Internetning WWW hizmati, asosan, wyeb-sahifalarga bog‘liq ekan, ular qanday yaratiladi? – degan savol tug‘ulishi tabiiy. Wyeb-sahifalar HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnli markerlash tili) tilida yoziladi. HTML – dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (wyeb-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari “<” ва “>” belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg (inglizcha tag – yorliq, belgi, alomat) deb ataladi. Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi. Teglarni yuqori yoki quyi registrdagi lotin alifbosi harflari yordamida yozish mumkin, ya’ni va bir xil tegdir. Umuman, teglar ikki turga bo‘linadi: Juft teglar yoki konteyner-teglar: ko‘rinishdagi teg uchun tegi mavjud bo‘lib, birinchisi biror amal boshlanishini bildirsa, ikkinchisi shu amal yakunlanganini bildiradi. Juftmas teglar: ko‘rinishdagi teg ochiladi, yopilishi shart emas, masalan, o‘zidan keyingi matnni yangi satrga o‘tkazuvchi tegi kabi. HTML-hujjat – “html” yoki “htm” kengaytmali matnli fayl bo‘lib, u oddiy matn muharririda teglar qo‘llab yozilgan matn. HTML-hujjat va teglari orasida yozilgan bo‘ladi. HTML-hujjat hotiraga yuklansa, u ekranda web-brauzer yordamida wyeb-sahifa ko‘rinishida aks etadi.
HTML-hujjat, odatda, ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘lim HEAD (bosh qism yoki sarlavha) bo‘limi bo‘lib u tegi bilan boshlanib tegi bilan tugaydi. Ikkinchi bo‘lim BODY (tana) bo‘limi bo‘lib, unda hujjatni mazmuni aks ettiradi va u tegi bilan boshlanib tegi bilan tugaydi. Agar HTML-hujjat freym-strukturani ifodalashi (wyeb-brauzer oynasidagi ma’lumotlar alohida sohalarda aks ettishi) lozim bo‘lsa, u holda BODY bo‘limi o‘rniga FRAMESET (FRAME SET – strukturalar (ramkalar) tizilmasi (to‘plami), juft tegi yordamida) bo‘limi ishlatiladi. Shuni ta’kidlash joizki, HTML-hujjatda va juft teglarini yozish tavsiya etiladi, lekin majburiy emas.
Web-sahifaga kiritilishi lozim bo‘lgan yana bir element – wyeb-sahifa nomi bo‘lib, nom kiritish uchun <ТITLE> tegi qo‘llaniladi. Wyeb-sahifada bu teg bir marta ishlatiladi. Wyeb-sahifa nomi wyeb-brauzerning sarlavha satrida aks etib, web-sahifaning o‘zida ko‘rinmaydi. Shu sababli uni wyeb-sahifaning istalgan joyiga yozish mumkin. Ammo wyeb-sahifa nomini wyeb-sahifa boshiga yozish maqsadga muvofiq. Wyeb-sahifa nomi tegi bilan yakunlanadi. Wyeb-sahifaga istalgan nom, masalan, o‘z ismingizni berishingiz mumkin.
HTML tili muttasil rivojlanib bormoqda. O‘z navbatida wyeb-brauzerlar ham yangilanib turibdi. Hozirgi kunda wyeb-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML-4 tilidan foydalaniladi. Uning ba’zi buyruqlarini “yeski” wyeb-brauzerlar (Internet Explorer-3, Internet Explorer-4) bajara olmaydi. Bundan tashqari turli wyeb-brauzerlar, masalan, Internet Explorer va Netscape ham bir biridan bir oz farq qiladi. Shu sababli bitta HTML-hujjat turli wyeb-brauzerlarda biror farq bilan aks etishi mumkin.
Har bir sahifa “Hyperlink” ya’ni “ko‘prik”lar orqali bir – biriga ulanadi. O‘sha ko‘priklarni bosish orqali boshqa sahifalarga o‘tib yurasiz. Siz internetda ko‘radigan har bir veb sahifa HTML ning bir yoki boshqa versiyalaridan foydalanib yozilgan. HTML kodi matn va tasvirlarni to'g‘ri formatlashni ta'minlaydi, shu tarzda sizning Internet brauzeringiz mo‘ljallangani kabi ko‘rsatadi. HTML bo'lmasa, brauzer matnni elementlar yoki rasmlar yuklash sifatida qanday ko‘rsatishni bilmagan bo‘lardi. HTML shuningdek, sahifaning asosiy tuzilishini taqdim etadi, keyin Cascading Style Sheetsko'rinishini o'zgartiradi. Biz HTML-ni veb-sahifaning suyaklari (tuzilishi) va Cascading Style Sheets(CSS) ni esa uning terisi (tashqi ko‘rinishi) deb tushunishimiz mumkin. Siz veb dizayner bo‘lmoqchimisiz, sayt yaratmoqchimisiz, albatta HTML-dan xabaringiz bo‘lishi kerak. Masalan JohnCMS dagi ishlarim uchun ham HTML bilimlarimdan foydalanaman. Shuni aytishim mumkin, baxtingizga HTMLni o‘rganish juda oson. Men HTMLni bor yo‘g‘i BESH kun o‘rganib sayt yaratganman Xullas, HTMLni o‘rganishni maslahat beraman. Boshqa biron bir dasturlash tilini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz ham, boshlanishiga HTMLdan boshlasangiz, keyingi tillarni tushinish oson kechadi.
