• MEHNAT AN‘ANALARI
  • Mavzu: Texnologiya va uni o‗qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy




    Download 320.93 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana01.05.2023
    Hajmi320.93 Kb.
    #55337
    Bog'liq
    2-mavzu
    Ma\'lumotlar bazasi 1-labaratoriya ishi Hamroyev Dilshod, 8-MARUZA AKQVA KH, Адсорбция жараёни, LABORATORIYA 5, 2-maruza , 4-MUSTAQIL ISH, f657804e0046a32c4ad10a0c740022af Fizika. Tursunov I.G, Begmatova D.A, boshlang-ich-sinflarda-texnologiya-fanini-o-qitish-jarayonida-o-quvchilar-qiziqishini-oshirish, Tex o\'q met. test, 1 sinf jismoniy tarbiya ish rejaga ilova, Кasbiy psixologiya 6-ma\'ruza, Ўзбекистонда енгил атлетика вужудга келиши ва ривожланиши, Фалсаф тест 200 та, 011265032841d3afee3f8d8b404ad216


    10 
    Mavzu: Texnologiya va uni o‗qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy 
    Ma‟lumki, tasavvuf ilmida komil insonni ruhan shakllantirish, kamolotga 
    yetkazish nazariyasi bosh masala hisoblanadi. Bu nazariyaga ko„ra 
    tasavvufdagi komil inson yoki «al-inson al-komil» tushunchasi ilohiylik va 
    insoniylik tajassumining mukammal va oliy darajasi, odamlarning butunlikda, 
    azim uyg„unlikda ko„rish orzu-xayollari, kamolot mash‟ali bo„lish barobarida 
    aniq shaxslar, insonlar rutbasini tan olish va qonunlashtirish hamdir. Chunki 
    komil inson barcha ilmlardan, zohiriy va botiniy donishdan bexabar, qalbida 
    g„ayb asrori jo„sh urib turgan zot deb bilingan. Mustaqillik barcha xalqlarning 
    rivojlanishi uchun sharoit tug„dirib beradi. Har bir xalqning odat va 
    marosimlarida xalq hayotini zamonaviy turmushiga uzluksiz singgan chuqur 
    xalqchil 
    va 
    ilg„or 
    elementlar 
    mavjuddir. 
    Xalqda 
    mehnatsevarlikni 
    shakllantirish uchun o„sib kelayotgan yosh avlod atrofida mustahkam va 
    turg„un mehnat muhitini hosil qilish zarur. Shuning uchun o„zini oqlagan ko„p 
    asrlik mehnat an‟analarini o„rganish va targ„ibod qilish kerak. 
    Mehnat an‟analarini o„rganish katta ahamiyat kasb etadi, chunki u kasb-hunar 
    tanlashda ilmiy asoslangan holda foydalanish uchun zamin yaratadi. Mehnat 
    an‟analari insonlarni mehnat malakalari va mehnat jarayonini ko„p marta 
    MEHNAT AN‘ANALARI 
     
    Mehnat tarbiyasi 
    sifatlari 
    Mehnat an‟anaviy 
    kasb-hunar turlari 
    Kasb-hunarga 
    qiziqishni tarbiyalash 
    shakllari, vositalari 
    Ota-Onalar, ilg‘or 
    mehnat faxriylari bilan 
    uchrashuvlar, 
    Ekskursiyalar, kasb-
    hunarga doir 
    ko‘rgazmalar tayyorlash, 
    xalq og‘zaki ijodidan 
    foydalanish va hokazolar
    Zardo’zlik, 
    Duradgorlik, 
    Kashtado’zlik, 
    Kulolchilik, 
    O’ymakorlik, 
    Dehqonchilik, 
    Chorvachilik, 
    Naqqoshlik, 
    Mehnatsevarlik,
    Vatanparvarlik,
    Chidamlilik,
    Intizomlilik,
    Aqllilik,
    Qat’iyatlilik,
    Rostgo’ylik,
    Halollik,
    Epchillik,
    Xushmuomalalik 
    va
    hokazo.


