|
Hisoboti 4-Hafta
|
Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #250134 |
Bog'liq Hisobot 4-hafta Karimova
Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi IV- kurs 420- guruh talabasi karimova Madinabonuning (4-hafta)2024- yil 8-apreldan 2024- yil 13-aprelgacha Sho’rchi tumanidagi 3-umumiy o’rta ta’lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti bo’yicha tayyorlagan
HISOBOTI
4-Hafta. Bizning Sho’rchi tumanidagi 3- umumiy o’rta ta’lim maktabida amaliyotning navbatdagi haftasi boshlandi. Men amaliyotning to’rtinchi haftasida o’zim biriktirilgan 2-“v” sinfiga tahlil qilish va kuzatishga kirdim.
2-“v”sinf darslarini kuzatib tahlil qildim. Shu haftada boshqa sinf rahbarlarining o`tgan darslarida qatnashib, darsni tahlil qildim. O’zim biriktirilgan sinfga ona tili, o’qish, matematika darslarini o’tib berdim. Dars o’tish jarayonida yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarimni bilib oldim.
O’qituvchining dars jarayonida o’quvchilarga bayramlar haqida aytib ular bilan buyuk ajdodlarimiz haqida so’raydi. O’quvchilar bilan turli qiziqarli metodlar bilan dars o’tildi.
Amaliyotning har bir kunida o’zimga biriktirilgan sinf rahbarining darsini kuzatdim va tahlil qildim. Dars metodlarini o’quvchlarning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o’rgandim. Dars jarayonida ko’rgazmali qurollardan foydalanish va ularni tayyorlashni o’rgandim. O’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchiga yordam berdim.
O’qituvchilarning darsni qay darajada tashkil qilishi ularning dars davomida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishini kuzatdim. O’qituvchilar o’quvchilar psixologiyasini chuqur o’rganganligi ularni dars davomida tushunib to’g’ri munosabat o’rnata olishi bilan bilindi. Darslarga tahlilga kirish jarayonida kelgusi faoliyatimizda uchraydigan pedagogik muammolarga ham duch keldim. Bu muammolarni yechish usullarini o’rgandim.
Amaliyotchi talaba: M.Karimova
Amaliyot rahbari: Sh.Otamurodova
|
| |