Cover ict stb indd




Download 5,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/112
Sana19.01.2024
Hajmi5,09 Mb.
#140808
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   112
Bog'liq
Informatika Cabridge 7 uzb 2022

Maslahat


117
4
Ma’lumotlar bazasidan maqsadli foydalanish
5. 
Paste 
tugmasini bosing.
Endi maʼlumotlaringizni istalgancha tahrirlashingiz mumkin.
2-usul: MS Access orqali eksport qilish
Bunda, maʼlumotlar kiritilgan yangi hujjat, masalan, Microsoft Word hujjati yaratiladi.
Yangi matnli hujjat yaratish uchun maʼlumotlarni eksport qilishingiz mumkin. Maʼlumotlarni 
eksport qilish uchun quyidagi yetti bosqichni bajarishingiz kerak:
1. 
External Data
menyu oynasini oching.
2. 
More
tugmasini bosing.
3. “Word” dasturini tanlang.
4. “Browse” tugmasini bosing.
5. Yangi oyna ochiladi. Fayl paydo boʻluvchi papkani tanlang.
6. “OK” tugmasini bosing.


118
7. Keyingi paydo bo‘lgan oynadan Close tugmasini bosing.
Endi sizda jadvalingizdagi maʼlumotlar kiritilgan Microsoft Word fayli paydo bo‘ladi.
3-usul: ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda email xatini yaratish
Agar bir qancha insonlarga yuborilishi kerak boʻlgan xat yozsangiz, har bir xatga faqat bir kishining 
ismi va manzilini kiritishni xohlaysiz. Agar nusxa olish va joylash funksiyasidan foydalansangiz, har bir 
kishining maʼlumotlarini birma-bir nusxalashingiz kerak boʻladi. Masalan, maktab rahbariyati barcha 
oʻquvchilarning ota-onalar va vasiylarga maktab oʻyinlari haqida xabar beruvchi xat yuborishi kerak. 
Maktab har bir xatda faqat bir ota-ona yoki vasiyning ismi va manzili boʻlishini xohlaydi.
Ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda e-pochta xatini yaratishda maʼlumotlar bazangizdagi 
har bir yozuv uchun hujjatning faqat bir nusxasi olinadi. Har bir inson bir yangi yozuv, shunday 
ekan, kishi boshiga bittadan hujjat yuboriladi.
Bu axborotdan faqat xat yuborish uchun emas, undan har bir inson uchun shaxsiy belgi, plakat 
yoki sertifikat yaratishda ularning ismini yozish uchun ham foydalanish mumkin.
Ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda e-pochta xatini yaratish uchun quyidagi oʻn bosqichdagi
amallar ketma-ketligini bajarishingiz kerak:

Download 5,09 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   112




Download 5,09 Mb.
Pdf ko'rish