|
Korrupsiyaga qarshi kurashishda psixologik usullar
|
bet | 2/3 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 2,16 Mb. | | #103642 |
Bog'liq Davlat xaridlari tashkil etishda korrupsiyaga qarshi kurashish 3 Korrupsiyaga qarshi kurashishda psixologik usullar.
Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tizimni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlikning markaziy apparatida korrupsiyaga qarshi kurashishni shakllantirish va nazorat qilish jarayoni uchun mas’ul bo‘lgan alohida tarkibiy tuzilma – Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tashkil etilgan; Bo‘lim vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda yetarli darajada mustaqillikka va muhim resurslarga ega bo‘lib, bevosita Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga bo‘ysunadi va o‘z faoliyatini vazir tomonidan tasdiqlangan Vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiradi;korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun hududiy va tasarrufiy tashkilotlarda ruxsat etilgan lavozimlarga korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish funksiyasi yuklatilishi mumkin. Korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish funksiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari hamda bo‘ysunuvdagi muassasalarda yuqori darajada korrupsiyaviy xavf-xatarga ega bo‘lmagan, shuningdek, yetarli darajada mustaqil bo‘lgan xodimiga yuklatiladi;
4 Korrupsiyaga qarshi kurashishda usullarning ijobiy va salbiy tasiri.
Amalga oshiriladigan tadbirlar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha nazorat choralari va tartib-taomillar mehnat organlari va tasarrufiy tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi/rejasi/yo‘l xaritasida aks ettiriladi hamda tegishli ichki hujjatlarda belgilanadi; 1.e) axborotlashtirish, kommunikatsiya va maslahat berish:
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish va mehnat organlari
va tasarrufiy tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillari va talablari haqida jamiyatning xabardorligini oshirish maqsadida, mazkur Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati va vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar ularning Internet tarmog‘idagi rasmiy veb saytlariga joylashtiriladi.
Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda monitoring
va nazorat qilishning quyidagi tartib-taomillari amalga oshiriladi:
vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar faoliyati va funksiyalaridagi o‘zgarishlar, ularning tashkiliy-funksional tuzilmasidagi o‘zgarishlar hamda boshqa ichki va tashqi omillarning vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga ta’sirini, mazkur tizimga o‘zgartirish kiritish zaruriyatini tahlil qilish, shu jumladan, uni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash;
tasdiqlangan rejaga muvofiq samarasiz nazorat va tartib-taomillarni aniqlash uchun ularni to‘g‘rilash va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ishonchliligi va samaradorligini ta’minlash maqsadida tanlov asosida vazirlik tizimidagi funksiyalar va ichki jarayonlarni monitoring qilish; ichki va (yoki) tashqi tekshiruvlarni o‘tkazish jarayonida vazirlik, hududiy boshqarmalar va tasarrufiy tashkilotlar xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talablarga rioya qilinishini nazorat qilish;
|
| |