|
Alohida va mustaqil kompilyatsiya Pdf ko'rish
|
bet | 125/194 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 6,33 Mb. | | #159185 |
9. Alohida va mustaqil kompilyatsiya
Dasturning
o‘zini
kompilyatsiyalamagan
holda
dastur
bo‘laklarini
kompilyatsiyalash imkoniyati dasturiy ta’minotning yirik tizimlariga xos. Natijada,
bunday ilovalar uchun ishlab chiqilgan tillar bunday kompilyatsiya turini kiritishi
lozim. Bunday imkoniyatga ega bo‘lib, dasturchi tizimni ishlab chiqarishda yoki
ekspluatatsiyalashda
o‘zgarishlarga
uchragan
modullarnigina
qayta
kompilyatsiyalashi mumkin.
Mustaqil
kompilyatsiyaning
asosiy
xususiyati
shundaki,
alohida
kompilyatsiyalanuvchi modullar orasidagi interfeyslar tiplar muvofiqligini tekshirish
zaruriyatini tug‘dirmaydi. FORTRAN 77 tilidagi qism dasturlar interfeysi o‘zi bilan
parametrlar ro‘yxatini taqdim etadi. Qism dastur alohida kompilyatsiyalanganida,
uning parametrlari tiplari kompilyatsiyalanayotgan kod yoki kutubxonada
saqlanmaydi. Natijada, ushbu qism dasturni chaqiruvchi boshqa dasturni
kompilyatsiyalashda chaqiruvdagi faktli parametrlar tiplari rasmiy parametrlar tiplari
bilan muvofiqligi tekshirilmaydi.
FORTRAN 77 tili uchun bu yangilik emas. Qandaydir qism dasturni chaqiruvchi
dastur va ushbu qism dastur bir xil faylda kompilyatsiyalansa ham, ular mustaqil
kompilyatsiyalanadi. Shunday qilib, FORTRAN 77 tilidagi dasturiy modullar orasidagi
interfeys tiplar muvofiqligini hech qachon talab qilmaydi.
Ba’zi tillar na alohida va na mustaqil kompilyatsiyaga yo‘l qo‘yadi. Bu
kompilyatsiyalashning yagona usuli butun bir dasturni kompilyatsiyalash deganidir.
Bunday tillarga misol qilib FORTRAN II tili va Pascal tilining boshlang‘ich versiyalarini
keltirish mumkin. Na alohida va na mustaqil kompilyatsiyaga ruxsat beruvchi tilning
imkoniyatlarini cheklaydi. FORTRAN va Pascal tillarining oxirgi versiyalarida bu
muammo hal qilindi.
|
| |