|
Cover ict stb inddBog'liq Informatika Cabridge 7 uzb 2022Koʻrish huquqlari:
bir foydalanuvchi
koʻrishi mumkin
boʻlgan aniq
maʼlumotlar (bu
saqlanayotgan
barcha maʼlumotlarni
ko‘rish mumkin
emasligi).
Kalit so‘zlar
8.1-mashg‘ulot
Daftaringizda quyidagi savollarga javob yozing. Darsligingizga yozmang.
“Ultimate League”ni boshqaruvchi tashkilotchilar maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarni
qanday qilib xavfsiz saqlashni bilishi kerak.
Yuqorida o‘rgangan axborotlardan foydalanib, “Ultimate League” tashkilotchilari
maʼlumotlarni xavfsiz saqlay olishining ikki xil usulini tushuntirib bering.
1.
2.
Uslub
Foydalanish ko‘lami
Kirish
huquqlari
Maʼlumotlar bazasida ayrim insonlarni foydalanish ko‘lamini
cheklashingiz mumkin:
Read only: “Faqat oʻqish” ruxsati berilgan insonlar faqatgina ma’lumotni
koʻra olishi mumkin. Ular ma’lumotni tahrirlay yoki oʻchira olmaydi.
Read, write: “Oʻqish, yozish” ruxsati berilgan insonlar maʼlumotlarni
koʻrishi va maʼlumotlarni oʻzgartira olishi mumkin.
Koʻrish
huquqlari
Maʼlumotlar bazasida ayrim shaxslar faqat belgilangan
maʼlumotlarnigina koʻra oladigan qilib sozlashingiz mumkin.
Masalan, sport klubi qabulxonasidagi xodim ismlar va manzillarni koʻra
olishi mumkin, lekin shaxslarning kredit kartasi ma’lumotlari yoki tibbiy
ma’lumotlari tarixi kabi maxfiy maʼlumotlarni ko‘ra olmaydi.
Maʼlumotlar bazangizda yuqoridagi parametrlarni qanday sozlashni bilishingiz shart emas, lekin
ular nima ekanini va qanday maqsadda undan foydalanish mumkinligini bilishingiz kerak.
Kirish huquqlari va koʻrish huquqlari o‘zaro farqlanadi. Ayrim insonlar maʼlumotlar bazasiga
Read
only ruxsati bilan kira oladi, lekin ular barcha maʼlumotlarni koʻra olishi mumkin. Boshqa insonlar
esa, ma’lumotlar bazasiga
Write, read ruxsati bilan kira oladi, lekin ular maʼlumotlar bazasining
kichik bir qismini “koʻrishi” mumkin bo‘ladi.
|
| |