Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili” yo’nalishi 303-guruh talabasi suyunova dildoraning matnshunoslik fanidan “qo’lyozma manbani tavsiflash” mavzusidagi mustaqil ishi




Download 0.67 Mb.
Sana04.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#69691
Bog'liq
Zulayho Ibrohimova 303
Uslubiy ko\'rsatma MT (6), КОЛЛОИД КИМЁ 24.05.2011, МАЪРУЗА МАТНИ, A good Business English needs analysis will include questions related to why the students want to learn English, O’zbek xonliklarining o’zaro munosabatlari va xalqaro savdo diplomatikaloqalari 2, 34-mavzu Terining tuzilishi va funksiyasi, 2 курс малакавий амалиёт2021 2022 tasdiqlangan 2, FAN DASTURI TAT 4 KREDIT 2020, Jumayev Start up loyiha, 1-vazifa (Chizili), А-35 ректор буйруғи баённома, matematika uzb 8 imtihon 2021, 7777777, 1. Zamonaviy rahbar qiyofasi va imidj fenomeni. Imidj turlari, AbdirozzoqovD 5ki-2022

DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI “filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili” YO’NALISHI 303-GURUH TALABASI ZULAYHO IBROHIMOVA NING matnshunoslik FANIDAN “qo’lyozma manbani tavsiflash” MAVZUSIDAGI MUSTAQIL ISHI

Mavzu: qo’lyozma manbani tavsiflash


Qo’lyozma-1) keng maʼnoda — qoʻlda yozilgan yoki yozuv mashinkasida, kompyuterda koʻchirilgan matn. Taniqli shoir va yozuvchilarning oʻtmishda oʻzlari koʻchirib yozgan asarlari dastxati (avtografi);
2) qoʻlda yozilgan asar, yozma yodgorlik. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarigacha Oʻrta Osiyoda matbaa-nashriyot ishlarining sustligi sababli qoʻlyozma' holida kitob tayyorlash keng tarqalgan va bu jarayon mashhur xattotlar tomonidan amalga oshirilgan (qarang Xattotlik). Qadimiy qoʻlyozma'lar muhim adabiy, tarixiy, ilmiy manbalar hisoblanadi va ular payayeografiyada oʻrganiladi;
3) noshirlik ishida — muallif tomonidan nashriyotga taqdim etilgan matn.
Diyorimiz azaldan ilm-ma'rifat o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Bu yurtdan ne-ne alloma zotlar yetishib chiqmagan deysiz. Ular qoldirgan ulkan ilmiy meros garchi turli bosqinlar davrida nobud qilingan, olib ketilgan bo‘lsa-da, bizning davrimizgacha yetib, kelganlarining adadi, hisobga olinganlari ham kishini hayratga soladi. «Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondi 1943 yilda, o‘sha paytdagi xalq kutubxonasi (hozirgi Milliy kutubxona)ning Sharq bo‘limi asosida tashkil etilgan. Shundan boshlab bu fondda qo‘lyozma manbalarni o‘rganish ishlari boshlangan.Bu yerda dastlabki ish qo‘lyozmalarni tavsiflab, kartotekalar tuzish bo‘lgan. Dastlabki paytda bu joyda madrasalarni bitirgan domlalar ishlagan, ular arab va fors tillarini puxta bilgan ilmli kishilar hisoblangan. O‘sha davrda tuzilgan kartotekalardan hozirga qadar foydalanib kelinmoqda. Dastlabki tavsifdan o‘tgan qo‘lyozmalar keyingi bosqichda ilmiy tavsiflangan. Bu annotatsiya xarakterida bo‘lib, ko‘proq ma'lumot berilgan. Keyinchalik mavzu kataloglari tayyorlana boshlangan va bu ilmiy tadqiqotchilarga yengillik beradi.
O'z FAning muxbir a’zosi, tarix fanlari doktori, professor A.A. Semenov tahriri va ishtirokida tuzilgan edi. A.A Semyonovning yozishicha, I.Odilov, A.A. Molchanov, B.S.Sergeyeva va A.E.Shmidtdan iborat guruh qo'lyozmalarning qisqacha tavsifini birinchi bo'lib amalga oshirishga kirishganlar. Tavsif quyidagi usulda olib borilgan: 
Asarning nomi
. Muallif nomi
Qisqacha ta’rif (annotatsiya)
Asarning yozilgan yili
Kotibning nomi
Kochirish yili 
Asarning dunyodagi kutubxona yoki fondlarda mavjud mavjud emasligi. 
Asarning yozilgan yoki kochirilgan yilini aniqlash imkoni bolmasa, bu haqida ma’lumot berish 
O'z SSR Davlat Xalq kutubxonasi qoshidagi sharq qo'lyozmalari bo'limi, keyinroq esa O'z SSR FA Sharq qo'lyozmalarini o'rganish institutida quyidagi olimlar tavsiflar tuzish bilan shug'ullanganlar: I.Odilov, I.Belyaev, Ye.K.Betcher, V.D.Jukov, A.N.Kononov, N.E.MakluxoMaklay, A.A.Molchanov, M.A.Sale, A.A.Semenov, B.S.Sergeyev, O.D.Chexovich, A.E.Shmidt, E.A.Shmidta. Sanab otilgan olimlar fors, arab va turkiy tillar bo'yicha yirik mutaxassislar bo'lgan. Keyinchalik bular qatoriga D.G.Voronovskiy ham qoshiladi.
Yillar otishi va 1950 yilda O'z FA Sharqshunoslik institutining tashkil topishi bilan olimlar doirasi kengayib borib, estafeta boshqa yosh olimlar qo'liga o'ta boshladi. Tavsif bilan olimlardan I.Abdullaev, A.B.Vildanova, G.A.Voloshina, L.M.Epifanova, Ye.A.Polyakova, Z.G.Rizaev, H.Hikmatullaev, Q.Munirov, U.Hamraev, L.A.Azizzoda, Sh.Zunnunov, N.Mannonova, A.L.Kaziberdov, A.P.Qayumov, D.Yusupova, T.Ne’matov, B.A.Vohobova, M.A.Akmalova, X.Tllashevlar shug'ullandilar. Tarix fanlari doktori A.Orinboyevning tavsif ishlarida va fihristlarning bosilib chiqishida katta xizmati borligini alohida ta’kidlab o'tish lozimki, olim ko'p yillar tavsif bo'limini boshqardi, tavsiflarni tahrir qildi va nashr etishda faollik ko'rsatdi.

e’tiboringiz uchun rahmat


Download 0.67 Mb.




Download 0.67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili” yo’nalishi 303-guruh talabasi suyunova dildoraning matnshunoslik fanidan “qo’lyozma manbani tavsiflash” mavzusidagi mustaqil ishi

Download 0.67 Mb.