Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
210
9.
Klaviaturadan butun tipli 15 ta elementdan iborat massiv X ni kiriting.
Massiv Y ni elementlarini yi= cos xi
2
+ 2,97 lg
2
i
2
formula bo‘yicha hisoblang.
Ikkala massivlarini elementlarini kamayish tartibida uchinchi massivni hosil
qiling.
10.
Klaviaturadan butun tipli 17 ta elementdan iborat massiv X ni kiriting.
Massiv Y ni elementlarini formula bo‘yicha xisoblang:Y massivni o‘sish
tartibida, X ni kamayish tartibida saralang, X va Y massivni juft indekslaridagi
elementdan yangi R massivni hosil qiling.
11.
Butun tipli 9 ta (ikki xonali sonlar) elementdan iborat massiv kiriting. Shu
massiv raqamlari yig‘indilaridan yangi massiv hosil qiling.
12.
12
ta elementdan iborat, haqiqiy tipli massiv kiriting. Elementlarini
kamayish tartibida joylashtiring. Joylashtirilayotgandagi qadamlar sonini
aniqlang.
13.
Butun sonli 11 ta elementdan iborat massiv kiriting. Ishorasi manfiy
bo‘lgan toq sonlar yig‘indisini hisoblang va uchga karrali sonlarini shu yig‘indi
qiymatiga o‘zgartiring.
14.
Haqiqiy tipli 14 ta elementdan iborat massiv kiriting.
Birinchi yarmidagi
sonlarni ikkinchi yarmi bilan o‘rnini almashtiring. Bundagi qadamlar sonini
aniqlang.
15.
Haqiqiy sonlar massivi berilgan. Berilgan S haqiqiy sondan eng uzoqda
joylashgan massiv elementini qiymatini va indeksini aniqlang.
16.
10 ta elementdan tashkil topgan, butun sonli massiv berilgan.
Birinchi
manfiy songacha bo‘lgan elementlari soni nechtaligini va ularni yig‘indisini
aniqlang.
17.
Berilgan massivdagi lokal minimumlar sonini aniqlang. (Lokal minimumlar -
bu yonma-yon turgan 3 ta sonlarni, o‘rasidagisi o‘ng va chapdagidan kichik
bo‘lgani).
18.
Berilgan sonli massivdagi lokalni maksimumlarni sonini toping.(Lokal
maksimumlar - bu yonma-yon turgan 3 ta sonlarni, o‘rasidagisi o‘ng va
chapdagidan katta bo‘lgani).
19.
Butun sonli berilgan Z(15)
massividan musbat, manfiy va nol sonlarini
barchasini yig‘indisini toping va birinchi manfiy son va nol soni oralig‘ida
joylashgan elementlar ketma-ketligini chiqaring.
20.
Berilgan sonli massivdan monoton kamayadigan(har bir keyingi son
o‘zidan oldingidan kichik) sonlar ketma-ketliginidagi sonlar indeksini chiqaring.
21.
Berilgan sonlar massividan ikki marttadan ko‘p takrorlanadigan sonlarni
o‘chirib tashlang.
22.
Butun tipli 10 ta elementdan tashkil topgan massiv kiriting. Yangi massivni
avval manfiy sonlarni keyin nollarni keyin musbat
sonlarni ularni ketma-
ketligini saqlagan holda kiritib hosil qiling.
Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
211
23.
Butun tipli 10 ta (ikki xonali sonlar) elementdan iborat massiv kiriting.
Kiritilgan massiv sonlari raqamlarini ayirmasidan yangi massiv hosil qiling.
24.
Butun tipli 15 ta elementdan iborat massiv kiriting. Shunday saralangki
massivni manfiy sonlari boshida o‘sish tartibida, musbat sonlari oxirida
kamayish tartibida bo‘lsin.
25.
Har biri haqiqiy tipli 12 ta elementdan iborat 2 ta massiv berilgan. Birinch
massivni ikkinchi massivda ham bor elementlarini nollar bilan almashtiring.
26.
Butun sonli massiv berilgan. Elementlari monotonno ortadigan (har bir
keyingi son oldingisidan katta) masssiv uchastkasi sonini aniqlang.
27.
Butun sonli massiv berilgan. Juft indeksli elementlari yig‘indisini toq
indeksli elementlari yig‘indisiga bo‘lishdan qolgan qoldiqni aniqlang.
28.
Butun sonli massiv berilgan. Barcha elementlarining o‘rta arifmetigidan
ortuvchi sonlar qanchanigini foizini aniqlang.
29.
Ikkita massiv kiriting. Har bir massivni maksimal
elementini aniqlang va
ularni o‘rnini almashtirib qo‘ying.