3.1.4. Dastur tuzilishining nazorati
Dastur tuzilishini nazorat qilishda uchta usuldan foydalanish mumkin:
-statik nazorat;
-yondosh nazorat;
-mufassal nazorat.
Statik nazoratda dastur tuzilishiga baho beriladi: yuqorida ko‘rib o‘tilgan asosiy modul tavsiflarining qiymatlarini hisobga olgan holda dastur modullarga qay darajada unumli bo‘lingan.
Yuqoridan yondosh nazorat bu dasturiy vosita arxitekturasi va tashqi tavsifining ishlab chiquvchilar tomonidan olib boriladigan nazoratidir. Pastdan yondosh nazorat bu modullar spetsifikatsiyasining ishlab chiquvchilar tomonidan olib boriladigan nazoratidir.
Mufassal nazorat avvaldan ishlab chiqilgan testlarni bajarishda dastur tuzilmasini hayolan «ko‘rib chiqish» (tekshirish)ni bildiradi. Dasturiy vositaning funksional spetsifikatsiyasi yoki arxitekturasining qo‘lda amalga oshiriladigan imitatsiyasi kabi, dinamik nazorat turidan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, dastur tuzilmasining aytib o‘tilgan nazorati DV ni ishlab chiqishning sharorasimon yondoshuvi doirasida amalga oshiriladi. Konstruktiv va arxitektura yondoshuvida dastur tuzilmasining nazorati muvofiq keladigan vaqt daqiqalarida modullarni dasturlash jarayonida amalga oshiriladi.
|