|
Dasturiy injenering sirtqi fakulteti o83-22 guruh
|
Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 0,88 Mb. | | #123383 |
Bog'liq Valiyev Muhriddin Kiber xavfsizligi . FAKULTETI O83-22 GURUH TALABASI VALIYEV MUHRIDDIN ning KIBERXAFSIZLIGI ASOSLARI FANIDAN Linux OT yadrosi finlandiyalik student Linus Torvald tomonidan yaratilgan bo'lib, uning tezda rivojlanib ketishi uchun barcha foydalanuvchilarga internet orqali bepul tarqatilgan. 1991 yilda Linux ning 0.01 versiyasi vujudga kelgan. Linux OT turli mamlakatlarning dasturchilari tomonidan yaratilgan bo'lib, ochiq kodli operatsion tizim bo'lib, internet mahsuloti hisoblanadi.OT quyi darajadagi dasturiy ta'minot bo'lib, ma'lumotlarni saqlash va printer, ekran, klaviatura, sichqoncha, printer kabi periferiya qurilmalariga interfeysni ta'minlab beradi. OT ikki qismdan iborat: yadro va tizim dasturlari. Yadro kopmyuterdagi barcha dasturlar uchun CPU, qattiq diskdan, tezkor hotira kabi mashina resurslarini taqsimlab beradi. Tizim dasturlari yuqori darajadagi topshiriqlarni, klient/server qismiga oid vazifalarni bajaradi. Linux tizim Strukturasi : Linux tizim Strukturasi 5 ta qismdan tashkil topgan. 1 . Qurilmalar 2 . Fayllar 3. Protseslar 4. Tizim fayli (ext3,iso9660) va bularni hammasini boshqaruvchi 5. YADRO Kali linuxda esa har ikkala rejimda ishlash imkoni bor ALT+CTRL+F7 grafik rejimga o'tish – chvt N konsol rejimga o'tish. Linux OT katalog vazifalari ! - ./Dev – qurilmalar katalogi.
- ./etc/ – sozlanmalar katalogi.
- ./lib/ – tizim ma'lumotlari.
- ./home/ – foydalanuvchi bosh katalogi.
- ./root/ – SUPERADMINISTRATOR katalogi.
- ./usr/ – dasturlarni joylash katalogi.
- ./var/ – dasturlar haqida ma'lumotlar saqlanadigan katalog.
- ./temp/ – vaqtinchalik ma'lumot yoki yuklovchi fayl saqlanadigan katalog.
- ./var/temp/ – vaqtinchalik dasturlarni yuklovchi fayl saqlanadigan katalog.
- ./proc/ – OT ning fayl interfeysi joylashgan katalog.
- ./opt / – huddi "Program files".
- ./mnt/ – setning mount qilinadigan fayl sistema joylashgan katalogi.
- ./media/ – ./boot/ – yuklovchi va Yadro joylashgan katalog.
- ./sys/ – qurilmalar interfeysi katalogi.
- ./srv/ – web sayt va FTP yuklanadigan katalog.
C dasturlash tili. - 1969 yil Ken Thompson PDP-7 assambler tilida Unix OT ni yaratgan. Assambler tili hisoblash mashinasiga bog'liq bo'lib, ushbu tilda yozilgan OT faqat mo'ljallangan hisoblash mashinalari, yoki bir oilaga mansub hisoblash kompyuterlari uchun ishlaydi. Shu sababli asl Unix OT boshqa mashinalar uchun ko'chirib o'tkazib (transportatsiya) bo'lmaydi. Unix ni portabilli qlish uchun, Thomson hisoblash mashinaga bog'liq bo'lmagan B dasturlash tilini yaratdi. 1973 yil Dennis Ritchie, Thomson yordamida B dasturlash tilini modifikatsiya qlib, C dasturlash tilini yaratib, shu asosida yangi Unix OT ni yaratdi. Shundan so'ng yangilangan OT ni boshqa mashinalarga oson ko'chirib o'tkazish (transportatsiya) mumkin bo'di.
Linux OT yillar kesimidagi rivojlanish davri.
Linux OT Ierarxik tuzilish.
Linux va Windows sukut bo'yicha mos kelmaydi. Boshqacha qilib aytganda, siz shunchaki sevimli Windows dastur yoki o'yiningizni olib, uni Linux-ga o'rnatolmaysiz - u ishlamaydi, chunki tizimlar butunlay boshqacha. Ammo bu qoidadan muhim istisno mavjud: Linuxda maxsus Wine tizimi mavjud. Aslida, bu emulyator - Windows uchun yaratilgan turli xil dasturlarni ishga tushirishga imkon beruvchi yordamchi dastur: Wine tufayli bunday ilovalar Windows-da ishlayotgan deb "o'ylaydi", garchi bu umuman bo'lmasa. Linuxda Windows-ga mos keladigan ko'plab ilovalarni shu tarzda ishga tushirishingiz mumkin, lekin ularning hammasi emas. Boshqa tomondan, Linux juda ko'p o'z dasturlari va o'yinlariga ega.
Ikki tizimning mosligi Linux va Windows
Linux OT afzalliklari. So'ngi yillarda Linux OT, Unix oilasiga mansub OT ning innovatsion mahsulotlari ichida eng yaxshisi bo'lib kelmoqda. Linux OT ning avzalliklari: Ilovalar: Linux OT ning pullik va pulsiz versiyalari uchun keng ko'lamda ilovalarning mavjudligi hamda web server, tarmoq havsizligi, administratsiyalash, grafik instrumentlarining keng mashtabdaligi bilan avzal hisoblanadi. Dunyoning yirik kompaniyalari Linux ilovalarining doimiy yangilab borishini, Linuxning yadrosiga doimiy qo'shimchalar kiritib borish qiziqishlarini bildirishgan.Dasturiy ta'minot: Foydalanuvchilarga dasturiy mahsulotlardan foydalana olish imkoniyati, nafaqat dastur kodi (source code) balki uning kompilyatsiyalangan versiyasi, dasturlarning oson or'natilishi va tezda ishga tushishi bilan muhim hisoblanadi. Bunday dasturlarga Java ni qo'llab quvatlovchi ochiq kodli dasturiy ta'minot Netscape ni keltirishimiz mumkin. Emulyator: Linux boshqa OT uchun mo'ljallangan dasturlarni, Linux muhitida ishlashini ta'minlab beruvchi emulyator dasturlarini qo'llab quvatlaydi. Emulyator yordamida DOS, Windows va Macintosh dasturlarini Linux ostida ishlatishni ta'minlaydi. Ochiq kodli dastur bo'lgan Wine Unix/Linux oilasiga mansub bo'lgan x86 arxitekturali tizimlarda Windowsning 16-32-64 bitli ilovalarini ishlatishni amalga oshirib beradi. Linux oilasiga mansub barcha OT ning 95 foizi C dasturlash tilida yozilgan bo'lib, hisoblash mashinasiga bo'g'liq bo'lmagan dasturlash tili hisoblanadi. Linux portativ hisoblangani uchun, turli xil hisoblash mashinalarning asosiy talablariga to'liq javob bergan holda moslashadi. Masalan Linux mobil telefonlar, Televizor kabel qurilmalari kontrollerlariga o'rnatish mumkin. Fayl tizim strukturasi qattiq disk bilan tez ishlashi uning ustunligi hisoblanadi. Linux OT ko'pfoydalanuvchi OT sifatida qaraladi. Etiboringgiz uchun rahmat !
|
| |