Delov to‘lqin erkinovich




Download 2,44 Mb.
bet16/45
Sana04.10.2024
Hajmi2,44 Mb.
#273577
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
BULITLI TEXNOLOGIYALAR.Delov

CloudSim platformasi - bu bulutli hisoblash tizimlari va infratuzilmalarni to‘liq modellashtirish va imitatsiya qilish imkonini beradigan umumiy va kengaytirilgan imitatsiya vositasi. U maʻlumotlar omborini, veb-xizmatlarini, virtual mashinalar orasidagi resurslarni taqsimlashni va boshqalarni modellashtirishni taʻminlovchi GridSim platformasining asosiy funksiyalarining kengaytirilishi hisoblanadi.

CloudSim yadrosi xodisalarni qayta ishlash, bulutli obʻektlarni (xizmatlar, tugunlar, maʻlumotlar markazlari, resurslar brokerlari va virtual mashinalar) yaratish, tizim elementlari va simulyatsiya oqimini boshqarish va tizim elementlarining o‘zaro ishlashida navbatlardan foydalanishga asoslangan SimJava harakatiga asoslangan. Bulutli muhit modelini ishlab chiqishda, foydalanuvchi imkon qadar haqiqatga yaqin bo‘lgan natijalarga erishish uchun uning modelidagi kalit tarkibiy qismlarni takomillashtirishi kerak.
Modellashtirish uchun platformaning asosiy obʻektlari virtual mashina va vazifadir. Ushbu komponentlar bulut tizimlarining turli guruhlari uchun xosdir. Masalan, PaaS kabi bulutli tizimlar uchun bir xil virtual mashinaga bir nechta ilovalarni joylashtirish odatiy xoldir.
Modellashtirishda eng muhim komponentlar resurslarni boshqarish siyosatiga javob beradigan komponentlardir. Ushbu komponentlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan vazifalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    • modellashtirish tizimlarining turli obʻektlari uchun protsessor quvvati, operativ xotira va boshqa resurslarni taqsimlash;

    • modellashtiriladigan tizimlar tugunlarida virtual mashinalarni joylashtirish;

    • modellashtiriladigan tizimidagi virtual mashinalar orasidagi vazifalarni taqsimlash. Modelning ish prinsipi, platformaning zarur komponentlarini va imitatsiya tizimining dastlabki tavsifini va manba kodi shaklidagi imitatsiya stsenariyini bajarilishini nazarda tutadigan CloudSim platformasiga asoslanadi. Imitatsiyani boshlagandan so‘ng imitatsiya tizimi haqidagi barcha maʻlumotlar imitatsiya qilinadigan CloudSim yadrosiga o‘tkaziladi.

Shuni taʻkidlash kerakki, CloudSim platformasi imitatsiya tizimida yoki imitatsiya stsenariylarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri modelning ishlashi vaqtida o‘zgarishlarni nazarda tutmaydi, bu platformaning imkoniyatlariga cheklovlar ko‘yadi.

      1. CDOSim. CDOSim (Cloud Deployment Options Simulator) - bu simulyator bo‘lib, uning asosiy vazifasi bulutli hisoblash tizimining yoki infratuzilmaning

ishlashini baholashdir. CDOSim platformasi bulutli tizimlar va infratuzilmalarni tarqatish uchun turli xil variantlarni taqqoslash uchun mo‘ljallangan, bu esa mavjud resurslardan foydalanishni optimallashtirish va bulutli hisoblash tizimining ish faoliyatini yaxshilash uchun mo‘ljallangan. CDOSim platformasi bulutli tizimlar va infratuzilmalarni joylashtirishning asosiy parametrlarini moslashuvchan ravishda o‘zgartirishi mumkin:

      • tizim resurslarini saqlash strategiyasi;

      • virtual mashina namunalarining konfiguratsiyasi;

      • hisoblash tizimini ishlab chiqish uchun ishlatiladigan apparat va dasturiy taʻminot;

      • tarmoq parametrlari.


      1. Download 2,44 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Download 2,44 Mb.