• 2-mashg‘ulot
  • 4-mashg‘ulot
  • Slide Master orqali taqdimot yaratish
  • Cover ict stb indd




    Download 5,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/112
    Sana19.01.2024
    Hajmi5,09 Mb.
    #140808
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   112
    Bog'liq
    Informatika Cabridge 7 uzb 2022

    52
    1-mashg‘ulot
    O‘qituvchingiz tomonidan taqdim etilgan “Zoo_Advert.pptx” taqdimot fayli va “Zoo_
    Design_ Specification.docx” hujjatini oching. Loyiha xususiyatlari taqdimot koʻrinishini 
    toʻliq dizayni hisoblanadi, lekin ushbu taqdimot toʻliq emas. Kontent har bir slaydga 
    qoʻshilgan, lekin siz taqdimotga multimedia elementlarini qoʻshishingiz kerak boʻladi.
    2-mashg‘ulot
    Loyiha xususiyatlaridan foydalanib, har bir slaydga toʻgʻri oʻtish effektlarini qoʻshing. Oʻzingiz 
    yoqtirgan vaqt sozlamalarini ham qoʻshishingiz va taqdimotga moslashingiz mumkin.
    3-mashg‘ulot
    Loyiha xususiyatlaridan foydalanib, har bir slaydga toʻgʻri animatsiya qoʻshing. Oʻzingizda 
    yoqtirgan vaqt sozlamalari ham qoʻshishingiz va taqdimotga moslashingiz mumkin.
    4-mashg‘ulot
    Do‘stingiz bilan nima uchun tanlagan oʻtish va animatsiya effektlari tegishli auditoriyaga 
    mos kelishi va hayvonot bogʻi uchun taqdimotni yanada jozibali qilishini muhokama qiling.


    53
    2
    Multimediadan maqsadli foydalanish
    1-masala
    Multimedia taqdimotlari bilan bogʻliq koʻplab oʻrganishingiz mumkin boʻlgan qoʻshimcha 
    koʻnikmalar mavjud. Siz ushbu boʻlimda yana uchta muhim koʻnikmalar haqida bilib olasiz: 
    Slide Master yordamida taqdimot yaratish, slaydlarga ovozli nutq faylini qoʻshish va slayd-shou 
    sozlamalaridan foydalanish.
    Slide Master orqali taqdimot yaratish
    Slide Master – taqdimot uchun namuna bo‘lib, har bir slayd uchun ishlatiladigan maket va format 
    sozlamalarini yaxshilash imkonini beradi. U orqali har safar yaratayotgan taqdimotingizga yangi 
    slayd qo‘shganda unga maket va format sozlamalarini qayta qoʻlda sozlashingiz shart emas. Agar 
    siz Slide Masterdan foydalansangiz, sozlamalar avtomatik ravishda tatbiq etiladi. Taqdimotda turli 
    xil maketlar va formatlardan bir necha marta foydalanishga ruxsat berish uchun taqdimotda bir 
    nechta asosiy slaydni yaratishingiz mumkin.
    Bu jarayonni 

    Download 5,09 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   112




    Download 5,09 Mb.
    Pdf ko'rish