Doimo if bloklari uchun {} qavslarni qo‘ying hatto u bitta operator bo‘lsa ham. 3.2. “if – else” shart operatori Ko‘p dasturlash tillarida shart operatorlari else bilan ishlatiladi shu jumladan
C# da ham. if – else strukturasini tuzilishi quyidagicha:
if – else strukturasining sintaksisi if mantiqiy ifoda va uning tana qismi, else (u
holda) tana qismidan iborat . Else – strukturasining asosiy qismi bir va ko‘p
operatorlardan va {} qavslardan iborat bo‘lishi mumkin.
Bu jarayon quyidagicha ishlaydi: () qavslar ichidagi ifoda (mantiqiy ifoda) –
true yoki false ga teng bo‘lishi mumkin. Uning natijasi ikkita ehtimolga bog‘liq. Agar
mantiqiy ifodani hisoblaganda true ga teng bo‘lsa, if operatorining tana qismi
bajariladi va else – operatori ishi bajarilmaydi. Agar mantiqiy ifodani hisoblaganda
false ga teng bo‘lsa, else – qismi bajariladi, if operatorining tana qismi bajarilmaydi
else operatorining tana qismi bajariladi.
“if – else” shart operatoriga misol: Bu misolda if – else operatori ishlatilishini ko‘rib chiqamiz:
Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
101
Bu misoldagi kodda x butun son berilgan, agar x>3 bo‘lsa natija “x ni qiymati 3 dan katta” aks holda (else) uni qiymati ”x ni qiymati 3 dan kichik” bo‘ladi. x butun
sonni qiymati 2 ga teng, mantiqiy ifodani hisoblaganda mantiqiy ifoda natijasi “false”
qiymat qaytaradi va biz yuqorida aytib o‘tganimizdek (agar mantiqiy ifoda “false”
qiymat qaytaradigan bo‘lsa, shart operatorning tana qismi bajarilmaydi ) keyingi else strukturasi bajariladi. Misol natijasi:
Quyidagi sxema jarayonni qanday ishlashini ko‘rsatadi:
Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
102