1. Ochiladigan ro‘yxatni joylashtirishni xohlagan maydon uchun ma’lumotlar turini tanlang.
2. “Lookup Wizardni” tanlang.
5-amaliy ko‘nikma
108 3. “I will type in the values that i want” yozuvi yonidagi doirani bosing.
4. “Next” tugmasini bosing.
109 4 Ma’lumotlar bazasidan maqsadli foydalanish
5.1-mashg‘ulot Agar siz yaratgan “Ultimate League” ma’lumotlar bazasida yosh guruhlarini saqlash uchun
maydon bo‘lmasa, unda yana bir maydon qo‘shing. Ochiladigan ro‘yxatni yarating:
• 8–12;
• 13–17;
• 18+.
5.2-mashg‘ulot “Ultimate League”ning tashkilotchilari tanlovga kelgan barcha ishtirokchilar uchun eng
sevimli o‘yin turi qaysi ekanini bilishni istaydi.
Ushbu ma’lumotni saqlash uchun maydon yarating va quyidagi variantlar bilan ochiladigan
ro‘yxatni qo’shing:
• poyga;
• sarguzasht;
• jumboq;
• harakat;
• jang;
• boshqa.
Ba’zi qo‘shimcha o‘yin turlari haqida o‘ylab ko‘ring va ularni ochiladigan ro‘yxatga kiriting.
5. Har bir qiymatni yangi qatorga kiriting. Imlo xatolardan xoli ekaniga ishonch hosil qiling.
6. “Finish” tugmasini bosing.
110 Maʼlumot kiritish formasini yarating Ma’lumotlar bazasiga ma’lumot kiritish uchun jadvalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritish yoki
data entry form elementidan foydalanib kiritish mumkin.
Forma foydalanuvchilarga maʼlumot kiritish imkonini beruvchi qulay vositadir. Uni yanada
jozibador qilish uchun koʻrinishi va shrift formatini oʻzgartirishingiz hamda tugmalar qoʻshishingiz
mumkin.
Yangi maʼlumot kiritish shaklini yaratish uchun quyidagi bosqichlarni bajarishingiz kerak: