Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
327
12-Mavzu. Satrlar va fayllar bilan ishlash
Fayl va kataloglar ro‘yxati.
Bizga ma’lumki, fayl deb xotiraning nomlangan sohasiga aytiladi.
Faylda turli ma’lumotlar saqlanadi. Har bir fayl bilan fayl ko‘rsatkichi
degan
tushuncha biriktirilgan. Fayl bir n yecha elementlardan iborat bo‘lib,
foydalanuvchi faqat faylning ko‘rsatkichi ko‘rsatayotgan ma’lumotga murojaat qilishi
mumkin. Demak, fizik jihatdan biz faqat ketma-ket fayllarga egamiz. Ya’ni biz
oldin birinchi, keyin ikkinchi, uchinchi va h.k. ma’lumotlarni o‘qishimiz mumkin.
Fayl o‘z nomiga ega. Masalan,
d:\ malumot.txt. C# tili dasturiy vositalari yordamida,
ya’ni dasturda ham fayllarni tashkil qilish va undagi ma’lumotlarni
qayta ishlash
mumkin. Shu paytga qadar,
C# dasturlash tilida bir necha o‘zgaruvchilarning
toifalari bilan ishlab keldik.
Bular skalyar, oddiy va murakkab tarkiblashgan toifalardir. Bu toifadagi
ma’lumotlar yordamida masalalarni yechishda boshlang‘ich ma’lumotlar
klaviaturadan operativ xotiraga kiritiladi va natija ekranga chiqariladi.
Ulardan boshqa dasturlarda foydalanib bo‘lmaydi,
chunki ular tizimidan
chiqilgandan so‘ng ma’lumotlar hech qayerda saqlanmaydi. Bu ma’lumotlarni
xotirada saqlash uchun C# dasturlash tilida ma’lumotlarning faylli toifasi
belgilangan. Fayl toifasi alohida o‘rin eg allaydi. Fayl toifasi bilan ishlashda
ma’lum tushunchalarni o‘zlashtirish talab qilinadi.
Birinchidan, fayllar toifasi
nega va qachon qo‘llaniladi? Maqsad nima? Zaruriyat nimadan kelib chiqyapti?
Ikkinchidan, boshqa toifalardan n yega katta farqi bor? Bu savollarga faqat
foydalanuvchining nuqtai nazaridan qaragan holda javob bera olamiz:
1. Juda ko‘p o‘zgaruvchilardan foydalanganda ularning
qiymatlarini har doim
klaviaturadan kiritishda ma’lum noqulayliklarga duch kelamiz. Bunga katta
massivlar misol bo‘la oladi.
2. Shunday masalalar uchraydiki, oldindan kattaliklarning
qiymatlar soni
noma’lum bo‘ladi (masalan, natijalar), bu kattaliklarni faylga yozish
maqsadga muvofiq. 3.Hech qanday toifalar tashqi qurilmalarga murojaat qilib,
ular bilan ishlashga imkon yaratmaydi (dasturiy til muhitida). Va nihoyat,
boshqa
toifalardan fayl toifasi farqliligi shundaki, u boshqa toifalar tarkibiga kira
olmaydi. Fayllarning turlari.
Fayllar uchun mo‘ljallangan umumiy protsedura
va funktsiyalar Faylda
saqlanayotgan ma’lumotlar turiga ko‘ra, turlarga bo‘linadi:
Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
328