Dasturlash tillarining klassifikatsiyasi va python dasturlash tili
Python dasturlash tilini yaratilishi 1990-yil boshlaridan boshlangan. O‘sha paytlarda
uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI institute xodimi Gvido van Rossum
ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABCtili Basic tili o‘rniga
talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o‘rgatish uchun mo`ljallangan til edi.
Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o‘zining Macintoshida
boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir
g‘oyalarini o‘zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan
Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko‘plab
xususiyatlarini
o‘ziga olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda
o‘zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to
1996- yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U ham Macintoshni yoqtirardi
va bu narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O‘sha paytlarda Gvido BBC ning “Monti
Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va o‘zi yaratgan tilni Monti
Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas). Til tezda ommalashdi. Bu
dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan foydalanuvchilar soni ko‘paydi. Boshida
bu juda oddiy til edi. Shunchaki kichik interpretator bir nechta funksiyalarga ega edi.
1991-yil birinchi OYD(Obyektga Yo‘naltirilgan Dasturlash) vositalari paydo bo‘ldi.
Bir qancha vaqt o‘tib Gvido Gollandiyadan Amerikaga ko‘chib o‘tdi.
Uni NRI
korparatsiyasiga ishlashga taklif etishdi. U o‘sha yerda ishladi va korparatsiya
shug‘ullanayotgan proektlarni Python tilida yozdi va bo‘sh ish vaqtlarida tilni
interpretatorini rivojlantirib bordi. Bu 1990-yil Python 1.5.2
versiyasi paydo
bo‘lguncha davom etdi. Gvidoning asosiy vaqti korparatsiyani proektlarini
yaratishga ketardi bu esa unga yoqmasdi. Chunki uning Python dasturlash tilini
rivojlantirishga vaqti qolmayotgandi. Shunda u o‘ziga
tilni rivojlantirishga
imkoniyat yaratib bera oladigan homiy izladi va uni o‘sha paytlarda endi tashkil
etilgan BeOpen firmasi qo‘llab quvvatladi. U CNRI dan ketdi, lekin shartnomaga 8
binoan u Python 1.6 versiyasini chiqarib berishga majbur edi. BeOpen da esa u
Python 2.0 versiyani chiqardi. 2.0 versiyasi bu oldinga qo‘yilgan katta qadamlardan
edi. Bu versiyada eng asosiysi til va interpretatorni
rivojlanish jarayoni ochiq
ravishda bo‘ldi. Shunday qilib 1.0 versiyasi 1994-yil chiqarilgan bo‘lsa, 2.0
versiyasi 2000- yil, 3.0 versiyasi esa 2008-yil ishlab chiqarildi. Hozirgi vaqtda
uchinchi versiyasi keng qo‘llaniladi. Python dasturlash tili imkoniyatlari Python –
bu o‘rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo‘lgan oz sonlik
zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma‘lumotlar
strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash
uslublarini
taqdim etadi. 8 Pythonning o‘ziga xosligi 1. Oddiy, o‘rganishga oson, sodda
sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy
ta’minot. 2. Dasturni yozish davomida
quyi darajadagi detallarni, misol uchun
xotiraniboshqarishni hisobga olish shart emas. 3. Ko‘plab platformalarda hech
qanday o‘zgartirishlarsiz ishlay oladi. 4.Interpretatsiya qilinadigan til. 5.
Kengayishga moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq
ishlashini xoxlasak shu
qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodi orqali
ishga tushirsa(chaqirsa) bo'ladi. 6.Juda ham ko'p xilma-xil kutubxonalarga ega.
7.xml/html fayllar bilan ishlash 8.http so`rovlari bilan ishlash 9. GUI(grafik
interfeys) 10.Veb saytlarni yaratish 11.FTP bilan ishlash 12. Rasmli audio video
fayllar bilan ishlash 13.Robot texnikada 14.Matematik
va ilmiy hisoblashlarni
dasturlash Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi
yo‘q, imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan dasturlash tillari
orasida eng yaxshisidir. 1.2. PYTHON DASTURINI O‘RNATISH QOIDALARI
Python dasturini kompyuterga o‘rnatish bir necha bosqichlardan iborat. 1.
https://www.python.org/downloads/windows/ orqali
rasmiy veb saytiga kirib,
kompyuteringizning texnik parametrlarini hisobga olgan holda eng so‘nggi
versiyasini yuklab olamiz. Kompyuterning texnik parametrlariga, razryadi, (64 bit
yoki 32 bit) qaysi operatsion sistema o‘rnatilganligi va boshqa parametrlar kiradi.
Biz hozir sizga 64 bitli kompyuter uchun o‘rnatish jarayonini tushuntirib o‘tamiz. 9
1-Rasm 2. Yuklab olib o‘rnatishni boshlaymiz. Pastdagi rasmlarda o‘rnati