    11 
    qaytarish natijasida shakllangan va odatga aylangan insonlarning o„ziga xos 
    axloqiy, psixologik sifatlar yig„indisidir. Ular jamiyat yoki jamoa mavjudligining 
    zaruriy sharoitlarini ifodalaydi, meros bo„lib o„tish xarakteriga ega, katta avlodlar 
    yetishgan tajribani saqlashga xizmat qiladi. 
    Mehnat an‟analariga ommaviylik xosdir, ular hayotiy bo„lib, xalq ommasi 
    kundalik ijodida mavjud. Ularda his - tuyg„ulik tomoni ham mavjud: ular sinfiy 
    kurash, mehnat ishtiyoqining yorqin romantikasi bilan ilhomlangan. Mehnat 
    an‟analarida mehnatkash sinfga xos bo„lgan, mehnatkash insonlarga, ishchi, 
    hunarmand kasbiga, mehnat yaratgan qadriyatlarga hurmat, ijod, bunyodkorlikka 
    ehtiyoj, o„zaro yordam, musobaqa va hokazolar ifodalangan. 
    O„zbek xalqi asrlar mobaynida o„zining iqtisodiy, geografik va ijtimoiy hayoti 
    xususiyatlari bilan bog„langan mehnat tarbiyasining mustahkam an‟analarini ijod 
    qilish bilan bir vaqtda avloddan - avlodga mehnat mahoratlarini shakllantirish 
    yo„llari va vositalari haqidagi bilimni uzatib borgan. 
    An‟analar juda qadim zamonlarda inson jamiyati bilan birga paydo bo„lgan. 
    Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida insonlar urug„dosh jamoalardagi munosabatlari 
    ularning birgalikdagi mehnati va hayoti, ularning tabiat kuchlari bilan umumiy 
    kurashi ma‟lum normalar va muomala qoidalari bilan chegaralangan. Bunda 
    yozilmagan norma va qoidalar tug„ilgan bo„lib, ular ko„p marta qaytarilib, 
    avloddan avlodga o„tgan va an‟analarga aylangan. Ba‟zi an‟analar hosil bo„ladi, 
    boshqalari yo„qoladi. Qadimgi an‟analar yangi turmush sharoitlariga moslashib 
    o„zgarib boradi. 
    Hozirgi yangi turmush sharoitida asrlar davomida o„z kuchini yo„qotmagan 
    ilg„or mehnat an‟analaridan kichik yoshdagi maktab o„quvchilarini kasb-hunarga 
    qiziqishini tarbiyalashda foydalanilmoqda. Bunga ko„ra o„qituvchidan bir qator 
    quyidagi ijtimoiy-pedagogik sifatlar talab etiladi: 
    1. Ochiq ko„ngillilik, xushmuomalalik, mehribonlik, bola qanday bo„lsa, 
    shundayligicha seva olish. 


