Din falsafasi Dinshunоslik fanining maqsad va vazifalari




Download 35,67 Kb.
bet2/3
Sana24.05.2024
Hajmi35,67 Kb.
#252584
1   2   3
Bog'liq
Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi predmeti funksiyalari va kategoriyalari

2. Din falsafasi
Din falsafasi o‘z predmetini o‘rganishda tayanadigan metodologiya konkret falsafiy tizim, ta’limotning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Shunday ekan, dinning falsafiy talqinini mantiqiy asoslash bilan birga bilishning adekvatligini ta’minlash ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bilishning haqiqiy (adekvat)ligini ta’minlashda olingan natijalarning mantiqiy va nazariy jihatdan ziddiyatli bo‘lmasligi gnoseologiyaning muhim qoidalaridan biri hisoblanadi. Ammo umuman to‘g‘ri bo‘lgan mazkur qoida konkret falsafiy tizim, ta’limot doirasida yaratilgan va unga zid bo‘lmagan, uning asosiy talablaridan tashqariga chiqmaydigan din haqidagi qarashlarni adekvat deb hisoblashga zamin yaratadi.Zero, bunday holatda biz din haqidagi bilimlardan ko‘ra ushbu konkret falsafiy tizim,ta’limot va uning dinga bo‘lgan munosabati haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lamiz. Chunki tadqiqotchining shakllanib bo‘lgan qarashlari va yondashuvlari ta’sirida dinning o‘zi emas, balki unga bo‘lgan munosabat yoritiladi. Demak,din falsafasida mantiqiy ziddiyat yo‘q bo‘lgan xulosa,qarashlarni haqiqat, deb qabul qilish yetarli emas.Haqiqat deb qabul qilingan bilimlarda dinning mohiyati aks etishi lozim. Shundagina din falsafasidan din haqidagi ahamiyatli natijalarni kutish mumkin. Bunda obyektivlik tamoyiliga rioya qilish nihoyatda muhim.
Obyektivlik tamoyili din falsafasini o‘z predmetiga real mavjud hodisa sifatida qarashni, tan olishni talab etadi. Biroq obyektivlikni xolislik bilan chalkashtirish kerak emas. Xolislik tadqiqotchining o‘rganayotgan predmetidan muayyan darajada begonalashuviga va shu tufayli uning yetarlicha anglanmay qolishiga zamin yaratishini inobatga olsak, din falsafasi nuqtai nazaridan obyektivlik va xolislik bir xil mazmunga ega emasligi oydinlashadi.
Bilish predmetini tushunishda subyektivlik tamoyili ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu tamoyil bilish predmetiga u yoki bu shaklda daxldorlikni talab etadi va unga nisbatan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxolis munosabatning oldini olishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, o‘rganilayotgan predmetning realligi obyektivlikni, uni tushunish zarurati subyektivlikni talab etadi. Ammo ushbu ikki tamoyildan faqat biri ustuvor ahamiyat kasb etmasligi lozim. Xususan, tarix va zamonaviy voqelik obyektivlik tamoyilining mutlaqlashtirilishi dinga salbiy munosabatni, uning ashaddiy tanqidini keltirib chiqarishini ko‘rsatadi. Subyektivlik tamoyilining ustuvorligi esa dinning muayyan shakliga alohida e’tibor tufayli umuman din fenomeniga xos xususiyatlarning nazardan qochirilishiga va bilish natijalarining bir yoqlama bo‘lib qolishiga olib keladi. Demak, ikkala tamoyilning ham o‘z holicha qo‘llanilishi dinni adekvat anglash jarayoniga ziddir. Bundan din falsafasi haqiqatan ham din fenomenini bilishga harakat qilar ekan, u tom ma’noda dindan tashqarida bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi