• Dinshunoslik doirasida fanlarga xos differensiallashuv
  • Din falsafasi Dinshunоslik fanining maqsad va vazifalari




    Download 35,67 Kb.
    bet1/3
    Sana24.05.2024
    Hajmi35,67 Kb.
    #252584
      1   2   3
    Bog'liq
    Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi predmeti funksiyalari va kategoriyalari



    Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi predmeti funksiyalari va kategoriyalari


    R e j a:

    1. Dinshunoslik doirasida fanlarga xos differensiallashuv

    2. Din falsafasi

    3. Dinshunоslik fanining maqsad va vazifalari


    1. Dinshunoslik doirasida fanlarga xos differensiallashuv

    Dinshunoslik doirasida fanlarga xos differensiallashuv ham davom etmoqda. Bu dinshunoslik tarkibida dinning konkret namoyon bo‘lish shakllarini tadqiqot predmetiga aylantirgan va ko‘plab mustaqil fanlarni o‘zida birlashtirgan yo‘nalish (tarmoq)larning yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda. Masalan, bugungi kunda Qur’onshunoslik, hadisshunoslik, fiqh kabi bir qator fanlarni o‘ziga qamrab olgan islomshunoslik dinshunoslikning alohida tarmog‘iga aylanib ulgurgani fikrimizning isboti bo‘la oladi.Shu nuqtai nazardan qaraganda, din falsafasining mustaqil fan sifatida shakllanishi bir tomondan, falsafiy bilimlar, ikkinchi tomondan, dinshunoslik fani tarmoqlashuvi va mazkur jarayonda yuzaga kelgan integratsiyaning hosilasi hisoblanadi.Falsafa va dinshunoslik munosabatlari doirasida dinni falsafiy anglashning o‘ziga shakli diniy falsafa (falsafiy teologiya) shakllanganini ham ta’kidlash zarur.Diniy falsafa diniy dunyoqarash tamoyillaridan kelib chiqadigan tasavvurlar, g‘oyalar, Yaratuvchi va olam (ontologiya va metafizika), inson (antropologiya), jamiyat (sotsiologiya, istoriosofiya), bilish jarayoni (gnoseologiya va epistemologiya), qadriyatlar (aksiologiya) haqidagi qarashlar tizimini o‘z ichiga oladi. Sodda qilib aytganada,u din kompetensiyasiga kiradigan ontologik, antropologik,gnoseologik muammolarni falsafiy tushunchalar va usullardan foydalangan holda tadqiq etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, diniy falsafa, bir tomondan, falsafiy bilimlarning, ikkinchi tomondan, ilohiyotning tarkibiy qismi hisoblanadi.Diniy falsafa din falsafasi kabi dinning mohiyatiga e’tibor qaratadi.U falsafiy tafakkur natijalariga tayangani uchun o‘zida e’tiqod va ratsionallik, dogmatika va hurfikrlilikning birligini namoyon etadi, dinning mohiyatida yashiringan donishmandlikning ma’nosini anglash uchun imkoniyat yaratadi.


    Din falsafasi rivoji dinlar tarixi, din sotsiologiyasi va din psixologiyasi kabi fanlar taraqqiyoti bilan ham uzviy bog‘liq.Xususan, dinlarning o‘tmishini uning konkret shakllarida tiklashga, diniy e’tiqodning turli ko‘rinishlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va izoxdashga xizmat qilar ekan dinlar tarixi fani konkret dinlar va umuman dinning ijtimoiy hodisa sifatidagi rivojining u yoki bu davriga xos xususiyatlarni chuqurroq anglashga yordam beradi.
    Din falsafasi din va ijtimoiy voqelik o‘rtasidagi aloqadorlikni ham nazariy, ham empirik darajadao‘rganuvchi din sotsiologiyasi fani bilan ham uzviy bogliq. Xususan, din sotsiologiyasi tomonidan din va jamiyat hayotining turli sohalari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va aks ta’sirga xos xususiyatlar, dining paydo bo‘lishi va mavjudligining ijtimoiy asoslari bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish jarayonida to‘planadigan empirik materiallar va unga tayangan nazariy umumlashmalar din va diniy hayot rivojiga xos qonuniyatlarni tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Din falsafasi o‘z rivojida diniy ongning o‘ziga xos xususiyatlari, strukturasi va funksiyalarini belgilab beruvchi psixologik va ijtimoiy-psixologik omillarni o‘rganuvchi din psixologiyasi fani yutuqlariga ham tayanadi.Jumladan, dindorlar ongi va hissiyotlarining konkret ijtimoiy muhit va sharoit bilan bog‘liqligi, diniy marosimlarning inson ruhiyatiga ta’siri hamda diniy jamoalarning ijtimoiy-psixologik strukturasi, muloqot, ishontirish va ta’sir o‘tkazish mexanizmlarini o‘rganish bilan bogliq holada to‘plangan materiallar shaxs va jamiyat ma’naviy hayotida dinning o‘rni va rolini tushunishga xizmat qiladi.
    Din falsafasi- tafakkur shakllaridan bo‘lgan tushunchalar matn va maqsad mohiyatidan kelib chiqib, turlicha mazmun kasb etishi, keng va tor ma’nolarda qo‘llanilishi mumkin. “Din falsafasi” tushunchasi haqida ham shunday deyish mumkin. Xususan, keng ma’noda u din haqidagi falsafiy qarashlarni anglatadi. Bunday talqinda din falsafasi falsafa kabi qadimiy ildizlarga ega bo‘lib, asrlar davomida din, uning mohiyati, inson va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida shakllangan xilma-xil falsafiy qarashlar, yondashuvlar va ta’limotlarni qamrab oladi. Tor ma’noda esa, din falsafasi falsafiy usullar va tushunchalar apparatini ishga solgan holda dinni o‘ziga xos ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida o‘rganuvchi mustaqil fanni anglatadi.
    Din din falsafasining bilish predmeti hisoblanishi, ya’ni “din o‘zi nima?” degan savolga javob izlashi bir qarashdayoq aniqdek tuyulsa-da, ammo ushbu hodisaning talqini hamma vaqt ham bir xil emasligini qayd etish lozim. Zero, din, bir tomondan, umuman, o‘zining mohiyati nuqtai nazaridan, ya’ni mavhum, metafizik ma’noda, ikkinchi tomondan, o‘zining konkret namoyon bo‘lish shakli,xususiy holatida tadqiq etilishi mumkin. Ushbu ikki yondashuv ma’lum ma’noda bir-birini to‘ldiradi. Zero, birinchi holatda dinning mohiyati haqida yaxlit tasavvur hosil qilinsa, dinga xos bo‘lgan xususiyatlar hamisha konkret shakl, ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishini inobatga olsak, ikkinchi holatda umuman dinga xos xususiyatlarni chuqurroq anglash mumkin bo‘ladi.

    Download 35,67 Kb.
      1   2   3




    Download 35,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Din falsafasi Dinshunоslik fanining maqsad va vazifalari

    Download 35,67 Kb.