Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
212
yangi massiv 52 17 48...
8.
9 ta elementdan (9 ta ikki xonali sonlar 8 lik sanoq sisitemasidagi) tashkil
topgan massiv kiriting. Shu massiv elementlarini o‘nlik sanoq sistemasiga
o‘girib yangi massivga chop eting.
9.
Butun sonli 7 ta elementdan (7 ta ikki xonali sonlar) tashkil topgan massiv
kiriting. Elementlarning katta xonalarida joylashgan raqamlardan yangi
massivni chop eting.
10.
7 ta va 9 ta haqiqiy sonlardan tashkil topgan 2 ta massiv kiriting.Ikkala
massiv elementlarini kamayish tartibida uchinchi massivga chop etib yangi
massivni hosil qiling.
11.
12 ta ikkilik sanoq sistemasidagi sonlardan tashkil topgan massiv berilgan.
Massivda ikki marttadan ko‘p takrorlanadigan elementlarini o‘chiring.
12.
Faqat 2 ta bir xil son qatnashadigan massiv kiriting. Shu sonlarni
joylashgan joyini aniqlang.
13.
Ikkilik sanoq sistemasidagi butun son berilgan, yani 0 va 1 ketma-
ketligidan iborat. Massiv elementlarini siklik tarzda
chapga ikki xona chapga
suring. Berilgan va hosil bo‘lgan sonni ayirmasini toping.
14.
Sonlari ikkilik sanoq sistemasidagi sonlardan iborat massiv berilgan.
Massivni kamayish tartibida saralang. Sonlar yig‘indisini aniqlang.
15.
Sonlari ikkilik sanoq sistemasidagi sonlardan iborat massiv berilgan.
Massivni o‘sish tartibida saralang. Sonlarni o‘rtacha qiymatini aniqlang.
16.
Sonlari ikkilik sanoq sistemasidagi sonlardan iborat massiv berilgan.
maksimal va minimal elementlari o‘rnini almashtiring.
17.
Ikkilik sanoq sistemasidagi butun son berilgan, yani 0 va 1 ketma-
ketligidan iborat. Massiv elementlarini siklik tarzda chapga ikki xona o‘ngga
suring. Berilgan va hosil bo‘lgan sonlar yig‘indisini toping.
18.
Butun sonli massiv berilgan. Elementlari monotonno ortadigan (har bir
keyingi son oldingisidan katta) joylardagi sonlar yig‘indisi va monoton
kamayadigan(har bir keyingi son o‘zidan oldingidan kichik)
joylardagi sonlar
yig‘indisini o‘rtasidagi ayirmani toping.
19.
Butun sonli massiv berilgan. Uning elementlari qiymati arifmetik
progressiyani xolis qila oladim aniqlang. Agar “xa” bo‘lsa progressiya
ayirmasini chiqaring, agar “yo‘q” bo‘lsa - javob “xosil qilmaydi”.
20.
Butun sonli massiv berilgan. Uning elementlari qiymati geometrik
progressiyani xolis qila oladim aniqlang. Agar “xa” bo‘lsa progressiya majrajini
chiqaring, agar “yo‘q” bo‘lsa - javob “xosil qilmaydi”.
21.
Butun sonli massiv berilgan. Qiymati o‘zidan o‘ngda
turgan sondan katta
bo‘lgan elementlarini indeksini chiqaring, bunday sonlar nechtaligini aniqlang.
22.
Ikkilik sonlardan tashkil topgan massivni maksimal va minimal elementlari
orasida nechta son borligini aniqlang. Agar bunday sonlar bo‘lmasa, habar
Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
213
chop eting.
23.
Berilgan ikkilik sanoq sistemasidagi massivda barcha elementlarini siklik bir
xona o‘ngga suring.
24.
Berilgan ikkilik sanoq sistemasidagi massivda barcha elementlarini siklik bir
xona chapga suring. O‘zgartirishdan oldingi va keyingi sonlarning yig‘indisini
toping.
25.
Berilgan ikkilik sanoq sistemasidagi massivda barcha elementlarini
qiymatini ikkilik sanoq sistemasidagi 1010 soniga oshiring.
26.
Haqiqiy sonlar massivi berilgan. Berilgan R haqiqiy soniga eng yaqin
bo‘lgan massiv elementini aniqlang(qiymati va indeksini).
27.
Ikkilik sanoq sistemasidagi massiv berilgan.
Berilgan D ikkilik sanoq
sistemasidagi songa eng uzoq bo‘lgan massiv elementini aniqlang(qiymati va
indeksini).
28.
Ikkilik sanoq sistemasida manfiy va musbat sonlar berilgan. Shu sonlar
yig‘indisini xisoblovchi dastur tuzing.
29.
O‘nlik sanoq sistemasidagi 3 ta butun sondan iborat massiv berilgan.
berilgan massivdagi sonlarni ikkilik sanoq sistemasiga o‘girib massiv hosil
qiling.