Oqimni boshqarish axborotini uzatish protokoli (SCTP) Oqimni boshqarish axborotini uzatish protokoli (SCTP) axborotni yetkazib
berish ortiqchaligi va ishonchlilikning yuqori pog‗onasi bilan ikkita ohirgi punktlar
o‗rtasida IP tarmoq orqali signalizatsiya xabarlarini uzatishni ta‘minlaydi. Buning
uchun real vaqtda axborotni ayrim axborot oqimlari bo‗yicha bir qancha
102
manbalardan yetkazib berishning yuqori ishonchliligini imkoniyatlar protokoliga
o‗rnatilishi bilan farqlanadigan standartlashtirilgan usul qo‗llaniladi. Shuningdek
ushbu protokol bo‗yicha ishlaydigan Internet bog‗lanishning o‗ta yuklanganlik
holatida o‗z-o‗zini o‗chirish funksiyasi amalga oshiriladi.
SCTP va signalli ilovalar o‗rtasidagi interfeys adaptiv pog‗ona orqali
boshqariladi. Adaptiv pog‗ona oraliq pog‗onani shunday hosil qiladiki, unda
protokollar stekining yuqori pog‗onasidagi muayyan arxitektruaning signalli
protokollari transport muhiti bilan o‗z interfeyslarini va SCTP protokolidan boshqa
transport protokoli o‗rniga foydalanilgan holatda ichki funksional imkoniyatlarini
o‗zgartirmasligi kerak. Boshqa jihatdan, protokollar stekining ta‘minlab turadigan
arxitekturasi o‗z qoidalarini buzmasdan Internet arxitekturasiga mos kelishi kerak.
SCTP protokoli turli maqsadlarda turli xil ilovalardan – fayllarni HTTP
vositalar yordamida uzatishdan signalli axborotni tashishgacha, MTP ishlash
imkoniyatlarini o‗zgartirishdan SCCP signalizatsiya axborotini transportirovka
qilishni o‗zgartirishgacha foydalanish mumkin.
4.2. Transport pog‗onasi protokollari: RTP va RTCP
RTP protokoli bir manzilli va guruhli jo‗natmalarning tarmoq xizmatini
qo‗llagan
holda
ushlanishlarga
seziluvchan
axborotlarni
yetkazishga
ixtisoslashgan. U o‗z vaqtida yetkazilishini kafolatlovchi o‗z mexanizmlariga yoki
boshqa xizmat sifati ko‗rsatkichlariga ega emas. Bu ishlarni quyida keltirilgan
protokollar bajaradi. Odatda RTP UDP dan ustun ishlab, uning xizmatlaridan
foydalanadi, lekin ba‘zida boshqa transport protokollaridan ustun ishlashi ham
mumkin (4.10-rasm).
RTP xizmati oqimda paketning ketma-ket raqamini va kerakli yuk turini
ko‗rsatishni taqozo etadi hamda vaqtincha belgilash qo‗llaniladi. Junatuvchi har bir
RTP paketni vaqtincha belgi bilan belgilaydi. Qabul qiluvchi esa uni ajratib oladi
va ushlanish yig‗indisini hisoblaydi.
103
4.10-rasm. H.323 protokollar to‗plami
Paketlar orasidagi ushlanish farqi djitterni belgilash imkonini beradi va
uning ta‘sirini kamaytiradi, ya‘ni barcha paketlar ilovaga bir xildagi ushlanish
bilan beriladi.
Shunday qilib, RTPning asosiy xususiyati – qabul qilingan paketlarning
ba‘zi to‗plamining o‗rtacha ushlanishini hisoblash va ushbu o‗rtacha ko‗rsatkichga
teng ushlanish asosida foydalanuvchining ilovasiga ularni doimiy yetkazib turish
kabilar kiradi. RTPning yana bir ustunligi RSVP bilan uni belgilangan xizmat
bosqichida sinxronlashgan multimediya axborotlarini uzatishda qo‗llash mumkin.
Mavjud vaqtda uzatishlarni boshqarish protokollari bilan birga RTP
qo‗shilsa, uning imkoniyatlari oshishi mumkin.
RTCP yordamida RTP paketlarini yetkazilishi nazorat qilinadi hamda
uzatilayotgan seansning boshqa ishtirokchilari bilan aks aloqani ta‘minlaydi.
RTCP doimiy ravishda o‗zining boshqarish protokollarini tarqatib turadi. Bunday
tarqatish mexanizmi foydalanish axborotiga ega bo‘lgan RTP paketlari uchun ham
qo‗llaniladi.
RTCP ning asosiy vazifasi olinayotgan axborot sifatida hisobot uchun
ilovadan foydalanib, aks aloqani tashkil etishdir. RTCP uzatilgan va yo‗qotilgan
paketlar soni, djitter ahamiyati va boshqalar haqida ma‘lumot uzatadi. Bu axborot
H
.2
25
.0(
Q
.9
31
)
T
. 1
20
H
.2
45
G. 7хх
Н.26х
RTP
RTCP
RAS
TCP
UDP
IP
Boshqaruv Ma‘lumotlar
Audio
Vidео
А/В boshqaruv
104
uzatuvchi tomonidan uzatish ko‗rsatkichlarini o‗zgartirish uchun ishlatilishi
mumkin.