    12 
    2. Bolaning 
    his-tuyg„ularini qadrlash, ruhiy holatini, ichki dunyosini 
    tushuna bilish. 
    3. Bolalarni 
    ruhlantirish, qiziqtirish, o„zini tuta bilish, kechirimli bo„lish, 
    shirinsuxanlik. 
    4. Ezgu sifatlari bilan namuna bo„la olish, oliyjanobligi, odamiyligi bilan 
    o„quvchilar idealiga aylanish. 
    5. So„z va ish birligi bilan bolalar talabiga javob bera olish, yoshlarda 
    shakllantirmoqchi bo„lgan ma‟naviy sifatlarning egasi bo„lish. 
    6. Muomala - munosabatda bola xohish-istagi, qiziqishi, yosh xususiyati
    ruhiyati bilan hisoblashish, bolalarning har birini alohida va hammasini 
    birgalikda tushunish. 
    7. Bolalardan har qanday yordamni ayamaslik, o„quvchilarning oilaviy 
    sharoiti, ijtimoiy ahvoli bilan tanishish; 
    8. O„quvchilarni diqqat bilan tinglay olish, yutug„idan quvonish, hayratlanish, 
    quvonchiga sheriklik. 
    9. Toza va ozoda kiyinish, jozibadorlik, sergaklik, topqirlik, kamtarlik, 
    pokizalik. 
    10. Adolatlilik, quvnoqlik, intizomlilik va axloqlilik kabi fazilatlar bolalar 
    muhabbatiga sazovor bo„lishning zarur omillaridir. 
    Xalqimiz azaldan mehnatni ulug„lagan. Mehnatsevarlik kishilarning eng 
    yaxshi fazilatlaridan biri deb hisoblangan. Kishilar halol mehnat qilib, 
    shuning evaziga topgan daromadlari hisobiga yashamoqlari va bolalarini 
    ta‟minlamoqlari lozim. «Peshona teri bilan topgan bir qora chaqa o„zgalarning 
    ehson etgan xazinalaridan yaxshiroqdur» - deb yozgan edi Alisher Navoiy. 
    Bir diram olmoq chekibon dastranj, 
    Yaxshiroq andinki, birov bersa ganj. 
    Shuning uchun ham, ulug„ ajdodlarimiz yoshlarni kasb-hunarni 
    egallamoqqa chaqirganlar. «Hunar - hunardan unar», «Hunari yo„q kishining 
    mazasi yo„q ishining», «Yigit kishiga yetmish hunar oz» kabi ezgu o„gitlar 
    xalq o„rtasida keng yoyilgan. 


    13
    Shunday qilib, kichik yoshdagi maktab o„quvchilarning mehnat ta‟lim-
    tarbiyasida kasb-hunarga qiziqishini tarbiyalashda quyidagilarni hisobga olish
    kerak:
    a) mehnatkashlar o„z mehnatiga munosabati an‟analari - o„zining
    kasbiga, xalqiga, topshirilgan vazifasiga davlat ehtiyojini o„ylab yondashish;
    jamoa ehtyyojini o„z ehtiyojidan baland qo„yish;
    b) o„quvchilar bir - biri bilan munosabatlarda, - do„stlik, o„rtoqlik,
    o„zaro yordam va mehnatda to„g„ri munosabatda yondashish;
    v) 
    yangi mehnat marosimlari, an‟analari - kasbiy bayramlarni tashkil
    etish;
    g) o„zbek xalq ijodi namunalaridan dars va darsdan tashqari vaqtlarda
    unumli foydalanish.
    An‟anaviy hunarmandchilikning tiklanishi, ularning aholi orasidagi
    ommaviyligini oshirish, ularga bolalar e‟tiborini kuchaytirishga sharoit
    tug„diradi. Shu bilan bir qatorda ba‟zi darsliklar va maktab dasturlarining
    tahlili shuni ko„rsatadiki, maktab kursidagi mehnat tarbiyasi va uning
    o„qitilishi, o„zining hayot yo„lini va kasb-hunar tanlash haqida o„ylayotgan
    kichik 
    yoshdagi 
    maktab 
    o„quvchilari qiziqishini qanoatlantirmaydi.
    Bizningcha, maktablarda, bog„cha-maktablarda bolalar oromgohlarida,
    mahallalarda xalq ijodiy to„garaklari ochishga ko„proq e‟tibor berish
    maqsadga muvofiqdir.
    Savollar
    1.Mehnat an‟analarini izohlab bering.
    2.Mehnat tarbiyasi deganda nima tushunasiz?
    3.Kasblarga tarif bering.


    Download 320.93 Kb.




    Download 320.93 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Texnologiya va uni o‗qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy

    Download 320.93 Kb.
    Pdf ko'rish