Jizzax Davlat pedagogika Universiteti
3 kurs sirtqi (Maxsus sirtqi) matematika va informatika yo’nalishi talabasi
Egamberdiyev Hoshimning
Dasturlash tillari fanidan
Amaliy mashg’uloti №3
Pythonda asosiy ma’lumotlar turlari.O’zgaruvchilar va ularning nomlanishi. Sonli ma’lumotlar turlari.
1. Pythonda asosiy ma’lumotlar turlari.O’zgaruvchilar va ularning nomlanishi. Sonli ma’lumotlar turlari.
Ma’lumki, axborotlar matnli, raqamli, ovozli, grafik va boshqa shakllarda uzatilishi mumkin. Bunday axborotlarni dasturlash tillarida qayta ishlash uchun, ularni turlarga ajratish lozim. Dasturlarda foydalaniladigan ma’lumotlar turlari dasturning maqsadiga bog‘liq bo‘ladi: oddiy kalkulyator sonlardan foydalanadi, elektron pochta manzillarini tekshirishga mo‘ljallangan dastur esa matnlar bilan ish ko‘radi. Sonlar natural, butun va haqiqiy sonlarga ajratiladi. Matnli axborotlar esa belgilar yoki satrli ma’lumotlardan iborat bo‘lishi mumkin.
1. Ma’lumotlar turi nima?
2. Ma’lumotlarning qanday turlarini bilasiz?
3. Ma’lumotlar turini o‘zgartirish mumkinmi?
Ma’lumotlar turi – bu o‘zgaruvchi yoki doimiy qiymatlardagi ma’lumotlar shakli.
Tayanch tushunchalar
Ma’lumotlar turi – kompyuter xotirasidagi yacheykada saqlanadigan ma’lumotlar shakli.
Ma’lumotlar xotirasida yetarlicha turi kompyuter joyni zaxiraga olib qo‘yish uchun kerak bo‘ladi.
Odatda, dasturlash tillarida ma’lumotlar turi o‘zgaruvchi yoki doimiy bilan birga e’lon qilinadi. Python dinamik turlarga ajratuvchi dasturlash tili hisoblanadi. Shu sababli, Pythonda o‘zgaruvchining turi u foydalanayotgan qiymat bo‘yicha belgilanadi, lekin ma’lumot turini boshqa turga o‘zgartirish uchun tur ko‘rsatilishi shart.
30-dars. PYTHONDA MA’LUMOT TURLARI
BUNI BILASIZMI?
Ma’lumotlar turi Ma’lumotlar turi tavsifi
Misol
int()
Butun sonlar, masalan, o‘quvchilar sonini ifodalash uchun.
>>> yoshi = 15
float()
Haqiqiy sonlar, masalan, pul miqdorini ifodalash uchun.
>>> narxi = 20.45
str()
Satrli, masalan, so‘z yoki gaplarni ifodalash uchun.
>>> name = ‘Ahmad’
bool()
Маntiqiy, rost yoki yolg‘on ekanligini ifodalash uchun
>>> a= True >>> b= False
Python dasturlash tilida ma’lumotlarning boshqa turi ham mavjud, ular bilan keyinroq tanishamiz.
Ma’lumotlar turini o‘zgartirish
O‘zgaruvchi tarkibida ixtiyoriy turdagi ma’lumot saqlanishi mumkin. Ma’lumotlar turini o‘zgartirish uchun mos ma’lumotlar turi buyruqlaridan foydalaniladi. input() operatori yordamida kiritilgan ma’lumotlar satrli ko‘rinishda bo‘ladi.
Eslab qoling!
O‘zgaruvchi qabul qilgan qiymat turini type() funksiyasi yordamida aniqlash mumkin.
Sintaksisi:
input(kiruvchi ma’lumot)
input — operator (yoki funksiya);
kiruvchi ma’lumot — bu o‘zgaruvchi yoki vergul bilan ajratilgan o‘zgaruvchilar ketma-ketligi.
Butun son turidagi ma’lumotlarni kiritish uchun int(input()) ko‘rinishida ishlatish lozim. Yoki kiritilgan ma’lumot turini int() funksiyasi yordamida o‘zgartirish kerak.
Misol:
Ushbumisoldayoshio‘zgaruvchisiga Ikkinchi holatda esa foydalanuvchi 1 sonini qo‘shishda xatolik kelib chiqdi, tomonidan kiritilgan 15 satrli o‘zgaruvchini sababi foydalanuvchi tomonidan kiritilgan int() buyrug‘i yordamida butun songa 15nikompyutersatrlio‘zgaruvchidebqabul aylantirib oldi va 15 soniga 1 ni qo‘shib qildi va satrga sonni qo‘sha olmadi. natijani chiqardi.
1. O‘zgaruvchi qiymati qaysi turdagi ma’lumotlarni qabul qiladi?
2. Identifikator nima?
3. O‘zgaruvchi va doimiyning bir-biridan farqli jihati nimada?
4. O‘zgaruvchilarni nomlashda qanday belgilardan foydalanish mumkin emas?
>>> name =’Ahmad’ >>> type(name)
>>> age=input(‘Enter your age:’)
Enter your age: 15
>>> print(age + 1)
Traceback (most recent call last): File «
»,
line 1, in print(age+1)
TypeError: can only concatenate str (not «int») to str
>>> age=input(‘Enter your age:’)
Enter your age: 15
>>> print(int(age) + 1)
Agar o‘zgaruvchiga butun son yuklansa – int, haqiqiy son yuklansa – float, bittalik yoki ikkitalik qo‘shtirnoq yordamida satr yuklansa – str turiga ega bo‘ladi.
Misol.
1. Quyidagi o‘zgaruvchilar turini aniqlang:
alfa = 579413; beta = ‘Aqlbek’; d = True; s = 0; resp = ’d’; b = 100; max = False; fc = ’True34’; t = 102.5; res = ’2500’; a = ’-50’; b = 45.67.
2. Ikkita qayiq turg‘un suvda bir-biriga tomon a km/soat va b km/soat tezlik bilan suzmoqda. Ular orasidagi masofa S km bo‘lsa, ular qancha vaqtda uchrashadi? a va b foydalanuvchi tomonidan kiritiladi.
3. Xonaning bo‘yi (x) va eni (y) metr foydalanuvchi tomonidan kiritiladi. Xonaning yuzasi (S) va perimetri (P)ni topish dasturini tuzing.
4. Uchburchak asosining uzunligi (c) va balandligi (h) foydalanuvchi tomonidan kiritiladi. Uchburchak yuzasi (S)ni hisoblash dasturini tuzing.
5. Avtomobilning o‘rtacha tezligi v (km/soat) va bosib o‘tgan yo‘li s (km) foydalanuvchi tomonidan kiritiladi. Avtomobilning yurgan vaqti t (soat)ni hisoblash dasturini tuzing.
6. Doiraning radiusi r ga teng. Doiraning yuzi (s) va aylana uzunligi (l) ni topish dasturini tuzing. Doiraning radiusi foydalanuvchi tomonidan kiritiladi (PI=3.14).
>>> a = 12
>>> print(type(a))
>>> b = 12.3e+2 >>> print(type(b))
>>> name=’Aqljon’ >>> print(type(name))
>>> name=’Aqljon’ >>> print(type(name))
>>> parol=’@Asdf123′ >>> print(type(parol))
AMALIY ISHLAR.
1. Radiusi R ga teng doiraning yuzasini hisoblash algoritmini ixtiyoriy usulda tuzing.
2. MS Excel dasturida y = x2 + 3 funksiya grafigini hosil qilish algoritmini so‘zlar yordamida yozing.
3. Uchburchakni asosi va balandligi berilgan. Uchburchak yuzasini topish algoritmini tuzing.
4. Kiritilgan kitob nomi siz mutolaa qilgan kitob bo‘lsa, ekranga “Bu kitobni o‘qiganman”, aks holda, “Afsuski, bu kitobni o‘qimaganman”, degan yozuvni chiqaruvchi algoritmni so‘zlar yordamida yozing va blok-sxemasini tuzing.
5. Quyidagi funksiyalar qiymatini hisoblovchi algoritm blok-sxemasini tuzing:
6. –30 dan 20 gacha bo‘lgan sonlar oralig‘idagi juft sonlar ko‘paytmasini hisoblash algoritmini tuzing.
7. 15 ta butun son berilgan. Quyidagilarni aniqlash algoritmini tuzing: а) manfiy sonlar yig‘indisini;
b) musbat sonlar sonini;
d) 3 ga karrali sonlar sonini.
8. Sonning ishorasini aniqlash algoritmini tuzing.
9. 30 dan katta va 90 dan kichik 6 ga karrali sonlar yig‘indisini hisoblash algoritmini so‘zlar yordamida ifodalang va blok-sxemasini tuzing.
10. Boshlang‘ich tezligi v0 bo‘lib, a tezlanish bilan tekis harakat qilayotgan moddiy nuqtaning t vaqt ichida bosib o‘tadigan yo‘lini aniqlash dasturini tuzing (yo‘llanma: S = v0t + at2 / 2).
|