Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
96
istisno holat). Agar biz uchta o‘zgaruvchining qiymatlarini o‘zgartirsak va keyin ularni
taqqoslasak, ularning qiymatlari joylashgan addreslarni taqqoslaymiz va ularning
natijasi turlicha bo‘ladi.
Yuqoridagi misol shuni ko‘rsatadiki
== operatorida satrlarni taqqoslash uchun
maxsus
xususiyatga ega, ammo qolgan tiplar xotiradagi joylashgan adresi bo‘yicha
taqqoslanadi.
2. Mantiqiy operatorlar
S# dagi mantiqiy operatorlarni esga oladigan bo‘lsak, ular ko‘pincha mantiqiy
ifodalarni qurishda ishlatiladi. Ular quyidagilar:
&&, ||, !, ^ lar
kiradi.
2.1. && va || mantiqiy operatorlari
&& (va) va
|| (yoki) mantiqiy operatorlar ko‘pincha mantiqiy tipdagi ifodalar
uchun foydalaniladi (qiymatlar
bool tipida).
&& operator orqali ikkita ifodani
taqqoslashda olingan natija –
true (to‘g‘ri
) bo‘ladi qachonki, ikkala o‘zgaruvchi
qiymat ham bir vaqtda
true (to‘g‘ri
) bo‘lsa. Misol uchun:
Bu ifodada “
true” chunki 2 ta operandlar: (2<3) va (3<4) bir vaqtda “
true”.
&& mantiqiy operatori qisqa hisoblash deb ataladi, chunki u qo‘shimcha
kerak
bo‘lmagan hisoblashlar uchun vaqt sarflamaydi. U dastlab birinchi operandga
qaraydi agar qiymat
false (yolg‘on
) bo‘lsa, u ikkinchi qismini
hisoblash uchun vaqt
yo‘qotmaydi. Birinchi qismi “
true” bo‘lmasa oxirgi qiymati ham “
true” bo‘lmasligi
aniq. Shu sababli bu mantiqiy ifoda qisqa xisoblash
"and" deb ataladi.
Shuningdek,
|| operatori
true qiymat qaytaradi agar ikkalasining bittasi
true
qiymat bo‘lsa. Misol:
Bu misolda
“true”, chunki birinchi operandi “true”. Shunga o‘xshab
&&
operator hisoblashni tez amalga oshiradi – agar birinchi operator “
true” bo‘lsa,
ikkinchi qismi hisoblanmaydi, ammo natija aniq bo‘ladi. Shu sababli bu mantiqiy
ifoda qisqa xisoblash
"or" deb ataladi.
Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
97