Testlashning yaxshi imkoniyati dasturni bajarishning aniqligini ko‘zda tutadi. Dasturni aniq bajarish tufayli xatolarni cheklash osonroq. Testlash imkoniyati asosan moduliligi va tarkiblash darajasiga bog‘liq bo‘ladi (masalan, sinflar va protseduralarni tarkiblash).
Моdulli tuzilmalar imkoniyatiga qarab mustaqil ishlovchi qismlar bilan alohida qismlarning xatosiz ish ko‘lami bo‘yicha tekshiruvini engillashtiradi. Ob’ektga mo‘ljallangan tizimlar kapsulyatsiyalar va ularning yuksak modulli tuzilmalari sababli testlash imkoniyatini ta’minlash uchun ayniqsa qo‘l keladi.
Tushunarlilik, dasturning kengayishiga qodirlik va testlash imkoniyati foydalanuvchiga qulay dasturiy kodning asosiy sifat belgialaridir. Dasturchituzilmalashtirlgan dasturlash qoidalariga rioya qilishi, izoh satrlarida dasturning o‘z boshlang‘ich kodini yaxshi hujjatlashtirishi va yuqori modulli tuzilimali o‘z dasturini ishlab chiqishi kerak.
|