|
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda innvistitsiya faoliyatni tashkil etilishi
|
bet | 3/4 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 41,12 Kb. | | #260991 |
Bog'liq INNOVATSIYA RIVOJLANISHIDA XORIJ TAJRIBASISanoati rivojlangan mamlakatlarda innvistitsiya faoliyatni tashkil etilishi
Oxirgi 20 yilda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, innvistitsiya sohaning, ya’ni ilm fan, yangi texnologiyalar, ilmtalab tarmoqlarning rivojlanish va o’sish darajasi barqaror iqtisodiy o’sishning asosini ta’minlaydi. Ilmiy – texnik taraqqiyot ishlab chiqarishning hajmi va tuzulmasini almashtiradi, jahon iqtisodiyotining holatiga ahamiyatli ta’sir ko’rsatyapti. 1990– yy.ilmiy – texnik o‘zgarishlarning o’sish sur’atlari, ilmtalab ishlab chiqarish va xizmatlarning jadal rivojlanishi sanoat rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o’sishni tezlashishiga yangi turtki berdi. Jahon xo‘jaligida bilim va innovatsiyalarni muhim iqtisodiy resurs sifatida qo’llash asosida o’sishning yangi paradigmasi shakllanadi. Bu milliy innovatsiya tizimi (MIT) konsepsiyasini ishlab chiqqishni belgilab berdi, u innvistitsiya jarayonning alohida tarkibiy qismlarini ishlash jarayoni institutsional omillarning ma’lum to’plami orqali ta’minlanadigan murakkab tizimning o‘zaro bog‘langan halqasi sifatida ko’rib chiqadi.
Milliy innvistitsiya tizim o‘zida innvistitsiya jarayonlarni ta’minlaydigan va qattiq milliy negizga, an’anaga, siyosiy va madaniy xususiyatlariga ega bo‘lgan huquqiy, moliyaviy, tashkiliy va ijtimoiy tusdagi majmuaviy institutlarni namoyon etadi. Innnovatsion tizim ushbu mamlakatgan maqbul bo‘lgan ko‘pgina omillar ta’sirida shakllanadi, jumladan uning hajmlari, ta’biiy va mehnat resurslarining mavjudligi, davlat institutlarining tarixiy rivojlanish xususiyatlari va tadbirkorlik faoliyatning shakli inobatga olinadi. Ushbu omillar innvistitsiya faollik evolyutsiyasi yo‘nalishlari va tezligining uzoq muddatli determinanti hisoblanadi. Bundan tashqari, xar bir MIT institutsional o‘zaro aloqalarning etarli darajadagi barqarorligini talab etadigan ma’lum tuzulma va qaysidir darajadagi tartibligi bilan ifodalanadi (bunda har bir mamlakatda institutsional tarkibiy qismlarning milliy qiyofasi paydo bo‘ladi). Milliy innvistitsiya tizimlarning modullari yaratilgan bo‘lib, uning doirasida ularning milliy o‘ziga xosligi shakllanadi. MITning bunday xususiyatlariga kam yoki ko‘p qismda innvistitsiya vazifalarni bajarishda davlatning va shaxsiy sektorning, yirik va kichik biznesning nisbiy ahamiyati, fundamental va amaliy izlanishlar va ishlab chiqishlarning o‘zaro munosabati, innvistitsiya faoliyatning rivojlanish dinamikasi va tarmoqli tuzulmasining o’rni kiradi.
Milliy ilmiy tizimlar va ularning o‘ziga xosligining turli tumanligiga qaramasdan asosiy sanoat rivojlangan mamlakatlar uchun innovatsiyalarini boshqarishda qator tendensiyalar kuzatiladi. Ularga quyidagilar kiradi:
Innvistitsiya soxada davlatning nazorat vazifalarini kuchayishi;
Innvistitsiya ishlab chiqishlarning maqsadli yo‘nalishlarining kuchayishi. Hozirgi vaqtda davlatning biotexnologiya, elektronika va telekommunikatsiya, atrof muhitni muhofaza qilish kabi vazifalarni bajarishda innovatsiyalarni keng qullashdagi harakatlari yaqqon namoyon bo‘layapti;
Yirik milliy, tarmoqlararo va global ilmiy–texnik
dasturlarni qo’llash;
Rivojlangan innovatsiyalarning uzoq muddatli dasturlanishiga asta sekin o’tish. Ko’p tashkilotlar uzoqmuddatli istiqbolga (10 va undan ziyod yilga) mo‘ljallangan innvistitsiya ishlab chiqarilgan dasturlarga ega bo‘lishni xohlashadi. Bu davlat ilmiy–texnik dasturlari uchun ham xosdir;
Ko’pgina rivojlangan va yangi industrial mamlakatlarda ilmiy izlanishlarning xorij moliyalashtirishning o’sib borayotgan ulushida, hamda qulay sharoitli investitsion iqlimli hududlarda innvistitsiya tashkilotlarni (bo‘linmalarni) yaratishda namoyon bo‘ladigan innvistitsiya sohaning globallashuvi. Tadqiqotiy tarmoqlar asosida globao innvistitsiya sohaning shakllanishi izlanishlarning nafaqat mazmuni va nufuzini, balki korporatsiyaning tabiatini o‘zgartiradi, boshqarishning uslubi va usullarini yangilaydi, yangi korporativ madaniyatning asosini yaratadi.