xulosa kelib chiqadi. Chunki din falsafasining maqsadi dinni obyektiv ham, subyektiv ham talqin etish emas, balki uni adekvat nazariy tadqiq etish, taxdil qilish va tasvirlashdan iborat. Bu oxir-oqibatda falsafiy-diniy tadqiqotlar natijalarining umuman va barcha uchun tushunarli hamda ahamiyatli bo‘lishiga zamin yaratadi. Yagona falsafiy tilning bo‘lishi ehtimoldan nihoyatda uzoq bo‘lsa-da, bilish natijalarining boshqalar uchun ham tushunarli bo‘lishini ta’minlash nihoyatda muhimligini ta’kidlash zarur.
Teosofiya (yun. theos — xudo va sophia — donishmandlik, bilim) — keng maʼnoda — eng zoʻr ilohiy sirlarni ochishga daʼvo qiluvchi har qanday diniy taʼlimot. Shaklsiz, yagona, hamma narsani qamrab oluvchi xudo haqidagi, barcha narsalarning ilohiy mohiyati haqidagi tasavvurlar T.ning nazariy asosini tashkil etadi. Gʻayritabiiy va narigi dunyodagi kuchlar bilan bevosita aloqa bogʻlash mumkinligini tan olish T.ni spiritizm va okkultizma olib boradi. Tor maʼnoda — rus yozuvchisi Ye.P. Blavatskaya (1831—91) va uning tarafdorlarining liniy taʼlimoti boʻlib, unda buddizm va boshqa sharq taʼlimotlaridagi mistika okkultizm va noortodoksal xristianlik elementlari bilan qoʻshilib ketgan.
Xudojo‘ylik tushunchasining mazmuni va mohiyati. Xudo va din yo‘lidan chiqmaydigan va Xudoga ishonadigan kishi xudojo‘y deyiladi. Xudojo‘ylik va dindorlik inson zimmasiga dinga e’tiqod natijasida muhokama yuritmasdan bajarilishi lozim bo‘lgan ibodat, diniy talab va vazifalarni yuklaydi. Shuning uchun xudojo‘ylik din yo‘lidan chiqmasdan uning asosiy talablarini bajarishni o‘zida ifodalaydi. Ulamolarning fikriga ko‘ra din Alloh tomonidan o‘z payg‘ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilishi zarur bo‘lgan ilohiy qonunlar bo‘lib, har bir diniy ta’limotda dindorlar bajarishi zarur bo‘lgan talablar ishlab chiqilgandir. Agar islom diniga e’tiqod qiladigan xudojo‘y dindorlar amal qilishi kerak bo‘lgan asosiy talablar ko‘rib o‘tilsa, islom ta’limotining asosini imon, islom va ehson talablari tashkil etadi. Islom dinidagi imon talablari 7 aqidaga asoslanib, bular Allohga, farishtalarga, payg‘ambarlarga, muqaddas kitoblarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va o‘lgandan keyin tirilishga ishonishni tashkil qiladi. Islom dinida har bir dindor-xudojo‘y 5 ta diniy marosim talablari, islomning ustuni bo‘lib hisoblangan Kalimai shahodatni bilishi, namoz o‘qishi, ro‘za tutishi, zakot berishi va haj qilishi zarurligi belgilangan. Ehson talablari esa har bir dindor-xudojo‘y musulmondan imon va islom talablarini sidqidildan bajarishni talab qiladi.
Aqida (arab.) — dindorlar uchun majburiy hisoblangan, shak keltirmasdan, muhokama yuritmasdan eʼtiqod qilinishi lozim boʻlgan diniy talablar.
Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi koʻrsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan
Ilohiyot (arab. — xudo toʻgʻrisidagi taʼlimot) — diniy aqidalar va ular haqidagi ilohiy koʻrsatmalarni oʻz ichiga olgan asosiy diniy taʼlimot. Islomda Ilohiyat ilk shakllanish davridan boshlab kalom deb nom olgan

Download 35,67 Kb.
1   2   3




Download 35,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Din falsafasi Dinshunоslik fanining maqsad va vazifalari

Download 35,67 Kb.