Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
119
m1 o‘zgaruvchiga qiymat berilsin:
a) m oydan keyingi oyning nomi (dekabrdan keyin yanvar kelishini hisobga
olgan holda);
b) m oydan keyingi k-chi oyning nomi;
d) yilning n-chi oyi nomi berilsin.
54. enum Nota {do, re, mi, fa, sol, lya, si};
enum Oraliq {sekund, tersia, qvart, kvint, sekst, septima};
Nota n1, n2; Oraliq i;
Berilgan n1 va n2 (n1≠n2) notalardan tashkil topgan i-oraliq aniqlansin;
sekund–bu ikkita qo‘shni (aylana bo‘ylab) notalardan
tashkil topgan oraliq
(masalan, re va mi, si va do), tersia – bu bitta notadan keyingi oraliq (masalan,
fa va lya, si va re) va hokazo.
55. enum Mavsum {qish, bahor,yoz, kuz};
enum Oy {yan,fev,mar,apr,may, iyn,iyl,avg,sen,okt,noy,dek};
Oy m; Mavsum m;
Berilgan m oyga mos keluvchi s-mavsum aniqlansin.
56. enum Davlat {Germaniya,Quba,Laos,Monaqo,Nepal,Polsha};
enum Qita {Osiyo, Amerika, Evropa};
Davlat davlat; Qita: qita;
Davlatning davlat nomi bo‘yicha u joylashgan qit’a nomi qita aniqlansin.
57. enum Birlik {desimetr, kilometr, metr, millimetr, santimetr};
float x; Birlik r;
Berilgan r birlikdagi x o‘zgaruvchining qiymati metrlarda aniqlansin.
58. Berilgan k o‘zgaruvchi qiymati ( ) rim raqamlari ko‘rinishida chop qilinsin.
59. enum Kelishik {bosh, qar, tush, jun, ur_payt, chiq};
enum So‘z {ruchka, qalam, daftar, eshik};
So‘z s; Kelishik k;
Berilgan s so‘zni k kelishik, birlikda chop qilinsin. Masalan, s=daftar va k=jun
bo‘lganda “davtarga” so‘zi chop qilinsin.
60. enum Yunalish {shimol, sharq, janub, garb};
enum Buyruq {oldinga, unga, orqaga, chapga};
Yunalish k1, k2;
Buyruq br;
Kema avvaliga k1 yo‘nalish bo‘yicha
ketayotgan edi, keyin uning yo‘nalishi br
buyruqqa asosan o‘zgartirildi. Kemaning yangi k2 yo‘nalishi aniqlansin.
Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr
120
61. Oy oy; {1 masalaga qaralsin }
int kun;
Berilgan oy oyning kunlari soni kun o‘zgaruvchiga o‘zlashtirilsin (yil kabisa yili
emas deb hisoblansin).
int yil; Oy oy; int kun; {Oy turi 1-masalada aniqlangan}
bool t;
Agar yil, oy, kun uchlik to‘g‘ri sanani aniqlasa, t o‘zgaruvchiga
true qiymat
berilsin, aks holda false qiymat berilsin (31 iyun va hakozalarda).
62. int yil,yil1; Oy oy, oy1; int kun, kun1; {Oy turi 1-masalada aniqlangan}
Berilgan yil, oy, kun sanasi bo‘yicha keyingi kun sanasi – yil1,oy1,kun1
aniqlansin.
63. int yil_kuni, oy_kuni; Oy oy; {Oy turi 1-masalada aniqlangan}
a) Kabisa yilning oy,oy_kuni sanasiga mos keluvchi kunning yildagi yil_kuni
tartib nomeri aniqlansin.
b) Kabisa yilining hisob bo‘yicha yil_kuni kuniga mos keluvchi oy, oy_kuni -
sana aniqlansin.
64. enum Hafta_kuni {yaksh, dush, sesh, chor, paysh, juma, shanba};
int kun, k13; Oy oy; Hafta_kuni h_kun1, h_kun2; {Oy turi 1-masalada
aniqlangan}
Agar yil kabisa yili bo‘lmasa, va uning 1 yanvari haftaning h_kun1 kuniga to‘g‘ri
kelsa, quyidagilar aniqlansin:
a) kun, oy sanaga mos keluvchi haftaning h_kun2- kuni;
b) yildagi oyning 13 kuniga mos keluvchi dushanba kunlarining k-soni.
65. Eski yapon kalendarida 60 yillik takrorlanish qabul qilingan va bu takrorlanish
o‘z navbatida beshta 12 yillik takrorlanish ostilaridan (qismlardan) iborat.
Qism takrorlanishlar quyidagi ranglarning nomi bilan belgilangan: yashil, qizil,
sariq, oq va qora. Har bir takrorlanish ostining ichidagi
yillar hayvonlarning
nomi bilan belgilangan: sichqon, sigir, yo‘lbars, quyon, ajdarho, ot, qo‘y,
maymun, tovuq, it va to‘ng‘iz (1984 yil – yashil sichqon yili – keyingi
takrorlanishning boshi bo‘lgan).
Eramizning biror yili kiritilib, uning eski
yapon kalendaridagi nomini
chiqaruvchi programma tuzilsin.