Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana16.01.2024
Hajmi0,59 Mb.
#138929
1   2   3   4
Bog'liq
MAQOLAAAAAAAAAA

 
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
 
www.tadqiqotlar.uz
 

 
 
 
 
 
3-to’plam 1-son yanvar 2024 
66
erkin yashab, o‘qib, hunar o‘rganadigan yoshdagi bolalar bu yerga qanday tushib 
qoldilar?! Nahot jinoyat olami ularga jozibali ko‘rinsa?! Men jinoyat olamini 
"Shaytanat", ya'ni "shaytonlar qurshovidagi zulmkorlar olami ",- deb atab
"Ehtiyot bo’ling, jigarlarim, bu ko’chaga yaqin yo’lamang. Boshi berk bu 
ko’chaning adog‘ida faqatgina azobli, xorli o‘lim topasiz",- demoq niyatida yozdim. 
Yozganlarimni ogohlantirish, deb qabul qilishlaringizni istardim". 
"Alvido, bolalik" sahnalashtirilib, Yosh tomoshabinlar teatrida 600 martadan 
ziyod o‘ynaldi va hanuz namoyish etilyapti. Shuningdek, Andijon, Sirdaryo, 
Qashqardaryo teatrlarida ham sahnalashtirildi. 
Tohir Malik tarjimachilik sohasida ham qalam tebratgan. Karlo Gotssi, Lev 
Tolstoy, Fyodor Dostoevskiy, Vladimir Ikskul, Chingiz Aytmatov, Ahliyor Hakimov 
va turk hamda bulg‘or adiblari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 
Adib kinodramaturgiya sohasida ham barakali ijod qildi.
Tohir Malik tahririyatlardagi faoliyatini talabalik yillari boshlagan. Hozir 
"Tong yulduzi" deb nomlanuvchi bolalar gazetasida adabiy xodim, bo‘lim boshlig‘i 
vazifasida ishladi. Universitetdagi o‘qishi yakunlangach, harbiy xizmatda bo‘ldi. 
So‘ng respublika radiosida, "Cho‘lpon" va G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotlarda, 
"Guliston", "Sharq yulduzi", "Yoshlik" jurnallarida bo‘lim boshliqi, mas'ul kotib, 
Bosh muharrir lavozimlarida ishladi. Keyingi o‘n besh yil davomida Ichki Ishlar 
Vazirligi Akademiyasida o‘zbek tilidan dars beradi. 
Yozuvchining bir qator asarlari kitobxonlar orasida o‘tkazilgan so‘rov asosida 
turli yillarda yillik mukofotlar bilan, xususan G‘afur G‘ulom nomidagi mukofotlar 
bilan taqdirlangan.Yoshlar tarbiyasiga oid asarlari inobatga olinib "Maorif fidoyisi" 
unvoni berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 
"Do‘stlik" ordeni va "O‘zbekiston xalq yozuvchisi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 
Bir so‘z bilan aytganda Tohir Malikni o’zbek detevtivining eng yorqin yulduzi va 
asoschilaridan biri deb e’tirof etsak mubolag‘a bo‘lmas.yozuvchi garchi qora 
bo‘yoqlardan foydalanib jinoyat va zulm haqida yozsa-da, adabiyotning asl 
vazifasidan bir qadam ham chetga chiqmadi. Ya’ni, kitobxon qalbida yaxshilikka 
muhabbat, yozuvlikka nafrat uyg‘ota oladi.



Download 0,59 Mb.
1   2   3   4




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish