar bo‘yicha kategoriyalarni tasniflash;

    2. ishning natijalarini prezentatsiya shaklida tayyorlash;

    3. berilgan topshiriq bo‘yicha umulashtiruvchi xulosalar chiqarish.

    Baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari bilan tanishtiradi (3-ilova). Guruhda ishni boshlanganini e'lon qiladi. Guruhlar ishlariga maslaxat beradi.

      1. Prezentatsiya jarayonini va jamoa bo‘lib muhokama qilishni tashkil qiladi.

      1. O‘zlashtirish darajasini tekshiriladi: har bir talabaga savollar to‘plamini tarqatadi tekshirish maqsadida (4-ilova).

    3.1. Guruhlarda ishlaydilar.


    • jamoa bo‘lib ma'lumotlarni tizimlashtiradi;

    • kategoriyalar jadvalini prezentatsiya qog‘ozlariga yozadi.

    3.2. Prezentatsiyani

    taqdim etadi, savollarga javob beradi.



      1. Javdvalni to‘ldiradi va topshiradi.

    4-bosqich.

    Yakuniy


    (10 min.)

    4.1. Mavzuni yakunlaydi, ishtirokchilarni baholaydi va rag‘batlantiradi.

    4.2. Mustaqil ish sifatida “Foyda solig‘i va uning tadbirkorlik sub'ektlari iqtisodiy faoliyatiga ta'siri” esse yozish topshiradi.



    Eshitadilar va topshiriqni yozib oladilar.


    1-ilovа

    Аsoliy kategoriyalar


    Daromad va foyda, soliq, budjet, soliq stavkasi, korxona va firma, eksport tovarlar, yalpi tushum, huquqiy shaxs, jismoniy shaxs, investitsiya, imtiyoz, asosiy vositalar, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish.


    2-ilova.

    Kategoriyalarni tavsiflashni o‘tkazish qoidasi

    1. Guruhda “Aqliy xujum” o‘tkazasiz va mavzu bo‘yicha barcha tushunchalarni yozib olasiz.

    2. Biron-bir belgisi bo‘yicha olingan ma'lumotlarni umumlashtiruvchi kategoriyalarni aniqlaysiz.

    3. Kategoriyani qog‘ozga yozing va olingan ma'lumotlarni ma'lum mezonlar bo‘yicha taqsimlang.

      Mezon (arab. - tarozi) - 1) zodiak yulduzlar turkumi (Libra). Ung yorugʻ yulduzi 2,6 vizual yulduz kattaligida Ilon, Ilon eltuvchi, Aqrab, Sunbula yulduz turkumlari orasida joylashgan. Oʻzbekistonda qish oxiri, bahor va yoz boshlarida koʻrinadi;



    4. Taqsimlash jarayonida biron-bir kategoriyani nomini o‘zgartirish yoki qo‘shish mumkin.

    5. Kategoriya jadvalini tuzing.




    Mavzu

    Turlari/ko‘rinishlari/xususiyatlari /sifati

    Kategoriyalar/belgilar

    1

    2

    3

    ...
































    Маsalan. Мavzu: Korxonalar daromadiga (foyda) soliq to’lovchilar guruhlari

    Mavzu

    Turlari/ko‘rinishlari/xususiyatlari /sifati

    Kategoriyalar/belgilar

    1

    2

    3

    Huquqiy shaxs

    Savdo korxonalari

    Banklar




    Jismoniy shaxs







    Shaxobchalar



    3-ilova.
    Baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari (ball)

    Guruh

    jadvalni to‘g‘ri tuzilganligi

    Javobni tushunarliligi va aniqligi

    Xulosalarni shakllantirish

    Ballar yig‘indisi

    (0,8)

    (0,6)

    (0,6)

    (2,0)

    1













    2













    3













    4













    5













    6












    4-ilova


    1-masala. Ishlab chiqarish korxonasi ikkinchi yil faoliyat yuritmoqda, uning foyda solig‘i to‘lagungacha bo‘lgan daromadi (2-son, 170-satr) 150 ming so‘m bo‘lgan.

    Hisobot davri uchun qo‘shimcha ravishda quyidagi ma'lumotlar mavjud:

    Xokimiyatga homiylik yordami ko‘rsatilgan-18 ming so‘m;

    qariyalar uyiga yordam ko‘rsatish uchun –9 ming so‘m;

    ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun-249 ming so‘m (yil davomida to‘plangan eskirish-281 ming so‘m);

    Hisobot davri uchun korxona to‘lashi lozim bo‘lgan daromad solig‘i necha so‘mga teng?


    5-илова

    Mavzu bo‘yicha nazorat savollari

    Savollar

    Javoblar

    1.Huquqiy shaxslar daromadiga soliq nima ?




    2.Daromadga (foydaga) soliqni to’lovchilar kimlar?




    3.Rezident va norezident nima?




    4.Soliq obyekti va soliqqa tortiladigan daromadlarga nimalar kiradi?




    5.Daromadga (foydaga) soliq stavkalari qanday bo’ladi?




    6.Qanday yuridik shaxslar daromadga soliqdan to’liq ozod etiladi?




    7. Qanday yuridik shaxslar daromadga soliqdan vaqtinchalik ozod etiladi?




    8.Huquqiy shaxslarning qanday xarajatlari soliqqa tortiladigan daromaddan kamaytiriladi?




    9.Soliq hisobini tuzish va soliqini to’lash tartibi qanday?




    10.Ikki yoqlama soliq to’lash qanday tugatiladi?




    Download 81,42 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 81,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu. Yuridik shaxslardan undiriladigan (foyda) daromad solig‘i

    Download 81,42 Kb.