Eng yangi tendensiya innvistitsiya faoliyatni moliyalashtirishda davlatning to’g‘ridan to’g‘ri ishtirokining kamayishi hisoblanadi. Bundan tashqari, umumiy tendansiyalarga ilm fanning, texnika va ishlab chiqarishning turli sohalarining o’sishi va gorizontal aloqalar tizimining rivojlanishini kiritish mumkin. “Tarmoq – tarmoq”, “tashkilot – tashkilot” va b. kabi gorizontal aloqalar texnologiyalarni tarmoqlararo yetqazishni ta’minlaydi. AQSH va boshqa mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, gorizontal aloqalarni, ya’ni tashkilotlar tizimini (maslahat firmalari, innovatsiyani singdirish bo‘yicha maxsus tashkilotlar, iste’molchilarga xizmat kursatish) kengaytirish doirasida ilm fan va ishlab chiqarish o’rtasida “uchinchi halqani” yaratish tarmoqlararo ilmiy–texnik almashinishni ahamiyatli darajada yengillashtirdi va innovatsiyalarni samarali singdirishga asos soldi.
Ushbu tendensiyalar sanoat rivojlangan mamlakatlarda milliy va global ilmiy–texnik, innvistitsiya strategiyalarning uyg‘unlashganidan dalolat beradi. Garchi globalizatsiya innvistitsiya faoliyatning ahamiyatli qismini ushbu mamlakatlardan tashqariga chiqarsada, uning asoslari milliy bo‘lib qolaveradi. Asosiy sabab yangiliklar jarayoni har bir davlatning sharoitiga, ilmiy hamjamiyat va iste’molchilar bilan vujudga kelgan munosabatlar, moliyaviy imkoniyatlar va kadrlar imkoniyatlariga bog‘liqligidan iborat. Bularning hammasi sanoat rivojlangan davlatlarning har birida innvistitsiya jarayonlarni amalga oshirish uchun qulay sharoitli iqlimni yaratishga yo‘naltirilgan davlat innvistitsiya siyosatini ishlab chiqish va amal qildirishga olib keladi.
Davlat innvistitsiya siyosatini amalga oshirish innvistitsiya faoliyatni boshqarishning maqbul shakli va usullarini qo’llashni talab etadi. Zamonaviy sharoitlarda turli darajalarda innvistitsiya boshqarishning ko’pgina shakllari mavjud (korporatsiya bo‘linmalaridan tortib davlatgacha). Har qanday siyosat singari innvistitsiya siyosat ham turli mamlakatlarda turlicha, garchi bir maqsadga, ya’ni innvistitsiya faollikning tezlanishi va ilmiy texnik imkoniyatlarning rivojlanishiga bo‘y sinishsada. Innvistitsiya faollikni tezlashtirish maqsadida davlatning o‘zaro ta’sirining turli usullarini qo’llanilib, ular bevosita va bilvositaga bo‘linishi mumkin. Ularning o‘zaro munosabati mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatlar va shu sababdan qabul qilingan davlat tartibi konsepsiyasi bilan belgilanadi.
