|
Davlat xaridlari tashkil etishda korrupsiyaga qarshi kurashish usullari
|
bet | 1/3 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #103642 |
Bog'liq Davlat xaridlari tashkil etishda korrupsiyaga qarshi kurashish 10-19- Guruh talabasi Umirov Sirojiddin
Mavzu: Davlat xaridlari tashkil etishda korrupsiyaga qarshi kurashish usullari
Reja:
1 Davlat xaridlarini tashkil etish jarayonida korrupsiyaning salbiy tasiri.
2 Davlat xaridlarini tashkil etishda korrupsiyaning davlat va jamiyat ko`radigan moliyaviy zarardan siyosiy zararning farqi.
3 Korrupsiyaga qarshi kurashishda psixologik usullar.
4 Korrupsiyaga qarshi kurashishda usullarning ijobiy va salbiy tasiri.
5 Etika kodeksining mohiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1 Davlat xaridlarini tashkil etish jarayonida korrupsiyaning salbiy tasiri.
Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki idoraviy mexanizmlar joriy etilib, aloqa kanallarining ish faoliyati yoʻlga qoʻyildi, vakant lavozimlar boʻyicha rasmiy veb-saytga eʻlon berilib, Vazirlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari, tizim tashkilotlari va muassasalariga ishga qabul qilish jarayonlari ochiq va shaffof tanlov asosida, internet tarmogʻida onlayn rejimda namoyish etish orqali tashkil etildi.
Ishga qabul qilish uchun hujjat topshirgan nomzodlarni tekshirish va xulosa tuzish amaliyoti joriy etildi, mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi asosiy shartlar kiritildi va xodimlar yozma tartibda imzo qoʻygan holda tanishtirildi.
Xodimlar faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yoʻl qoʻymaslikni oʻzida aks ettirgan – korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati; xodimlarning xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir qoidalarga rioya etilishini taʻminlashga qaratilgan
2 Davlat xaridlarini tashkil etishda korrupsiyaning davlat va jamiyat ko`radigan moliyaviy zarardan siyosiy zararning farqi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qo‘llaniladi:ish jarayonidagi mehmondo‘stlik belgilari – vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari manfaatlarida faoliyat davomida hamkorlik o‘rnatish va (yoki) qo‘llab-quvvatlashga aloqador xarajatlar, shu jumladan, ishbilarmonlik bilan bog‘liq kechki ovqat, transport va yashash xarajatlarini qoplash bilan bog‘liq xarajatlar va h.k.;korrupsiyaga qarshi kurashish talablari buzilganligi to‘g‘risida vijdonan xabar berish – vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimi tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etilganligi (sodir etishga suiqasd qilinganligi) to‘g‘risida ruxsat etilgan aloqa kanallari orqali asosliligiga ishonch hosil qilgan
|
| |