|
D r. X. Djuraev, Sh. Yu. Djabbarov, B. M. Umirzakov tarmoq protokollariBog'liq TarmoqUDP psevdosarlovha
-
nazorat yig‗indilarini hisoblashdan oldin UDP-paketiga qo‗shiladi.
(psevdosarlovha va ma‘lumotlar, nazorat yig‗indisi sarlovhaga asoslangan xolatda
hisoblanadi) Yetkazib berishni to‗g‗riligini tekshirish uchun kerak. Qabul
qiluvchiga uzatilmaydi (4.3-rasm);
-
UDP-paketi noldan 16 bitgacha to‗ldiriladi;
-
qabul qiluvchi nazorat yig‗indisini hisoblashda ma‘lumotning
psevdosarlovhasi asosida qabul qilingan IP – sarlovha, UDP sarlovha va
ma‘lumotlar maydonidan foydalanadi.
96
4.3 –rasm. UDP sarlovhasini tuzulishi
Umumun olganda, TCP protokollari to‗plami yuqorida ko‗rib chiqilgan OSI
modeli to‗plamidan farq qiladi. TCPni quyidagi jadval asosida ko‗rish mumkin
(4.4 - rasm):
-
ilova pog‗onasi (Application Layer);
-
transport pog‗onasi (Transport Layer);
-
Internet pog‗onasi (Internet Layer);
-
tarmoqqa kirish pog‗onasi (Network Access Layer).
4.4 – rasm. TCP/IP protokollari to‗plamining tuzulishi
Ilova pog‗onasi (Application Layer)
Тarmoqqa kirish pog‗onasi (Network Access Layer)
Internet pog‗onasi (Internet Layer)
Transport pog‗onasi (Transport Layer)
4
3
2
1
97
Ushbu rasmda tarmoqqa kirish pog‗onasida barcha fizikaviy qurilmalarga
kirish protokollari joylashgan. Yuqorida tarmoqlararo almashinuv protokollari IP,
ARP, ICMP mavjud. Yanada yuqoriroqda esa asosiy transport protokollari
hisoblangan TCP va UDP, ular ma‘lumotlarni paketlarga to‗plashdan tashqari,
qaysi ilovaga ma‘lumotlarni jo‗natish va qaysi ilovadan ma‘lumotlarni olish
lozimligini aniqlaydi. Eng yuqorida ilova pog‗onasidagi protokollar joylashib, ular
ilovalardan ma‘lumotlarni almashtirishda foydalanadilar.
OSI (Open Sustem Interconnection) tasnifiga asoslanib, TCP/IP protokollari
tuzulishini etalon modeli (4.5 - rasm) bilan solishtirib ko‗ramiz.
4.5 – rasm. Tarmoq qurilmasida TCP/IP oilasiga mansub protokolarni qo‗llovchi
modullar
Rasmdagi to‗g‗ri to‗rtburchak bilan belgilangan modullar ma‘lumotlarni
uzatish yo‗li-―chiziqlar‖da paketlarni o‗rganib chiqadi. Bu chizmani taxlil etishdan
avval ba‘zi atamalarni keltirib o‗tamiz.
|
| |