Innvistitsiya jarayonning davlat tartibining bevosita usullari ikki shaklda amalga oshiriladi: ma’muriy–idoraviy va dasturiy– maqsadli. ma’muriy–idoraviy shakli tug‘ri dotatsiya moliyalashtirish ko’rinishida namoyon bo‘lib, u innovatsiyalarga bevosita yordam kursatish maqsadida qabul qilinadigan maxsus qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi. Innovatsiyalarni davlat tartiblashtirishning dasturiy–maqsadli shakli oxirgisini yangiliklarni, qo’llab quvvatlash davlat maqsadli dasturini amalga oshirish orqali shartnomali moliyalashtirishni, shu jumladan
kichik ilmtalab firmalarni, talab etadi. AQSHda dasturiy–maqsadli yondashuv hozirgi vaqtda davlat ilmiy–texnik siyosatini o’tkazishning muhim shakli va davlat moliyalashtirishning, eng avvalo xarbiy–kosik Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlarini, asosiy usuli sifatida qo’llaniladi. Davlatni innvistitsiya biznesga ta’sirining bevosita choralari tizimida asosiy o’rinni Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari soxasida sanoat uyushmalar kooperatsiyalarini va sanoatlashgan universitetlar kooperatsiyalarini kuchaytiradigan tadbirlar egallaydi.
Sanoat rivojlangan mamlakatlarda davlat ta’sirining bilvosita usullariga soliq qonunchiligining liberallashishi, xususan soliq chegirmalarining qo’llanilishi kiradi. Sanoat rivojlangan va yangi industrial mamlakatlarda innvistitsiya faoliyatni kuchaytiradigan soliq chegirmalarning quyidagi turlari qo’llaniladi:
Innvistitsiya xarajatlarning o’sishiga soliqlarni kamaytirish;
Innvistitsiya loyixalarni amalga oshirishda olingan foydaga bir necha yil mobaynida “soliq ta’tillari”;
Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlari buyurtmasi va birgaligida bajarilganlikka yo‘naltirilgan foydaga soliq miqdorining kamayishi;
Intelektual shaxsiylik tarkibiga kiruvchi patentlar, litsenziyalar, nou–xau va boshqa nomoddiy aktivlarni qo’llash natijasida olingan foydaga chegirmali soliq to’lovi;
Ilmiy tadqiqot institutlari, oliy ta’lim muassasalariga beriladigan uskunalar va jixozlarning qiymat summasiga soliq tulovinig kamayishi;
Tadqiqodiy va investitsion soliq kreditlarini taqdim etish, ya’ni innvistitsiya maqsadlarda qilingan xarajatlar qismi foydasidan soliq to’lovini olib tashlash;
Innovatsiyani moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning xayriya fondiga kirimlar foydasining soliq to’lovidan ushlab qolish.
Innvistitsiya siyosat soxasida ta’sirlarning bilvosita usullariga qonunchilik dalolatnomalari ham kiradi. Ular turli xildir va innvistitsiya siyosatga ta’sirning ko’p sohalariga tegishli. Masalan, AQSHda 200 yilga yaqin amal qilib kelayotgan patent huquqi ixtirochilarni ularning ixtirolariga, ya’ni intellektual mulkiga huquqini belgilab beradi, bu esa muallifni innvistitsiya qarorlariga monopoliyasini talab etadi. Ushbu vaziyat ixtirochiga, yer egasi kabi, “innvistitsiya renta”, ya’ni uning ixtirosidan foydalanganlik uchun haq olishga imkon beradi. Bunday vaziyat oxir oqibatda mamlakatda ilmiy–innvistitsiya ishlarning faolligiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi.
Innvistitsiya faoliyat imkoniyatlarining shakli va usullari xilma xil bo‘lsada davlat organlari tomonlaridan barcha sanoat rivojlangan mamlakatlarda innvistitsiya siyosatni davlat nazoratining o‘ziga xos tarkibiy qismi sifatida ko’rsatishga imkon beradigan qandaydir umumiylik mavjud. Masalan, davlat iqtisodiy siyosatning barcha yo‘nalishlari bilan innvistitsiya siyosat bo‘yicha kelishuvlik mavjud; bu tanlangan iqtisodiy kursga mos keladigan davlat ta’sirining yagona iqtisodiy uskunasini qo’llashda namoyon bo‘ladi.
Sanoat rivojlangan mamlakatlarda innvistitsiya mexanizm bo‘yicha boshqaruv va tashkiliy jihatlar muhim o’rinni egallaydi. Ularning ko’plarida ko’p pog‘onali boshqaruv amalga oshiriladi va innvistitsiya munosabatlarning turli xil tashkiliy shakllari qo’llaniladi.
