• Fizik fayl strukturasi
  • Toifalashgan
  • Fayl tushunchasining ikki tomoni bor




    Download 6,33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet191/194
    Sana20.02.2024
    Hajmi6,33 Mb.
    #159185
    1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194
    Fayl tushunchasining ikki tomoni bor: 
    1- Tomondan fayl – tashqi xotiraning biror axborotni saqlovchi
    nomlangan bir qismidir. Bunday tushunchadagi fayl fizik fayl deb ataladi. 
    2- Tomondan fayl – bu dasturda ishlatiladigan ma’lumotlarning turli 
    strukturalaridan biridir. Bunday tushunchadagi fayl mantiqiy fayl deb ataladi, 
    yani u bizning tasavvurimiz bilan hosil qilinadi. 
    Fizik fayl strukturasi 
    Fizik fayl strukturasi axborot tashuvchi – qattiq yoki yumshoq magnit 
    disklaridagi baytlarning oddiy ketma-ketligidan iborat.
    Mantiqiy fayl strukturasi 
    Mantiqiy fayl strukturasi – bu, faylni dasturda qabul qilish usulidir.
    Agar fayl strukturasini massiv strukturasiga solishtirsak, quyidagi farqlarni 
    ko‘ramiz: 
    1. Massivda elementlar soni xotirani taqsimlash vaqtida o‘rnatiladi va u 
    to‘laligicha tezkor xotiraga joylashadi. Massiv elementlari raqamlanishi uni e’lon 
    qilishda ko‘rsatilgan quyi va yuqori chegaralarga mos holda o‘rnatiladi. 
    2. Faylda esa elementlar(yozuvlar) soni dastur ishi jarayonida o‘zgarishi 
    mumkin va u tashqi axborot tashuvchilarda joylashgan. Fayl elementlarini 
    raqamlash 0 dan boshlanadi va elementlar soni doim noaniq. 
    Biz yuqorida o‘zgaruvchilarning turli toifalari bilan ishlab keldik. Bular 
    skalyar, oddiy va murakkab tarkiblashgan toifalardir. Bu toifadagi ma’lumotlar 
    yordamida masalalarni yechishda boshlang‘ich ma’lumotlar klaviaturadan 
    operativ xotiraga kiritiladi va natija ekranga chiqariladi. Ulardan boshqa 
    dasturlarda foydalanib bo‘lmaydi, chunki ular tizimdan chiqilgandan so‘ng hech 
    qayerda saqlanmaydi. Bu ma’lumotlarni xotirada saqlash uchun C# tilida 
    ma’lumotlarning faylli toifasi belgilangan.
    Toifalashgan fayllar bir xil toifali elementlardan tashkil topadi. Ularni 
    ma’lum qurilmalarda uzatish ham mumkin. Faylning elementlari mashina 
    kodlarida yoziladi va saqlanadi. 
    Toifalashmagan fayllarda turli toifadagi malumotlarni saqlash mumkin. 
    Ular ham mashina kodlarida yozilgan bo‘lib baytlar to‘plamini tashkil qiladi. 


    Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
    332 
    Matnli fayllar ASCII kodlardan tashkil topgan va qatorlarga ajratilgan 
    bo‘ladi. Matnli fayllarda nafaqat faylning yakunida fayl oxiri belgisi, balki har 
    qatorning yakunida maxsus qator oxiri belgisi qo‘yiladi.

    Download 6,33 Mb.
    1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194




    Download 6,33 Mb.
    Pdf ko'rish