|
Agar yaxshi tomonlariga qarasak
|
bet | 2/3 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #244964 |
Bog'liq Academik electron taqdimotAgar yaxshi tomonlariga qarasak: - IT sohasida tez o`sish mumkin. Chunki odamlar dasturchining ish stajiga emas balki uning qilgan ishiga ya`ni u tomonidan amalga oshirilgan loyihalarga qarab uni baholashadi.
- IT sohasi juda keng bo`lib, unda tanlov juda kata.
- Zamonaviy va har doim rivojlanib bormoqda.
- Og`ir mehnat qilmaymiz.
- Yaxshi bilimga ega bo`lsak yaxshi daromad topamiz.
- Borgan sari bilimimiz ortib borayotgani sari kompyuterning dahosiga aylanib borayotganinmizni sezamiz.
- Kompyuter dunyosida ko'plab dasturlash tillari mavjud bo'lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, Ci va Assembler tillari mashina tiliga ancha yaqin tillar bo'lib, quyi yoki o'rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo'lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir, Masalan: 010110100010101. Dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo'linadi, Quyi va Yuqori darajali dasturlash tili. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo'lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan: assembler) ko'pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo'lishi mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi.
|
| |