AQSHda innvistitsiya jarayonlarni boshqarish tizimi uch bosqichdan iborat: yuqori davlat, o’rta davlat yoki idoraviy (sektorli) va past davlat yoki institutsional. Yuqori davlat bosqichida:
Fan va texnika rivojlanish strategiyasi belgilanadi;
Innvistitsiya ustuvorlikning tanlovi va shakllanishi bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi;
Innvistitsiya ishlanmalar dasturlarining bajarilishi bo‘yicha moliyalashtirish va nazorat amalga oshiriladi;
Innvistitsiya jarayonlarni kuchaytirish bo‘yicha qonunchilik choralari ko’riladi;
Idoralar o‘rtasidagi majburiyatlar taqsimlanada. Yuqori davlat bosqichi AQSH Kongressi va prezidenti tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ular davlat ilmiy–texnik siyosatining umumiy strategik yo‘nalishlarini belgilashadi va muhokama qilishadi, uning maqsadlarini shakllantiradi, milliy ustunlikni o’rnatishadi va tasdiqlashadi. Ushbu ustuvorliklar doirasida davlat idoralari tadqiqotlarining aniq yo‘nalishlarini, laboratoriyalar qatorida ularning ijrochilarini, bo’ysunuvchi idoralar, universitetlar yoki xususiy firma laboratoriyalarini tanlashda keng erkinlikka ega bo‘lishadi.
O‘rta davlat yoki idoraviy bosqichda tadqiqot tarmoqlari va turlari bo‘yicha innvistitsiya jarayonlarning qo’llanmalari, uzoq muddatli innvistitsiya dasturlarning shakllanishi, tanlov asosida ijrochilar tanlovi, hukumat nomidan shartnomalar tuzulishi, bajarilishning tezkor nazorati va ichki idoraviy kooperatsiyalar amalga oshiriladi. AQSHda innvistitsiya faoliyatni davlat nazoratining organlari bu bosqichda mudofaa, energetika, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jalik vazirligi, hamda Milliy kosmik agentligi (NASA), atrof muhitni muxofaza qilish bo‘yicha Agentliklar, fundamental tadqiqotlarni nazorat qiladigan Milliy ilmiy fond (MIF) hisoblanadi. Milliy ilmiy fond o‘zining nufuziga muvofiq davlatning ilmiy nufuzini o’sishida asos qo’shishga va fundamental izlanishlarni olib borishda usullarni takomillashtirishga chaqirilgan asosiy federal idora sifatida chiqadi. MIF uchun qolgan vazirlik va idoralardan farqli ravishda asosiy vazifasi fundamental ilm fanni rivojlanishi hisoblanadi. Bundan tashqari, MIF ilmiy tadqiqot sohasini asosan fundamental izlanishlarni kuchaytirish, hamda ilmiy izlanishlarning yirik amaliy dasturlari va kadrlarni tayyorlash dasturlarini moliyalashtirish orqali nazorat qiladi.
Pastki davlat yoki institutsional bosqichda bevosita davlat yoki umumiylashtirilgan (xususiy–davlat) laboratoriyalarida ilmiy izlanishlar olib boriladi va dasturlarning joriy, tezkor bajarilishi amalga oshiriladi.
Davlat laboratoriyalari maxsus idoralar tomonidan moliyalashtiriladi va asosan ushbu idoralarga ishlashadi. Ta’kidlash joyizki, moliyalashtirishning barcha idoralar uchun yagona bo‘lgan tartibi mavjud emas; davlat boshqaruvining hech bir mavjud organi o’rta bosqichda bir va umrbotlikka o’rnatilgan vakolat va vazifalariga ega emas.
Davlat buyurtmalarini bajaradigan tashkilotlar orasida asosiy o’rinni aralash federal moliyalashtiriladigan ilmiy markazlar (laboratoriyalar) va innovazion ishlanmalar egallashadi. Ular davlat byudjet rusurslaridan foydalanishadi, biroq universitetlar (22 foiz) va xususiy uyushmalar (8 foiz) tomonidan boshqariladi. Asosiy ilmiy tashkilotlarga quyidagilar kiradi: universitet va kollejlar, davlat ilmiy tadqiqot institutlari va laboratoriyalar, buyurtma bo‘yicha ishlaydigan xususiy ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar, sanoat laboratoriyalari (ilmiy tadqiqot institutlari), daromadsiz uyushmalar, ilmiy ishlab chiqarish majmualari (vaqtinchalik), asosan yangi innvistitsiya loyixalarni birgalikda amalga oshirish uchun tadqiqot konsorsiumlari.
