Dirijorlik harakatlari




Download 26,69 Kb.
bet1/3
Sana16.05.2024
Hajmi26,69 Kb.
#237468
  1   2   3
Bog'liq
DIRIJORLIK HARAKATLARI


DIRIJORLIK HARAKATLARI
Dirijyorlik (frans. diriger - yoʻnaltirish, boshqarish, rahbarlik qilish) — musiqa ijrochiligi sanʼatining murakkab turi; musiqa asarini ijroga tayyorlash jarayonida qamda bevosita tinglovchi — tomoshabinlar oldida ijrochilar (orkestr, xor, ansambl, opera, balet jamoalari va b.)ga raqbarlik qilish. Odatda bir (baʼzan, ikki) dirijyor tomonidan amalga oshiriladi. D. jamoaviy musiqa ijrosining uygʻunligi, badiiy va texnik mu-kammalligini taʼminlaydi. Koʻp ovozli musiqa murakkablashuvi va orkestr ijrochiligining rivoji natijasida 15-asr 1-yarmida yuzaga kelib, uni amaliyotga I. Mozel (Avstriya), K. M. Veber va L. Shpor (Germaniya)lar kiritgan. L. Betxoven, G. Berlioz, R. Vagnerlar D. sanʼati asoschilaridan. Xalqaro eʼtibor qozongan birinchi dirijyor X. fon Byulov (Germaniya) boʻlgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida chet el D. sanʼati ustalari sifatida X. Rixter, A. Nikish (Vengriya), F. Veyngartner va R. Shtraus (Germaniya), G. Maler (Avstriya), M. Balakirev, A. va N. Rubinshteynlar, S. Raxmaninov, S. Kusevits-kiy (Rossiya) va b. tanilgan. Keyingi davrda G. fon Karayan (Avstriya), L. Stokovskiy, Yu. Ormandi, L. Bernstayn (AQSH), B. Valter, V. Furtvengler, O. Klemperer (Germaniya), A. Toskanini (Italiya), Ye. Mravinskiy, A. Melik-Pashayev, Ye. Svetlanov, G. Rojdestvenskiy (Rossiya), Sh. Myunsh (Fransiya), K. Ancherl (Chexiya) va b. D. sohasida katta ijodiy yutuklarga erishgan.
Oʻzbekistonda ilk dirijyorlar orasida F. V. Leysek, N. Mironov, V. Uspenskiy va b. boʻlgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasi, Navoiy nomidagi opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi oʻzbek musiqali drama teatrida simfonik orkestrlar tashkil etilgach, N. Olimov, A. Kozlovskiy, M. Ashrafiy, B. Inoyatov, M. Nasimov, T. Sodiqov, F. Shamsutdinov, A. Abduqayumov, D. Abdurahmonova, 3. Haqnazarov, Gʻ. Toʻlaganov, N. Xalilov, H. Shamsutdinov, B. Rasulov va b. dirijyorlar yetishib chikdi. Respublikamizda xor (S. Valenkov, A. Sultonov, B. Umidjonov, A. Hamidov va b.), oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri (T. Jalilov, A. Petrosyans, S. Aliyev, D. Zokirov, M. Bafoyev), 1970-y.lardan kamer orkestr (E. Azimov va b.) dirijyorligi ham rivoj topdi. Oʻzbekistan milliy konservatoriyasida operasimfonik va oʻzbek xalq cholgʻu orkestri dirijyorligi sinflari mavjud.
ChoIg‘u jamoasi bilan amaliy ish jarayonida dirijorlik tayoq- 
chasining qo‘llanilishi shart. Ayrim dirijorlar, masalan, V.Safonov, 
A.Pazovskiy, E.Svetlanov va boshqalar, tayoqchasiz ham yaxshi nati- 
jaga erishganlar. Xor jamoasini kuzatgan holda shuni ta’kidlash joiz- 
ki, u kompakt va hajmli joylashgan bo‘Iib, bu holat har bir

ijrochiga 


dirijorning qoMlarini yaxshi ko‘rib turish imkonini yaratadi. Orkestr 
jamoasi esa butunlay boshqa ko‘rinishga ega bo'lib, bunda ijrochilar 
dirijordan ancha uzoq masofada joylashadi.
Dirijorlik tayoqchasini ushlashning uch uslubi mavjud bo" lib, 
ulardan ikkitasi asosiydir:
• Tayoqchaning qalin uchi kaftning markaziga tayanadi, barmoq- 
lar esa tayoqchani yon tomondan siqadi. Ushbu uslubda qo‘l bo‘g‘inlari 
juda harakatchan bo‘lib, ijro yuklamasi to‘liq unga bog‘lanadi.
• Tayoqchani ushlashning ikkinchi uslubi dirijorlik texnikasi- 
ning oliy professional darajasida qo'llaniladi. Bunda tayoqchaning 
qalin uchi kaftning orqa tomoniga yaqinroq joylashadi. Ko‘rsatkich 
barmoq esa tayoqchaning ust tomoniga bosiladi, qolgan barmoqlar 
uni yengil siqib olishadi. Ushbu uslubda bo‘g ‘in kam harakatchan 
bo‘lib, barcha yuklama tayoqchaning uchida joylashadi. CHunki bu 
holatda tayoqchaning uchi dirijorlik apparatining eng sezgir qismi 
hisoblanadi. Tayoqcha bilan ishlash dirijordan katta tayyorgarlik va 
mashqlarni talab qiladi. Aks holda ijroni maqsad va vazifalarini amal­
ga oshirish qiyin kechadi.
Matnni mustahkam o‘zlashtirish asosida musiqachi barmoq orqali 
nozik sezgi, mushaklar kuchi darajasi hamda harakatdagi rnasofa, 
masofani aniqlay olish sezgisini rivojlantiradi. Bu sezgilarning nota 
matnini ko‘rish orqali qabul qilish va umumiy o ‘tkir musiqiy-eshi-
18