HTML5 ko‘plab yangi sintaktik xususiyatlarga ega va elementlari, shuningdek, SVG va matematik formulalardan foydalanish imkoniyati. Ushbu innovatsiyalar uchinchi tomon API va plaginlariga ehtiyoj sezmasdan internetda grafik va multimedia obyektlarini yaratish va boshqarishni soddalashtirish uchun mo‘ljallangan. , , va kabi boshqa yangi elementlar hujjat (sahifa)ning semantik mazmunini boyitish uchun mo‘ljallangan. Xuddi shu maqsadda bir qator elementlar va atributlar olib tashlangan bo‘lsa-da, yangi atributlar kiritilgan va kabi ba’zi elementlar o‘zgartirilgan, qayta belgilangan yoki standartlashtirilgan. API va DOM HTML5 spetsifikatsiyasining asosiy qismlariga aylandi. HTML5, shuningdek, ba’zi tartib xatolarini qayta ishlashni belgilaydi, shuning uchun sintaksis xatolar barcha mos keluvchi brauzerlar tomonidan bir xil ko‘rib chiqilishi kerak.
1.7-Rasm. HTML
Ma’lum bo‘lishicha, veb-dasturchilar ko‘p hollarda DOCTYPE ni noo‘rin qo‘llashgan. Shuning uchun bu qator kabi soddalashtirilgan. Noto‘g‘ri hujjatlarni qo‘llab-quvvatlash boshqa joylarda ham birlashtirilgan. WHATWG yangi standart ustida ishlashni 2004-yilda W3C (World Wide Web Consortium) XHTML 2.0 va HTML 4.01 ning 2000-yildan beri oʻzgarmagan ishlanmalarga qaratganida boshladi. 2009 yilda W3C XHTML 2.0 ishchi guruhi muddati tugaganini tan oldi va uni yangilamaslikka qaror qildi. Keyinchalik W3C va WHATWG birgalikda HTML5 ni ishlab chiqdilar. HTML5 bir necha yillardan beri veb-dasturchilar orasida yaxshi tanilgan bo‘lsa ham, u faqat 2010 yil aprel oyida asosiy media mavzusiga aylandi. Shundan so‘ng Apple Inc. rahbari. Stiv Jobs «Flash haqida fikrlar» nomli ochiq xat yozdi va u HTML5 ning rivojlanishi bilan video tomosha qilish uchun Adobe Flash yoki boshqa turdagi ilovalardan foydalanishning hojati yo‘q degan xulosaga keldi. Web-dasturchilar o‘rtasida ushbu masala bo‘yicha bahslar avj oldi. Ba’zilari HTML5 ilg‘or funksionallikni ta’minlasa-da, ishlab chiquvchilar brauzer farqlari va standartlarning turli qismlarini qo‘llab-quvvatlash zarurati, shuningdek, HTML5 va Flash o‘rtasidagi funktsional farqlardan xabardor bo‘lishlari kerakligiga urg‘u berishdi.
1.8-Rasm. HTML asosiy taglari
1.5. CSS haqida
Cascading Style Sheets (CSS) — belgilash tillari formal tili. CSS ning toʻliq shakli 1997-yil tashkil topgan boʻlib, „WWW Consorcium“da qoʻllab quvvatlangan va foydalanishga taqdim etilgan. Dastlab, CSS kodlarini Netscape Navigator 4.0 va Internet Explorer 4.0 brauzerlari tushuna olgan, hozirgi kunda CSS kodlarni istalgan brauzerlar qoʻllab quvvatlay oladi.
CSS elementlarni ekranda, qogʻozda va yoki boshqa medialarda koʻrinishini tasvirlaydi. CSS veb sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. Hamda bir vaqtning oʻzida bir nechta veb sahifalarni dizaynini oʻzgartirish mumkin. Biror bir veb sahifani turli xil qurilmalarda turli xil koʻrinishini ham taʼminlaydi. CSS file .css formati orqali tashqi xotira saqlab qoʻyishingiz va kezi kelganda veb sahifaning HTML kodini oʻzgartirmasdan, faqat CSS faylni oʻzgartirish orqali veb sahifaga yangidan koʻrinish berishimiz mumkin. HTML faqat veb sahifani kodlarini yozish uchun ishlatiladi, HTML da ham veb sahifaga dizayn bersa boʻladi, lekin bu juda uzoq jarayon talab qilgani bois, CSS bu vazifani oʻz boʻyniga olgan. CSS kodlarini kompilatsiya qilish uchun, hech qanday kompillyatorlar, redaktorlar yoki biror bir dasturlar shart emas. Bizga oddiygina Internet Explorer va shu kabi brauzerlar kifoya. Brauzerlar orqali biz CSS kodlarini bemalol tahlil qilishimiz, natijamizni koʻrishimiz mumkin.
1.9-Rasm CSS
|