|
Dasturlash uslublari va paradigmalar
|
bet | 4/30 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #146384 |
Bog'liq PARADIGMA YNTasavvur Qilish: Yaratilgan tasavvurlarni mantiqiy ifodalarga aylantirish va dastur ishini bajarmasdan oldin qanday qilib tasavvur qilish.
Dasturlash paradigmalari orasida mos keluvchi qo'llanma va yondashuvlar, ilg'or dasturchi uchun samarali dastur tuzishda yordam bera oladi.
4. Quyi darajali dasturlash tillari .
Dasturlash tillari – bu insonga komyuterga buyruq berishga yordam beradigan ishora tizimlari. Har qanday dasturlash tili quyidagilarni o’z ichiga oladi :
alifbo – buyruqlarni uzatish uchun ishlatiladigan belgilar;
sintaksis – so’rovlarni yozish qoidalari;
semantika – buyruqlarni semantik ma’nosi
Quyi darajali dasturlash tillari yuqori darajali dasturlash tilllaridan oldin paydo bo’lgan. Birinchi komyuterlar ikkilik tilda dasturlashtirilgan - “1” va “0” kombinatsiyasi:
Quyi darajadagi tillarda o’rnatilgan funksiyalar mavjud emas. Ular ma’lum bir protsessor bilan bog’lanadi , shuning uchun bir komyuterdagi kodni boshqa komyuterda ishlatib bo’lmaydi . Har bir protsessor ishlab chiqaruvchisi o’z ko’rsatmalariga ega.
Eng keng tarqalgan past darajali tillar – bu mashina kodi va montaj tili.
Quyi darajali dasturlash yordamida kompyuterning apparat funksiyalariga "to'g'ridan-to'g'ri" kirish mumkin:
⦁ protsessorga
⦁ Tezkor xotiraga; • yadroga; va boshq.
Quyi darajali dasturlash tillari yuqori darajadagi dasturlash tillari kabi keng tarqalmagan, lekin ular kompyuter texnologiyalarining asosi hisoblanadi, hamda quyi darajali dasturlash tillaridan foydalanib yoziladi:
⦁ Operatsion tizimlar;
⦁ yadro proshivkasi;
⦁ periferik qurilmalar uchun drayverlar va boshq.
Quyi darajadagi tillar kompyuter qurilmalarida sodir bo'ladigan jarayonlarni boshqaradi. Shuning uchun ular asosan qurilma ustidan qattiq nazorat zarur bo'lgan dasturlash sohalarida qo'llaniladi, masalan:
⦁ harbiy soha;
⦁ tibbiy dasturlar;
⦁ muhandislik;
⦁ kosmik sfera va boshq.
Ammo ular faqat ushbu sohalarda qo'llaniladi deb o'ylamaslik kerak. Quyi darajadagi til har bir kompyuterda mavjud, chunki u drayverlarni, yadrolarni va operatsion tizimlarni yozish uchun ishlatilgan. Bunda quyi darajali tillarga misol qilib :
|
| |