Buyuk Britaniyada innvistitsiya faoliyatning boshqarilish tuzulmasi va tashkiliy shakli AQSHda faoliyat ko’rsatayotganiga deyarli o’xshash. Bunda farq faqat tashkiliy shaklning tuzulmasi va ba’zi ularning vazifalarida. Innvistitsiya jarayonlarni boshqarishning tashkiliy tuzulmasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: universitet va politexnika institutlari, davlat ITI va laboratoriyalar (tarmoqli), tadqiqot uyushmalari, buyurtma bo‘yicha ishlaydigan ilmiy tadqiqot institutlari, uyushma va firmalar ilmiy tadqiqot institutlari va laboratoriyalari. Agar AQSH uchun yirik innvistitsiya loyixalarni xususiy tashkilotlarning umumiy kuchlari bilan bajarishda daromadsiz uyushmalar va tadqiqot konsorsiumlari xos bo‘lsa, Buyuk Britaniyada esa tarmoqlar va mahsulot turlari bo‘yicha tadqiqotlik uyushmalari rivojlangan, masalan kulolchilik bo‘yicha Britaniya tadqiqotlik uyushmasi va ixtirolarni (yangiliklarni) samarali qo’llaydigan va alohida innvistitsiya loyihalarni bajaradigan yakka ixtirochilarga yordam ko’rsatadigan tadqiqotlarni rivojlantirishning Milliy korporatsiyasi.
Yaponiyada ilmiy – texnik siyosatini davlat boshqaruvining tashkiliy tuzulmasiga quyidagi vazirlik va idoralar kiradi: tashqi savdo va sanoat Vazirligi, fan va texnika Boshqarmasi, milliy mudofaa Boshqarmasi, ta’lim Vazirligi, moliya Vazirligi, fan ishlari bo‘yicha Kengash3.
Tashqi savdo va sanoat Vazirligi (TSSV) Yaponiyada ilmiy – texnika siyosatini ishlab chiqish va milliy innvistitsiya tizimni boshqarishda asosiy o’inni egallaydi. Uning asosiy vazifasi davlat ilmiy muassasalari va xususiy sanoat firmalari o’rtasida ilmiy tadqiqotlarni o‘zaro muvofiqlashtirish, hamda yapon sanoatini rivojlantirishda bo’lajakdagi yana ham istiqbol yo‘nalishlarni belgilash hisoblanadi. U ko’pgina bo‘linmalarga ega. Ushbu organlar ishlarida tadqiqot institutlarining taniqli olimlari, sanoat tashkilotlari va iste’mol uyushmalarining vakillari ishtirok etishadi. Ushbu vazirlikning boshqa vazifalariga quyidagilar kiradi: sanoat innovatsiyalariga ularning boshlang‘ich rivojlanish bosqichida moliyaviy ko’mak berish; fan va texnika bo‘yicha yangi ixtirolar va mahalliy universitetlar va ilmiy tadqiqot institutlari tadqiqotlarining natijalari haqida sanoat sektorlariga axborotlarni yig‘ish, o’rganib chiqish va yetkazish.
Innovatsiyalarning aniq yo‘nalishlarining bajarilishini fan va texnika Boshqarmasi nazorat qiladi. TSSV qaramog‘ida litsenziyalarni eksporti va importi bilan shug‘ullanuvchi sanoat texnologiyalar uyushmasi mavjud. Davlat innvistitsiya siyosati Yaponiyani letsenziyalarni import qilishdan eksport qilishga aylantirishga yo‘naltirilgan.
Usul va choralarning majmuaviy tahlili, xamda innovatsiyalarning tashkiliy va boshqaruv jihatlari shuni ko’rsatdiki, AQSH innvistitsiya mexanizmni tashkil etuvchi majmuaviy tarkibiy qismlardagi qator boshqa mamlakatlarda davlat darajasida asosiy e’tibor uchta tarkibiy qismga qaratiladi – boshqaruvga, moliyalashtirish usullariga va innvistitsiya qonunchilikka, tashkiliy tarkibiy qism esa ikkinchi darajali sifatida ko’riladi. Vazirliklar (idoralar) darajasida innvistitsiya mexanizmning asosiy tarkibiy qismlari tashkiliy va moliyalashtirish tartibi hisoblanadi, innvistitsiya fondlarni shakllantirish va qo’llash esa – ikkilamchi. Intstitutsional darajada esa innvistitsiya samaradorligini baholash usuli, axloqiy–psixologik usul, axborot–texnik jihozlash choralari kabi tarkibiy qismlar asosiy ahamiyatga ega, tashkiliy va boshqaruv elementlari esa kam ahamiyatga ega.
“Fan-innovatsiya-investitsiya- ishlab chiqarish” zanjiri va bu jarayonning xorijiy davlatlar tajribasi hamda uning respublikamizda foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlari
Respublikamizda innvistitsiya iqtisodiyotni taraqqiy ettirish bir qator o‘ziga xos yondoshuvlarni talab etadi. Bunda, ayniqsa, “fan-innovatsiya- investitsiya-ishlab chiqarish” zanjiri mazmunmohiyatini tahlil qilish va bu borada xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanish juda ahamiyatlidir. Shunday ekan, “fan-innovatsiyainvestitsiya- ishlab chiqarish” zanjirining mazmun-mohiyatini ko‘rib chiqamiz.
Fan – yuqori malakali mutaxassis tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg‘or-pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchisi sifatida namoyon bo‘ladi hamda kadrlar tayyorlashda ilmiy tadqiqotga asoslangan tarkibiy qismi hisoblanadi.
Innovatsiya – (inglizcha innovationyangilik kiritish) bozorda sotilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon ko‘rinishida amalga oshirilgan innvistitsiya faoliyatning yakuniy natijasidir.
Investitsiya – cheklangan resurslar sharoitida iqtisodiy- ijtimoiy samara olish maqsadida milliy iqtisodiyotninng u yoki bu sohasiga kapital kiritish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan quyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisidir.
Shunday ekan, respublikamizda keng ko‘lamli islohotlarni yanada rivojlantirish uchun innvistitsiya iqtisodiyotning taraqqiyotini xorijiy davlatlar tajribasida chuqur o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bu borada bugungi kunda xalqaro miqyosida tez va innvistitsiya asosda fan va texnologiya yutuqlariga asoslanib rivojlanayotgan Xitoy davlati tajribasi ayniqsa, ahamiyatlidir.
Davlatning innvistitsiya siyosatning keng joriy etishi Xitoy iqtisodiy o‘sishining asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. 1978 yildan beri Xitoyda fan va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha bir nechta islohotlarning o‘tkazilishi oliy ta’lim tizimining tez rivojlanishiga sabab bo‘ldi. O‘ttiz yil davomida amalga oshirilgan islohotlar o‘rtacha 9foiz iqtisodiy o‘sishga erishishga zamin yaratdi. 2010 yilda Xitoyning yalpi ichki mahsuloti Yaponiyanikidan o‘zib ketdi va Xitoy dunyoning ikkinchi eng yirik iqtisodiyotiga aylandi. 2014 yilga kelib Xitoyning yalpi ichki mahsuloti o‘n trillion dollardan oshib ketdi, jahonda faqatgina AQSH bu natijaga erishgan. Ammo 2008 yildagi moliyaviy inqiroz Xitoyning ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyoti o‘sishini sekinlashtirdi, chunki u rivojlangan davlatlar texnologiyalarini o‘zlashtirar edi. Inqirozdan keyin Xitoy rivojlangan davlatlardan qaramligini kamaytirish maqsadida o‘z mahalliy innovatsiyalar infratuzilmasini rivojlantira boshladi. Ya’ni mahalliy tadqiqot institutlari va universitetlarning raqobatdoshligini kuchaytirish bo‘yicha islohotlar o‘tkaza boshladi. 2017 yilda Xitoy global innovatsiyalar indeksi bahosi bo‘yicha dunyoda 22o‘rinni egalladi. Global innovatsiyalar indeksining bilim va texnologiyalar natijalari ko‘rsatkichi bo‘yicha 2017 yilda to‘rtinchi o‘rinni egalladi4.
