|
Dasturiy ta’minot xavfsizligini ta’minlashda zaifliklar turlari tasniflab berish
|
bet | 1/4 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #260450 |
Bog'liq 3-topshiriq KH
Dasturiy ta’minot xavfsizligini ta’minlashda zaifliklar turlari tasniflab berish
O‘quv Savollari.
1.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning asosi.
2.Dasturiy zaifliklarni keltirib chiqaradigan dasturlashda yo‘l xatolar.
Kirish
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21 martida qabul qilingan
«Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy
qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Qarorida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini
keng joriy etish, ular tomonidan interaktiv davlat xizmatlari koʼrsatish,
elektron tijorat va elektron toʼlovlar tizimini yanada rivojlantirish, tijorat
faoliyati va tadbirkorlikda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni
rivojlantirish, Internet tizimi orqali kommunal va boshqa toʼlovlarni yoʼlga
qoʼyish, mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorda realizatsiya qilish
maqsadida elektron tijorat infratuzilmasini yaratish borasida ustuvor vazifalar
belgilab berilgan.
Hozirgi kunga kelib axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib Hozirgi kunga kelib axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib tezkorlik bobida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yangilanishlarning muhim omiliga aylanib bormoqda. Shu bois yurtimizda iqtisodiy-barqarorlik, ijtimoiy farovonlikni taʼminlash, aholi turmush darajasini yanada oshirish uchun barcha jabhaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga alohida ahamiyat berilmoqda. faoliyat olib borishdan qattiy nazar mukammal bilish hozirgi zamon talabi ekanligini unutmasligimiz kerak. Dasturiy zaiflik – bu dastur xavfsizligini buzish uchun ishlatilishi mumkin boʽlgan tizimdagi kamchilik yoki zaiflik hisoblanadi. Dasturiy ta’minot tizimlari soni kundan-kunga oshib borishi bilan birgalikda, dasturiy zaifliklar soni ham oshib bormoqda. Agar tajovuzkor dasturdan kamchilik yoki dasturiy zaiflikni topsa yoki unga qanday kirishni aniqlasa, tajovuzkor kiber jinoyatni amalga oshirish uchun ushbu dastur zaifliklaridan foydalanishi mumkin. Bu kiber jinoyatlar, dastur, uni yaratuvchilari va foydalanuvchilariga tegishli bo’lgan resurslarning maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligiga qarshi amalga oshiriladi.
|
| |