Diskret boshqarish tizimlari haqida asosiy tushuncha va ta’riflarlar




Download 134.58 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2024
Hajmi134.58 Kb.
#205468
  1   2   3
Bog'liq
Diskret boshqarish tizimlari haqida asosiy tushuncha va ta’rifla


Diskret boshqarish tizimlari haqida asosiy tushuncha va ta’riflarlar.

Reja:
1. Diskret sistemalari haqida asosiy tushuncha.


2. Diskret boshqarishning afzalliklari va kamchiliklari.
3. Kvantlash va modulyatsiyalash ko'rinishlari.


Diskret tizim deb tarkibida uzluksiz dinamik zvenolardan tashqari, hyech bo’lmaganda bitta uzluksiz signalni kvantlab diskret signalga aylantirib beruvchi elementi mavjud bo’lgan tizimga aytiladi. Agar signal vaqtning bir-biriga teng onlari t ,t ,...,tk 0 1 bilan aniqlansa, bunday signal vaqt bo’yicha kvantlangan (diskretlangan) deyiladi va ( ) k f t deb ifodalanadi. Kvantlash onlari orasida signal aniqlanmaydi. 1   k k T t t kattaligi kvantlash davri yoki qadami deyiladi va bunday tizim – impulsli tizim deyiladi.
Radio va optik lokasiya tizimlari, chastotali datchiklari mavjud tizimlar impulsli tizimga misol bo’la oladi. Agar signal qat’iy aniq qiymatlar (sathlar)ga i f , f , ... , f 0 1 ega bo’lsa, sath bo’yicha kvantlangan signal deyiladi. 1    i i i f f kattalik sath
bo’yicha kvantlash qadami deyiladi. Ushbu holatda tizimning o’zini esa releli tizim deyiladi. Releli tizimlarni amalga oshirish oson. Ish sifati esa, qoniqarli bo’lgani uchun ro’zg’or texnikasida keng ko’lamda qo’llanadi. Masalan, sovutish va elektr isitish asboblaridagi haroratni rostlovchi tizimlar. Shunday signallar ham bo’ladiki, bir yo’la vaqt va sath bo’yicha kvantlanadi, ya’ni diskret vaqt onlari, k t ,t ,...,t 0 1 da aniqlanadi va aniq qiymatlar i f , f , ... , f 0 1 qabul qiladi. Bunday tizimlar raqamli tizim deyiladi.
Berk konturni ichiga raqamli hisoblash qurilmasi o’rnatilgan avtomatik boshqarish tizimlari “raqamli tizim” deyiladi. Bunday tizim boshqarishning murakkab algoritmlarini amalga oshirish imkonini beradi. Uning kirish joyida uzluksiz kattaliklar diskretlashtiriladi, chiqish joyida esa, teskari jarayon sodir bo’ladi. Diskret tizimlarning rivojlanishi boshqarishga qo’yilgan konstruktiv, eksplutasion va metrologik talablarning muttasil oshib borishi bilan bog’liq. Misol uchun, zamonaviy elektromexanik tizimlarda 0,5 m/sek tezlik bilan surilish ta’minlanishi va bunday tezlikni 1% ga yaqin aniqlik bilan ushlab turish talab etiladi. Bunda pozisiyalash hatoligi 1-2 mkm.dan oshmasligi kerak. Analog boshqarish tizimlari inersiyaliligi va
operasiya kuchaytirgichlarining “nol dreyfi” sababli bunday aniq ko’rsatgichlarni ta’minlab bera olmaydi.
Boshqarish tizimlari o’sha ikkita sababsiz amalga oshmaydi. Bundan tashqari, tizimning ish rejimi o’zgarganda rostlagichning parametrlarini qayta sozlash, yana ehtimol, boshqarish tizimsi strukturasini o’zgartirishga to’g’ri kelishi mumkin.
Bunday amal ko’p vaqtni talab etadi, demak, jihozlarning ish unumi
pasayishi kuzatiladi. Diskret tizimlarda “nol dreyfi” yo’q, ular xalaqitlardan ancha yuqori himoyalangan va g’alayonlarga turg’un, o’lchamlari va og’irligi kichik. Boshqarish qonuni ularda dasturlar yordamida amalga oshiriladi, bu esa, rostlagichlarning parametrlarini tez o’zgartirish zarur bo’lsa, strukturasini ham o’zgartirish imkonini beradi. Diskret tizimlarda mikroprosessorlardan foydalanish boshqarish funksiyalarini kamaytirish imkonini beradi, masalan, tizim elementlari ishini testli nazorat qilishni ashkil etish, elementlarning ishlash qobiliyatini buzilishini o’z vaqtida aniqlash, tizimni “buzilish” joyini ko’rsatish, elementlarning jismoniy
imkoniyatini hisobga olish. Ayni vaqtda raqamli diskret tizimlarni hisoblash va loyihalash qator masalalarni aniq ta’riflash (qo’yish)ni talab etadi: boshqarish
algoritmlarini puxta ishlab chiqish, ularni amalga oshirish uchun texnik vositalarni mohirona tanlash, xususiy buyruqlar tizimsi va hisoblash vositalari arxitekturasi, dasturiy ta’minot vositalarini loyihalash.

Download 134.58 Kb.
  1   2   3




Download 134.58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Diskret boshqarish tizimlari haqida asosiy tushuncha va ta’riflarlar

Download 134.58 Kb.