luv naznrati bilan uyg‘unlikda tovush xosil qilishda ishonch hissini 


lun'diradi; ijrochi iroda-xohishini ‘“ cholg'u so‘zsiz bajarishi”ni oidin- 
dan sczish sozanda oldida asaming musiqiy obrazlarini talqin etish 
uchun turli-tuman musiqiy ifodaviy vositalardan foydalana olishning 
beqiyos imkoniyatlarni ochib beradi.
Mu ma’noda dirijorlik kasbi qator xususiyatlari bilan farq qiladi.
Birinchi xususiyat shundan iboratki, ijro etish onida dirijor sado- 
lanuvchi cholg4u bilan bevosita aloqada bo‘lmaydi va o ‘zi tovush 
xosil qilish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi. Buning o‘rniga u 
i jrochilar bilan ko‘rish aloqasiga ega bo'ladi va faqatgina imo-ishora- 
lar va qollarining shartli harakatJari yordamida ijrochilik jamoasiga 
ta'sir etish orqali opining ijodiy istaklarini tinglovchilarga yetkazishi 
mumkin. Dirijorlik ijrochiligiga xos boMgan cholg'udagi tayarichning 
yo*qligi, xususan odatiy barmoq bilan sezishning o‘rnini qaysidir da- 
rnjudH 
(aniqrog'i jismoniy emas, balki ko‘proq ruhiy tayanch) diri­
jorning dirijorlik tayoqchasi bosadi.
Dirijorlik kasbining ikkinchi muhim xususiyat dirijorning ijodiy, 
badiiy inas’uliyati xususiyatidir. Ijrochi yakkanavozning o ‘z tin- 
Klovchilari oldidagi rnas’uliyati albatta, juda katta. Ammo u o ‘zining 
shuxsiy badiiy ijrochilik faoliyati uchun mas’uldir, Bundan farqli 
o'laroq dirijor tinglovchilar oldida nafaqat o‘zi uchun, balki rahbarlik 
qilnyolgan jamoa uchun ham javobgardir. Bundan tashqari diri jor ja ­
moa oldida ham mas’uldir: uning vazifasi umumiy ijro kompozitorn- 
ing ijodiy istaklarini iloji boricha to‘liq ochib bera olishi uchun ja ­
moaning har bir ishtirokchisiga qanday ijro etish kerakligini ko‘rsatib 
berishi kerak.
Asar ustida juda muhim boMgan boshlang‘ich ish davrini dirijor 
o ‘z “cholg‘usi”dan umuman uzilgan holda olib borishi ham dirijor­
lik kasbining xususiyatlariga kiradi. 0 ‘zi uchun yangi bo'lgan asarni 
o'rganishga kirishayotgan dirijor holatini shu ma’noda, yangi spek- 
laklni sahnalashtirayotgan, yangi pyesa matnini o‘rganayotgan, le- 
kin hali qo‘ I ostida na aktyorlar va na sahna bo lmagan rejissyorga 
Icnglashtirish mumkin.
19

Rejissyor singari dirijor ham repetitsiya oldi davrida yangi asar 


ustidagi o‘z ijodiy ishini vaqt oralig‘ida sodir bo'layotgan voqealarni 
xayolan, ichki ko'rish (eshitish) holatida olib boradi, bunda u asar 
mazmunini iloji boricha to‘laroq qamrab olish, o ‘z tasavvurida badiiy 
obrazlami yorqin va aniq tiklashga harakat qiladi. Dirijor ham, rejis­
syor ham matnni ichida o‘qish bilan o ‘z ongida alohida luqmalarni 
tiklaydi, ayrim jumlalar ohangi va dinamikasi, turli lavhalar tempini 
izlab topadi, alohida qismlar hamda butun asar kulminatsiyasini belgi- 
laydi va shunday tarzda asta-sekin asarning tugal shaklini aniqlashga 
yaqinlasha boradi.
Asar matni ustida bunday ishlash, balki, asl sadolanish to ‘g‘risida 
hali to ‘liq va tugal tasavvurni bera olmas, lekin asarning tempi, ritmi, 
dinamikasi, ohang va garmonik unsurlari haqida dirijor tasavvurga 
ega boMadi, unda yetarli tajriba va, ijodiy fantaziya mavjud bo‘lsa, 
u muayyan darajadagi mukammal obraz yarata olishi ham mumkin. 
Shu tufayli, dirijor ijrochilar jamoasi bilan uchrashishdan ancha oldin 
o‘z harakat va repetitsiya rejasini tuzib olishi mumkin.

Download 26,69 Kb.
  1   2   3




Download 26,69 Kb.