• Ishchilar bilan yo’riqnoma o’tkazish.
  • Xavfsiz faoliyatni tashkil qilishda xodimlar bilimini tekshirish va o’qitish




    Download 24.55 Kb.
    bet1/6
    Sana02.05.2023
    Hajmi24.55 Kb.
    #55610
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Xavfsiz faoliyatni tashkil qilishda xodimlar bilimini tekshirish
    Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish ti, Sure

    XAVFSIZ FAOLIYATNI TASHKIL QILISHDA XODIMLAR BILIMINI TEKSHIRISH VA O’QITISH

    Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimga xavfli ish usullari bo’yicha yo’riqnoma, maxsus malaka olgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil ishlashga ro’xsat beriladi. Bug’ va issiqlik qozonlari, yuk ko’tarish kranlari, bosim ostida ishlovchi idishlar, elektr uskunalari, maxsus uskunalar kabi xavfli ishlarda ishlovchilarga maxsus o’quv kurslarini bitirganlari xaqida hujjatlari bo’lsagina ishlashga ruxsat beriladi. Xodimlarni xavfsiz ish usullariga o’qitish va ularni to’g’ri tashkil qilish bo’yicha umumiy rahbarlik hamda javobgarlik korxona rahbarlariga va boshqaruv tashkilotlariga yuklanadi. Sexlarda, bo’limlarda ishchilarni va ustalarni xavfsiz ish usullariga o’rgatish shu tsex hamda bo’lim rahbarlariga, shuningdek, o’z vaqtida va sifatli o’qitishni nazorat qilish esa mehnat muhofazasi bo’limlari zimmasiga yuklatiladi.


    Ishchilar bilan yo’riqnoma o’tkazish. Yo’riqnomalar ikki xil bo’ladi: kirish va ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnoma. O’z navbatida ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnoma 3 xil bo’ladi: dastlabki, davriy va navbatdan tashqari.
    Kirish yo’riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa korxonalardan xizmat safariga jo’natilganlar (ish malakasi va stajidan qat’iy nazar) amaliyot o’tayotganlar va shogirdlar kirish yo’riqnomasini o’tadilar. Uni korxonaning mehnat muhofazasi bo’yicha mas’ul xodimi yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa rahbar xodim o’tkazadi. Agar ishga qabul qilish bevosita tsexlarda amalga oshirilsa, kirish yo’riqnomasini shu tsexning boshlig’i o’tkazishi kerak.
    Shikastlanganlarga dastlabki yordam ko’rsatish, yong’in xavfsizligi va boshqa maxsus masalalar bo’yicha yo’riqnomalarni tegishli mutaxassislar olib boradilar.
    Kirish yo’riqnomasi maxsus adabiyot, ko’rgazmali qurollar bilan jihozlangan mehnat muhofazasi xonasida, zamonaviy texnik vositalardan foydalangan holda o’tkaziladi. Kirish yo’riqnomasi guruh bilan va yakka tartibda o’tkazilishi mumkin. Guruh bilan o’tkazilganda eshituvchilar soni 10 kishidan oshmasligi kerak.
    Kirish yo’riqnomasi o’tkazilganligi haqida maxsus jurnalga va ishchi qo’liga topshiriladigan ishga kirish varaqasiga yozib qo’yiladi.

    Download 24.55 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 24.55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xavfsiz faoliyatni tashkil qilishda xodimlar bilimini tekshirish va o’qitish

    Download 24.55 Kb.