Xitoyning fan va texnologiyalarni rivojlantirish siyosati 1970 yillarda boshlanib to‘rt bosqichda rivojlandi:
tajriba bosqichi;
tizimli islohotlar;
chuqur islohotlar;
uzoq muddatli rejalashtirish;
Tajriba bosqichi(1978-1985 yillar). 1980 yillarda Xitoy iqtisodiyoti va fan texnika taraqqiyoti rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidan va ilm fanidan hali ancha orqada edi. 1960 yillarda o‘zlashtirilgan fan va texnologiyalarni rivojlantirishning Sovet modeli tadqiqot va ishlab chiqarishni birlashtirolmasligi aniq bo‘la boshladi. Islohotlar, avvalambor, tadqiqot institutlarning ba’zi qismlarini xususiylashtirish orqali boshlandi. Bu islohot tadqiqot institutlarini moliyalashtirishni osonlashtirdi va keyinchalik ularda muhim innovatsiyalarni yaratilishiga xizmat qildi. Xitoyning hozirgi ko‘pchilik texnologiya kompaniyalari o‘sha davrda tashkil topdi. Ularga kompyuter xizmatlari va mahsulotlari ishlab chiqaruvchi LenovoGroupLtd. ( avval Legend Computer) – Xitoy fanlar akademiyasi axborot texnologiyalar institutidan ajralib chiqqan korxona, raqamli texnologiyalar ishlab chiqaruvchi FounderGroupLtd. Konglomerati – Pekin universiteti loyixasi asosida yaratilgan korxona hisoblanadi.
Xitoy hukumati “211 loyixa” dasturini ishlab chiqib, amaliyotga joriy eta boshladi. Hukumat har bir viloyatning eng yetakchi universitetlarini qo‘llab quvvatlash uchun maxsus byudjet mablag‘larini ajrata boshladi. Shu vaqt davomida Xitoy fanlar akademiyasining “100 ta talant” dasturi shakllantirilib, xorijda bo‘lgan malakali milliy kadrlarga ta’lim sohasida ish taklif qilish va ularni vataniga qaytarish vazifasi qo‘yildi.
Chuqur islohotlar fazasi(1996-2006 yillar). Besh yillik milliy byudjet rejasi va boshqa qator qarorlar fan va texnologiya sohasidi chuqur tizimli islohotlar fazasini boshlab berdi. Xitoyning asosiy strategiyasi “milliy iqtisodiyotni fan va ta’lim orqali yoshartirish” bo‘ldi. 1996 yilda hukumat “fan va texnologiyada bo‘ladigan ixtirolar va yangiliklar” to‘g‘risida qonun qabul qildi5. Bu yangi siyosat uchta asosiy maqsadi:
innovatsiyalarni yaratuvchi kuchni tadqiqot institutlaridan sanoat tarmoqlariga ko‘chirish;
sanoat tarmoqlarining ilmiy ishlanmalarga investitsiyalarni sanoat tarmoqlarining innvistitsiya quvvatini kuchaytirish;
ilmiy yangiliklarni tijoratlashtirishni yaxshilash;
Shu davrda milliy innvistitsiya infratuzilmada to‘rtta muhim o‘zgarish yuz berdi. Jahon talablariga mos keluvchi Xitoy universitetlarin shakllantirish maqsadida “211 loyiha” dasturining davomi bo‘lgan “985 tashabbus” dasturi ishga tushirildi. Hukumat, shu bilan birga, Xitoy fanlar akademiyasida davlat institutlarida tadqiqot sifatini oshirish maqsadida “Bilim innovatsiya tashabbusi” dasturini ishlab chiqildi. Bundan tashqari davlat ilmiy tadqiqotlarni yanada qo‘llab quvvatlash maqsadida 973 dasturi va Yangzi daryosi olimlar dasturlarini ishlab chiqdi va shu orqali o‘qituvchi professorlarning ish haqini oshirish imkoniyati yaratildi.
Uzoq muddatli rejalashtirish fazasi(2006-2014 yillar). 2006 yilda Xitoy markaziy boshqaruv apparati 2006-2020 yillarga mo‘ljallangan “o‘rta va uzoq muddatli milliy rivojlanish rejasi” ni qabul qildi. 2006 yilgi Milliy Rejada fan va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar, mustaqil innovatsiyalarni yaratish, muhim texnologik sohalarini tez rivojlantirish, asosiy infratuzilmani barpo etish kabilar qayd etib o‘tilgan. Bu rejada barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, innovatsiyalarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish, innvistitsiya faoliyat quvvatini oshirishlarga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Shu davrda davlat endi olib borayotgan siyosati samaradorligini baholash va joriy etilishini boshqarishga katta e’tibor qaratdi. Oldin ishlab chiqilan qonunlar va qarorlarning joriy etilishida anchagina kamchiliklar bo‘lib, ularni yagona tushunarli tarzda tizimlashtirishni talab etardi. 2011 yilda Xitoy hukumati qobiliyatli yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida “1000 ta iqtidorni ishga olish” dasturini ishga tushirdi. 2016 yilda bu dastur orqali 2000ga yaqin o‘z sohalarida yetakchi bo‘lgan olimlar Xitoyga qaytib keldi. 2012 yilda Xitoy o‘z oldiga 2020 yilgacha “eng innvistitsiya millat” bo‘lish maqsadini qo‘ydi. 2012 yilning oxirida o‘tkazilgan Kommunistik partiyaning 18 - majlisida milliy iqtisodiy rivojlanishda innovatsiyalar omili strategik ahamiyatga ega deb belgilandi.
