Frontend texnologiyalari va Visual Studio Code muhiti




Download 6,97 Mb.
bet5/13
Sana13.01.2024
Hajmi6,97 Mb.
#136377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Shodiyorbek

1.3. Frontend texnologiyalari va Visual Studio Code muhiti


Frontend dasturlash sohasi bir necha til va texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Uning asoslari HTML, CSS va JavaScriptdir. Vaqt davomida saytlarning ko‘rinishi va ishlashiga bo‘lgan sifat talabi o‘sishi tufayli shu texnologiyalar asosida bir qancha freymvork va kutubxonalar tuzib chiqilgan. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri sayt tuzishga ketadigan vaqtni qisqartirishdir. CSS asosida Less, Less oldindan ishlov beruvchi (preprotsessor), foydalanuvchi interfeysini tuzishda yordam beruvchi Bootstrap, Materialize, Foundation, Bulma va Tailwind freymvorklari tuzilgan bo‘lsa, JavaScript asosida hozirgi kunda trendda bo‘lgan Angular, Vue freymvorklari, jQuery va React kutubxonalari tuzib chiqilgan. Malakali frontend dasturchilarga dunyoning ko‘plab davlatlarida talab bor. Quyida frontend dasturlash sohasiga kiruvchi til va texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.
Asosan o'raganish kerak bo'lgan manbalar bo'lar(Frontend uchun)
Front-End quyidagi texnologiyalar o'rganiladi (mana shu ketma ketlikda):

  • Html5

  • Css3

  • JavaScript (Es6)

  • Bootstrap

  • jQuery yoki Js framework Vue.js, React.js, Angular 

  • Sass


1.4-Rasm. Diagramma 2022-yil dan hozirgacha
HTML va CSS veb sahifalar asosini tashkil qiladi. HTML saytda aynan nimalar joylashishi kerakligiga mas’ul bo‘lsa (matn, rasm, video), CSSda ularning qaysi tartibda joylashuvi va qanday ko‘rinishda bo‘lishi yozib chiqiladi. Sayt foydalanuvchilarga ko‘rinadigan elementlar HTML va CSSda tuzilgani uchun bu ikkisisiz sayt tuzib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham frontend sohasini o‘rganish aynan shu texnologiyalardan boshlanadi. Bularda bor imkoniyatlarga qo‘shimchalar va yangiliklar qo‘shilib, HTML5 va CSS3 standardlari ishlab chiqilgan.
JavaScript ham yuqorida aytib o‘tilgan texnologiyalar kabi frontend dasturlashning ajralmas qismidir. JavaScript brauzerlarda ishlovchi dasturlash tili bo‘lib, u yordamida veb sahifaga interfaollik imkoniyatini berish mumkin bo‘ladi. Misol uchun biron tugma bosilganda yoki foydalanuvchi saytning biror qismiga kelganda yangi oyna ochilishi yoki biron xabar ko‘rinishi. Birmuncha vaqt oldin sayt elementlariga interfaollik qo‘shishda JavaScriptning o‘zidan foydalanish dasturchi uchun nisbatan qiyin bo‘lgan, ba’zi vazifalarni bajarishning imkoni bo‘lmagan. O‘sha vaqtda jQuery kutubxonasi tuzilgan bo‘lib, u yordamida dasturchi JavaScript tilida mavjud bo‘lmagan imkoniyatlardan qulay yo‘l bilan foydalana olgan. Hozirgi kunda JavaScriptda jQuery kutubxonasi kiritgan yangiliklar tatbiq qilingan bo‘lsada, dasturchilar jQueryni ishlatishni tashlab qo‘yishgani yo‘q. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra JavaScript 2023- yilning eng ommalashgan dasturlash tili deb tan olindi.

1.5-Rasm. Frontend texnologiyalari

Visual Studio Code (VS Code) — Windows, Linux va macOS uchun Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan kod muharriri. U veb va bulutli ilovalarni platformalararo ishlab chiqish uchun „yengil“ kod muharriri sanaladi. Kodni bosqichma-bosqich ishlab chiqish Git vositalari sintaksisni ajratib koʻrsatish, IntelliSense va refaktoring vositalarini oʻz ichiga oladi. Unda sozlash uchun keng imkoniyatlar mavjud: foydlanuvchi koʻrinishlari, klaviatura yorliqlari va konfiguratsiya fayllari. Dastur foydalanish uchun bepul, ochiq kodli dasturiy taʼminot sifatida ishlab chiqilgan, lekin tayyor yigʻilishlar xususiy litsenziya ostida tarqatiladi


Visual Studio Code Electronga asoslangan va Visual Studio Online uchun ishlab chiqilgan Monako veb-muharriri orqali amalga oshiriladi.



1.6-Rasm. Visual Studio Code muhiti
Visual Studio Code 2015-yil 29-aprelda Microsoft tomonidan Build konferensiyasida eʼlon qilindi va tez orada beta-talqinda chiqarildi. 2015-yil 18-noyabrda Visual Studio Code MIT litsenziyasi ostida chiqarildi va manba kodi GitHub'da chop etildi. Kengaytmalarni qoʻllab-quvvatlash eʼlon qilindi. 2016-yil 14-aprelda Visual Studio Code beta-sinovdan chiqdi.
Visual Studio Code — bu kod muharriri hisoblanadi. U koʻp tilli foydalanuvchi interfeysiga ega va bir qator dasturlash tillari, sintaksisni ajratib koʻrsatish, IntelliSense, refaktoring, bosqichma-bosqich dasturni ishga tushirish, kod navigatsiyasi, Git-ni qoʻllab-quvvatlash va boshqalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Visual Studio Codeʼning koʻp xususiyatlari GUI orqali mavjud emas, koʻpincha buyruqlar palitrasi yoki JSON fayllari (masalan, foydalanuvchi sozlamalari) orqali amalga oshiriladi.
Visual Studio Codeʼda plaginlarni qoʻllab-quvvash imkoniyati[20] Visual Studio Marketplace orqali mavjud. Bularga muharrir qoʻshimchalari, qoʻshimcha dasturlash tillarini qoʻllab-quvvatlash, statik kod analizatorlari kiradi.
2019-yil may oyidan boshlab VS Code asosidagi Visual Studio Online muharririning yopiq testi mavjud. U barcha kengaytmalar va IntelliCodeʼni qoʻllab-quvvatlaydi.



Download 6,97 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 6,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Frontend texnologiyalari va Visual Studio Code muhiti

Download 6,97 Mb.