Innvistitsiya iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar tajribalarni o‘rganish zaruriyati




Download 41,12 Kb.
bet2/4
Sana06.06.2024
Hajmi41,12 Kb.
#260991
1   2   3   4
Bog'liq
INNOVATSIYA RIVOJLANISHIDA XORIJ TAJRIBASI

Innvistitsiya iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar tajribalarni o‘rganish zaruriyati

Yaponiya fan va texnologiyalarning rivojlanishi bo‘yicha AQSH dan keyin jahonda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Yaponiyada ham 1980 yillarning o‘rtalaridan tarkibida venchur kapitali bo‘lgan kichik innvistitsiya korxonalar iqtisodiy rivojlanishning innvistitsiya modelini shakllantirish asosi sifatida e’tirof etila boshlandi. Bu turdagi korxonalar hozirda Yaponiya yalpi ichki mahsulotining 52 foizni yetkazib beradi. Venchur biznesini moliyalashtirishda Yaponiyada xususiy kapital bilan birgalikda davlat ham faol qatnashadi. Ba’zida yuqori texnologiyali sanoatda innovatsiyalar diffuziyasiga erishish uchun davlat tomonidan yangi korporatsiyalar tashkil etiladi. Yirik shaharlarda birjadan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozorining mavjudligi yapon venchur biznesining tez rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Yapon siyosatining maqsadlaridan biri bu kichik, lekin bozor talabiga egiluvchan innvistitsiya korxonalarni yaratish hisoblanadi. Bu korxonalarda yangi texnologiyalarni va yangi mahsulotlarning yaratilishi tor ixtisoslik orqali amalga oshiriladi. Oxirgi yillarda Yaponiya ilmiy texnik ishlanmalarga investitsiyalar bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Innovatsiyalarga investitsiyalarni asosan yirik moliya-sanoat guruhlari va xususiy sektor amalga oshiradi.
Lekin AQSH, Yaponiya va Buyuk Britaniyadan farqli ravishda ko‘pgina Evropa davlatlarida iqtisodiy rivojlanishning innvistitsiya modeli boshqacha ko‘rinishda, shu jumladan, venchur kapitali ham. Masalan, Fransiya va Germaniyada innovatsiyalar yaratish bo‘yicha ko‘pchilik tadqiqotlarni yirik korxonalargina o‘z zimmasiga oladi. Ular innvistitsiya jarayonlarning barcha texnik bosqichlarini o‘zlari nazorat qiladi. Avvaliga, Germaniyada yuqori texnologiyalarni rivojlantirish AQSH tajribasiga asoslanib yirik texnologik dasturlar orqali amalga oshirilardi. Bunda AQSH, Fransiya, Yaponiya va Buyuk Britaniyaning inkubatorlar va ilmiy texnologik parklar yaratish bo‘yicha tajribasi qo‘llanilgan. 1980 yillardan boshlab Germaniyada asta sekin kichik shaharlarda innvistitsiya jamg‘armalar tashkila etila boshlandi va innvistitsiya faoliyat yirik korxonalardan kichik va o‘rta korxonalarga ko‘cha boshladi. Bu turdagi kichik innvistitsiya jamg‘armalar davlat ko‘magi va qiziqish bildirgan xususiy sektor yordamida tuzilgan.
Misli ko‘rilmagan darajada iqtisodiy o‘sish Janubiy Koreyada kuzatilmoqda. 1976 yildan 2006 yilgacha Koreyada o‘rtacha YaIMning o‘sishi 9 foizni tashkil etdi. Qisqa muddatda Janubiy Koreya qoloq davlatdan yuqori texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi markazga aylandi. Janubiy Koreyaning bunday yutuqqa erishishida ilmiy texnik salohiyatning kuchayishi asosiy omil sifatida e’tirof etiladi2.
Turli xil davlatlarning tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, venchur biznesi innvistitsiya rivojlanish modelini va uning investitsion ta’minoti keskin o‘zgartirib yuborishi, natijada, invetitsion resurslarning narxi tushishi mumkin. Masalan, hozirgi rivojlangan davlatlar Yaponiya, AQSH hamda Germaniya og‘ir davrlarda ham iqtisodiy rivojlanish uchun muhim bo‘lgan ilmiy ishlanmalarga investitsiyalarni ko‘paytirib borgan.



  1. Download 41,12 Kb.
1   2   3   4




Download 41,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Innvistitsiya iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar tajribalarni o‘rganish zaruriyati

Download 41,12 Kb.