Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr




Download 6,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/194
Sana20.02.2024
Hajmi6,33 Mb.
#159185
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194
 
▪ 
int.Parse(string) – 
satrni butun tipga o‘tkazadi 
▪ 
Convert klassi – 
metodidan foydalangan holda boshqa tipga o‘tkazish 
uchun ishlatiladi 
try-catch – 
hatoliklarni ushlab qolish uchun ishlatiladi
 
While, do – 
while, for, foreach – sikl operatorlari
 
Bizga ma’lumki, fayl deb xotiraning nomlangan sohasiga aytiladi.
Faylda turli ma'lumotlar saqlanadi. Har bir fayl bilan fayl ko‘rsatkichi degan 
tushuncha biriktirilgan. Fayl bir necha elementlardan iborat bo‘lib, 
foydalanuvchi faqat faylning ko‘rsatkichi ko‘rsatayotgan ma’lumotga murojaat qilishi
mumkin. Demak, fizik jihatdan biz faqat ketma-ket fayllarga egamiz.
Ya’ni biz oldin birinchi, keyin ikkinchi, uchinchi va h.k. ma’lumotlarni 
o‘qishimiz mumkin. Fayl o‘z nomiga ega. Masalan, d:\
malumot.txt. C# tili
dasturiy vositalari yordamida, ya’ni dasturda ham fayllarni tashkil qilish va 
undagi ma’lumotlarni qayta ishlash mumkin. Shu paytga qadar, C# 
dasturlash tilida bir necha o‘zgaruvchilarning toifalari bilan ishlab keldik.


Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
334 
Bular skalyar, oddiy va murakkab tarkiblashgan toifalardir. Bu toifadagi 
ma’lumotlar yordamida masalalarni yechishda boshlang‘ich ma’lumotlar 
klaviaturadan operativ xotiraga kiritiladi va natija ekranga chiqariladi.
Ulardan boshqa dasturlarda foydalanib bo‘lmaydi, chunki ular tizimidan 
chiqilgandan so‘ng ma’lumotlar hech qayerda saqlanmaydi. Bu ma'lumotlarni 
xotirada saqlash uchun C# dasturlash tilida ma'lumotlarning faylli toifasi 
belgilangan. Fayl toifasi alohida o‘rin eg allaydi. Fayl toifasi bilan ishlashda
ma'lum tushunchalarni o‘zlashtirish talab qilinadi. Birinchidan, fayllar toifasi 
nega va qachon qo‘llaniladi? Maqsad nima? Zaruriyat nimadan kelib chiqyapti? 
Ikkinchidan, boshqa toifalardan n yega katta farqi bor? Bu savollarga faqat 
foydalanuvchining nuqtai nazaridan qaragan holda javob bera olamiz:
1. Juda ko‘p o‘zgaruvchilardan foydalanganda ularning qiymatlarini har
doim klaviaturadan kiritishda ma’lum noqulayliklarga duch kelamiz.
Bunga katta massivlar misol bo‘la oladi.
2. Shunday masalalar uchraydiki, oldindan kattaliklarning qiymatlar soni
noma'lum bo‘ladi (masalan, natijalar), bu kattaliklarni faylga yozish
maqsadga muvofiq.
3. Hech qanday toifalar tashqi qurilmalarga murojaat qilib, ular bilan 
ishlashga imkon yaratmaydi (dasturiy til muhitida). Va nihoyat, boshqa toifalardan 
fayl toifasi farqliligi shundaki, u boshqa toifalar tarkibiga kira olmaydi.
Fayllarning turlari.
Fayllar uchun mo‘ljallangan umumiy protsedura va funksiyalar Faylda 
saqlanayotgan ma’lumotlar turiga ko‘ra, turlarga bo‘linadi:
1) toifalashmagan;
2) toifalashgan;
3) matnli.
Toifalashgan fayllar bir xil toifali elementlardan tashkil topadi. Ularni faqat 
ma’lum qurilmalarda uzatish mumkin, lekin ekranda o‘qish mumkin emas.
Faylning elementlari mashina kodlarida yoziladi va saqlanadi. Toifalashmagan
fayllarda turli toifadagi ma’lumotlarni saqlash mumkin. Ular ham mashina


Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
335 
kodlari bilan yozilgan bo‘lib baytlar to‘plamini tashkil qiladi. Matnli fayllar
ASCII kodlardan tashkil topgan va qatorlarga ajratilgan bo‘ladi. Matnli fayllarda 
nafaqat faylning yakunida fayl oxiri belgisi, balki har qatorning yakunida
maxsus qator oxiri belgisi qo‘yiladi. Fayl turidagi o‘zgaruvchi fayl o‘zgaruvchisi 
deyiladi, u faylning mantiqiy nomini belgilaydi va u mantiqiy fayl bilan tashqi (fizik) 
fayl o‘rtasida «vositachi» vazifasini o‘ynaydi. Fayl turi uchun arifmetik amallar 
belgilanmagan. Xatto fayllarni solishtirish va bir faylning qiymatini ikkinchi 
faylga o‘zlashtirish amallari ham aniqlanmagan. Har bir turdagi fayllar ustida, 
umuman olganda, quyidagi amallarni bajarish mumkin va bu amallar uchun 
maxsus prosedura va funktsiyalar ishlatiladi. Hozir biz katalog va fayllar ro‘yxati 
ustida bajariladigan amallarni qarab chiqamiz. 
1. Kompyuterda mavjud mantiqiy disklarni aniqlash uchun

Download 6,33 Mb.
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194




Download 6,33 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr

Download 6,33 Mb.
Pdf ko'rish