50
Auditoriya va maqsadni bilish
Taqdimotni yaratishda auditoriya va maqsad sizning fikrlaringiz markazida boʻlishi
kerakligini
allaqachon bilib oldingiz. Shuningdek, taqdimotingizning
auditoriyasi va maqsadi qarab,
kontentning tarkibi va uslubi (masalan, oʻtish va vaqt kabi) boʻyicha har xil tanlov qilishingiz
mumkinligini tushunasiz.
5.1-mashg‘ulot
“My_Favourite_Things_v3.pptx” nomli taqdimot faylini oching. Keyin quyidagilarni bajaring:
1. sarlavhangiz birinchi slaydda paydo bo‘lishi uchun
Float animatsiyasini qoʻshing;
2. sarlavhani
ekranning yuqorisidan Float qilib oʻrnating;
3. animatsiyani 1 soniya davom etadigan qiling;
4. animatsiyani sichqoncha bilan bosilganda ishga tushadigan qiling.
5.2-mashg‘ulot
Dizayn faylini oching: “Design_Favourite_Things_v1.docx”.
Animatsiyani moslash uchun
vaqt va boshqa koʻrsatmalarni kiriting.
5.3-mashg‘ulot
“My_Favourite_Things_v3.pptx” nomli taqdimot faylini oching. Tuzgan taqdimotingizga
vaqt va moslashtirishlarni kiriting.
5.4-mashg‘ulot
Sherigingiz bilan taqdimotga qoʻshgan animatsiyalar va
ularning har birini qanday
sozlaganingiz haqida suhbatlashing. Nima uchun har bir misolda eng yaxshi animatsiyani
tanladim deb oʻylashingizni tushuntiring.
Animatsiyalar joylashtirilgan tartibni notoʻgʻri
deb hisoblasangiz, uni animatsiya oynasi
yordamida osongina tahrirlash mumkin. Toʻgʻri joyda koʻrinmaydigan
kontentni tanlang, soʻng uni
toʻgʻri joyga koʻchirish uchun