|
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasiBog'liq MAQOLAAAAAAAAAA
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
www.tadqiqotlar.uz
3-to’plam 1-son yanvar 2024
65
bir yoki bir nechta noma'lum tenglama
≫ Iste'dodli detektiv hikoyalarda, o‘quvchiga
ushbu tenglamani unga taqdim etilgan ma'lumotlardan foydalangan holda mustaqil
ravishda hal qilish imkoniyati beriladi, bu aqliy mehnatni talab qiladi. Shunday qilib,
detektiv o‘qish qiyin arifmetik muammolarni hal qilishga o‘xshaydi.
≪ Detektiv ≫ (
≪ detego ≫ dan - ochaman, fosh qilaman) atamasi birinchi marta amerikalik
yozuvchi Anna Ketrin Grin (1846-1935) tomonidan kiritilgan, u juda haqli ravishda
" detektivning onasi " deb hisoblanadi . Uning birinchi detektiv romani " Leavenworth
ishi ", 1878 yil katta muvaffaqiyatga erishdi. Yevropada shuhrat qozongan bu adabiy
yo‘nalish o‘zbek adabiyotiga biroz kechroq kirib keldi.
Bu yo‘nalishda eng sermahsul ijod qilgan yozuvchi shubhasiz Tohir Malikdir.
Tohir Malik ijodida detektiv tarzi alohida ahamiyat kasb etadi. Adib bu yo‘nalishga
asos soluvchilardan biridir. "Alvido, bolalik" va "Charxpalak" qissalari kitobxonlar
tomonidan yaxshi kutib olinib, yillik mukofot bilan taqdirlangach, u "Shaytanat"
romani ustida ish boshladi. Asarning to’rt kitobi o’n besh yil davomida yozilib, ko’p
nusxada nashr etildi va yigirma qismli filim ishlandi. Yozuvchi asarga nuqta qo‘yish
erta deb hisoblab, 2011 yilda asarning beshinchi kitobini nashr ettirdi. Bu o‘rinda
uning "Murdalar gapirmaydilar", "O‘lim uchburchagi", "Talvasa" kabi asarlari
yozildi.
Yozuvchi asarlarini o‘qigan kitobxon tasvirlangan eng yomon odamdan ham
butkul nafratlanmaydi, aksincha, qismatiga achinadi. Nega shunday? Chunki
yozuvchi insonlarni, ularning ichki kechinmalarini, ruhiyatlarini sinchiklab o‘rganadi
va kitobxonni ham mana shu ruhiyat olamiga olib kiradi. Uni shu holga solgan
sabablarni tahlil qilishga va xulosa chiqarishga yo‘naltiradi.
"Alvido, bolalik" va "Talvasa" yozuvchi ijodida alohida o‘rin tutadi. Asardagi
asosiy g‘oya - hech kim jinoyatchi bo’lib tug‘ilmaydi, bolani atrof muhit, jamiyatdagi
turli illatlar jinoyatchiga aylantiradi.
1
"Men o‘smirlar va yoshlarning jinoyat
ko‘chasiga kirib qolayotganiga befarq qarab turolmayman,-deydi adib.
-Bolalar ahloq tuzatish koloniyalariga har borganimda yuragim eziladi. Ozod,
1.
1
“Alvido, bolalik”.T.Malik.-Toshkent: Yoshlar nashriyoti uyi, 2019y.
|
| |