153
UDP 514 portini ishlatadi (5.22 - rasm).
5.22 – rasm. Tarmoq tuzilishi
Syslog protokolini tarmoqning ko‗p qurilmalari tushunadi, ya‘ni
marshrutizatorlar, kommutatorlar, ilovalar serverlari, tarmoqlararo ekranlar va
boshqalar. Syslog protokoli tarmoq qurilmalari uchun tizimli xabarlarni tarmoq
bo‗yicha Syslog serveriga jo‗natishni ta‘minlaydi. Shu maqsadda maxsus ajratilgan
tarmoq (out-of-band, OOB)ni yaratish mumkin.
Windows va UNIX operatsion tizimlar uchun Syslog serverining dasturiy
ta‘minotida har xil paketlar mavjud. Ularning ko‗plari bepul.
Syslogni jurnallashtirish xizmati 3 ta asosiy imkoniyatlarga ega:
-
monitoring va qayta tiklash uchun jurnalga axborotlarni yig‗ish;
-
yig‗ish kerak bo‗lgan axborot turini tanlash;
-
yig‗ilgan Syslog xabarini qabul qiluvchilarini aniqlash .