Xitoyning fan va texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan oxirgi o‘ttiz yil davomida olib borgan siyosati innvistitsiya faoliyatni misli ko‘rilmagan darajada rivojlantirdi. 2002 yildan 2012 yilgacha Xitoyning YAIMi deyarli to‘rt barobar o‘sdi. Xitoy fan va texnologiyasi rivojlanishini ilmiy texnik ishlanmalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar; innovatsiya natijalari-patentlar, mahsulotlar va ilmiy maqolalar; fan ta’limi hamda texnologik sohalarda iqtidorlarni yetishtirishda ko‘rishimiz mumkin. Fan va texnologiyaga yo‘naltirilgan investitsiyalar 2002 yilda YAIMning 1foiz dan 2012 yilda 2foizga o‘sdi. Sanoat tarmoqlarida ilmiy texnik ishlanmalarga kiritilgan investitsiyalar 2002 yilda jami investitsiyalarning 70foiz tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda bu ko‘rsatkich 80foizga etdi. Xitoyda oxirgi yillarda patentlar bo‘yicha arizalar soni keskin ortdi. 2012 yildan beri Xitoy global innovatsiyalar indeksida mahalliy patentlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Xitoyda fan va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim sohasi va malakali kadrlarni yetishtirish bilan birga bordi. Ta’lim sohasida o‘tkazilgan islohotlar ta’lim sifatini sezilarli oshirishga va universitetlarda o‘qiydigan talabalar sonini keskin oshishiga zamin yaratdi. Masalan, universitet va institut bitiruvchilari 2002 yilda 1 mln 300 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda bu raqam olti millionni tashkil etdi. Universitetlarda iqtidorli talabalar sonining ko‘payishi Xitoyning innvistitsiya tizimining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga bu islohotlar iqtidorli yoshlarni yetishtrishda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan, “1000 ta iqtidor” dasturi xorijda bo‘lgan ko‘plab innovatsiyalarni yaratilishiga hissa qo‘shgan xitoylik iqtidorli olimlar va tadqiqotchilarni qaytarishga erishdi6.
Xulosa
Xorij tajribasi va qiyochiy baholarni qo’llash nuqtai nazarida xorij mamlakatlari, masalan AQSH va Rossiyaning innvistitsiya siyosat va innvistitsiya mexanizm asoslarini taqqoslash muhim. Qiyosiy tahlil shuni ko’rsatadiki, innvistitsiya siyosatning asoslari va innvistitsiya mexanizmning asosiy tarkibiy qismlari umumiy xajmda qiyoslanadigan mamlakatlar bo‘yicha farq qilmaydi. Bunda innovatsiyaning tashkiliy va boshqaruv jihatlari, hamda davlatni ta’sir ko’rsatishining bevosita choralari deyarli bir xil (tuzulmasi, shakli, funksiyasi va vazifasi bo‘yicha), mavjud farqliklar esa majburiy emas.
Innovatsiya sohasida ta’sirning bilvosita usullari bo‘yicha yondashuvlar yaqinroq. Farqliklar faqat innovatsiyalarni moliyalashtirirsh usullari va tartiblari va innvistitsiya qonunchilikda kuzatiladi. Biroq bu elementlar bo‘yicha ham ma’lum o‘zgarishlar va qarashlarning yaqinligi kuzatiladi. Sanoat rivojlangan mamlakatlarning ilmiy – texnik, xususan innvistitsiya siyosatining yaqinligi va bir xilligi, hamda innvistitsiya mexanizmlarning ko’p tarkibiy qismlarining o’xshashligi, ilmiy – texnik taraqqiyot, ilm fan rivojlanishining qonunlari va innvistitsiya jarayonlarning tendensiyalari barcha iqtisodiy tizimlar uchun iqtisodiy rivojlanish modeliga qaramasdan yagona ekanligidan dalolat beradi.
|
| |