• KIS 104-19 Bajardi
  • Parallel kompyuterlarning dasturiy ta’minoti.
  • Dasturni tekshirishning formal usullari




    Download 34,72 Kb.
    bet1/3
    Sana28.05.2024
    Hajmi34,72 Kb.
    #255461
      1   2   3
    Bog'liq
    Двстур тек формал - 1

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
    DASTURNI TEKSHIRISHNING FORMAL USULLARIFANIDAN



    Mustaqil ish


    Mavzu: Reaktiv tizimlar va parallel dasturlarni sinash.
    KIS 104-19
    Bajardi: Qurbonov Sh. I.
    Tekshirdi: Mavlonov O. N
    Samarqand – 2024
    Mavzu: Reaktiv tizimlar va parallel dasturlarni sinash.


    REJA:

    1. Parallel kompyuterlarning dasturiy ta’minoti

    2. Parallel hisoblash tizimi.

    3. OpenMP da parallelizatsiya dasturi.

    4. Xulosa.

    5. Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari.



    Parallel kompyuterlarning dasturiy ta’minoti.

    Arxitekturani takomillashtirish bilan bir qatorda parallel kompyuterlarning dasturiy ta'minoti ham rivojlanib bormoqda. Amaliyot shuni ko'rsatdiki, parallel hisoblash tizimlari apparat va dasturiy ta'minot qismlarining rivojlanishini birbiridan alohida-alohida ko'rib bo'lmaydi. Qismlarning biridagi yangilik, ikkinchisidagi o'zgarishga olib keladi. Hozirda bizni avvalo parallel dasturlash texnologiyalari sohasidagi o'zgarishlar qiziqtiradi. Albatta, zamonaviy dasturiy ta'minot ishlab chiqish ixtiyorida nafaqat Fortran yoki assembler bor, balki ko'p boshqa tizimlar va dasturlash tillari yaratildi. Shu bilan birga, ayni paytda, samarali parallel dasturiy ta'minot ishlab chiqish muammosi umumiy parallel hisoblashning asosiy muammosiga aylandi.


    Ta’kidlash joizki, mahsus izohlardan foydalanish nafaqat parallel bajarish imkoniyatini beradi, balki dasturning asl versiyasini to’liq saqlab qoladi. Amalda, u juda qulay - kompilyator parallelizm haqida hech narsa bilmasa, barcha mahsus izohlarni semantik ketma ketlikni saqlab qolgan holda o’tkazib yuboradi.
    Parallel dasturlar tuzish uchun izohlardan foydalanishdan tashqari, tez-tez. mavjud dasturlash tillari kengaytirishni qo’llashadi. Qu’shimcha operatorlar va foydalanuvchiga dasturning parallel tuzilmasini aniq belgilash va ayrim hollarda parallel dasturni bajarishni boshqarish imkonini beruvchi o’zgaruvchilarni ifodalovchi yangi elementlar kiritiladi. Shunday qilib, High Performance Fortran (HPF) til, an'anaviy FORTRAN operatorlari va mahsus izohlar tizimiga qo'shimcha ravishda, dasturning parallel sikllarini ifodalash uchun kiritilgan yangi forall operatorini o`z ichiga oladi.
    Agar parallel tizimlar arxitekturasi o’ziga hosliligini, yoki ayrim mavzu doirasining ba’zi bir vazifa turining hususiyatlarini aniq ifodalash kerak bo’lsa, unda parallel dasturlashning mahsus tillaridan foydalaniladi.. Transputer tizimlarini dasturlash uchun Occam tili tashkil etilgan, Konveyer mashinalarini dasturlash uchun, birlamchi belgilash tili Sisal loyihalashtirilgan.
    Massiv parallel kompyuterlar kelishi bilan parallel jarayonlarni o'zaro qo'llab-quvvatlash kutubxonalar va interfeyslarni keng tarqalib kelmoqda. Ushbu yo’nalishning tipik vakili Message Passing Interface (MPI) interfeysidir, va uning amalga oshirilishi deyarli har bir parallel platformada, vector-konveyerli superEVM dan boshlab shahsiy komuterlarning klasterlari vs tizimlarigacha mavjud. Dasturlovchi dasturning qaysi joyida ilovaning qanday parallel jarayonlari, qaysi jarayonlar bilan ma’lumot almashish yoki o’z ishini sinhronizatsiyalashi kerakligini o'zi aniq belgilaydi.



    Download 34,72 Kb.
      1   2   3




    Download 34,72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dasturni tekshirishning formal usullari

    Download 34,72 Kb.